Tovarlar (ish, xizmat) bo‘yicha oborot deb, jo‘natilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar tushuniladi.
Ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilishicha, tovarlar (ish, xizmat) realizatsiyasi bo‘yicha oborotlar qo‘shilgan qiymat solig‘iga tortish ob’ekti bulib hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida xalqaro shartnomaga muvofiq aniqlanadigan o‘zining maksadlari va oborot uchun foydalaniladigan qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashdan ozod etilganlar bundan mustasnodir. Qo‘shilgan qiymat solig‘i 20% stavkada to‘lanadi. Byudjetga tulanishi lozim bo‘lgan QQS solig‘ining summasi realizatsiya qilingan tovarlar, bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun hisoblangan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasidan ishlab chiqarish va muomala xarajatlariga qo‘shiladigan tovarlar (ish, xizmat) qiymati uchun to‘lanishi kerak bo‘lgan soliq summasining ayirmasiga teng. Bu tartib qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchi barcha korxona va tashkilotlarga taallukli.
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar qo‘shilgan qiymat solig‘i tulangan summa qo‘shilgan holda sotib olinish qiymati bo‘yicha hisobda aks ettiriladi. Ko‘shilgan qiymat solig‘iga tortiladigan va tortilmaydigan tovar sotadigan, ish va xizmatlar bajaradigan korxonalar hamda QQS bo‘yicha imtiyozga ega bo‘lgan korxonalar, ko‘rsatilgan tovarlarni oluvchi shaxsga schyot-faktura rasmiylashtirishga majburdirlar. Schyot-faktura yo‘riqnomada ko‘rsatilgan shakl bo‘yicha yozilishi shart. Xaridorlarga jo‘natilgan tayyor mahsulotlarga QQS hisoblanganida quyidagicha provodka beriladi:
D-t 4010-«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» K-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar». KQS summasi byudjetga utkazib berilganida quyidagicha provodka beriladi:
D-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar» K-t 5110-«hisob-kitob schyoti». 8. Dargumon qarzlar bo‘yicha rezervlar hisobi Dargumon qarz - bu korxonaga o‘z vaqtida kelib tushmagan yoki kelib tushishi bo‘yicha kafolat bilan ta’minlanmagan debitor qarzlar, Dargumon qarzlar bo‘yicha rezervlar hisobot davri oxirida korxona debitor qarzlari bo‘yicha ugkazilgan inventarizatsiya natijalari asosida tashkil etiladi. Tashkil etiladigan rezerv summasining miqdori qarzdorning moliyaviy holatiga bog‘liq ravishda va qarzning kisman yoki to‘liq kelib tushish ehtimolini inobatga olgan holda har bir qarzdor bo‘yicha alohida aniqlanadi. Dargumon qarzlar bo‘yicha rezervlar, odatda, korxona foydasi hisobidan tashkil etiladi. Ushbu turdagi rezervlar O‘zbekiston Respublikasi konunchiligiga asosan tashkil etiladi. Dargumon qarzlar bo‘yicha rezervlar hisobini yuritishda 4910-«Dargumon qarzlar bo‘yicha rezervlar» xisobvarag‘idan foydalaniladi. Ushbu hisobvaraq kontraktiv bulib, uning kreditida rezervni tashkil etish muomalalari aks ettirilsa, debetida undan foydalanish ko‘rsatiladi.
Dargumon qarzlar bo‘yicha rezervlar summasi tashkil etilganida quyidagicha provodka beriladi: