Buxoro 2016 yil



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə33/37
tarix24.02.2022
ölçüsü1,81 Mb.
#114658
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
zhanubij amerika

Siyosiy tizim. Davlat boshlig’i — Prezident. Hukumat — Vazirlar Mahkamasi. Oliy qonunchilik hokimiyati – ikki palatali Milliy Kongressdir (Senat va Deputatlar palatasi). Amaldagi Konstitutsiya 1980 - yil qabul qilingan (1981-yil kuchga kirgan, 1990 - yilda esa to’laqonli amal kilgan). Mamlakatda ko`ppartiya - viylik tizimi joriy etilgan. Chili – BMT, Amerika davlatlari tashkiloti va Amerika - aro taraqqiyot banki va Lotin Amerika integratsiya assotsatsiyasi a’zosi hisoblanadi. Santyagoda BMT ning Lotin Amerikaning “EKLAK” tashkiloti uchun iqtisodiy komissiya bosh qarorgohi joylashgan.

Iqtisodiyoti. Chili iqtisodiyoti rivojlangan — industrial - agrar mamlakat hisoblanadi. Bu yerda: mis, tabiiy selitra, molibden, temir rudasi, oltin, kumush, stink, neft, tabiiy gaz hamda toshko’mir qazib olinadi. Oziq-ovqat va yengil sanoat, qora va rangli metallurgiya, kimyo, neftni qayta ishlash, maishiy va neft-kimyo, stellyuloz-kog’oz sanoati hamda boshqa sohalar keng rivojlangan. qishlok xo’jaligining asosini — o’simlikshunoslik, urug’chilik va uzumchilik: yog’, shakar, lavlagi, nasha va tamaki hisoblanadi. Chili yirik zamonaviy va qudratli baliqchilik sanoatiga egadir. Chilida shuningdek — dengiz o`tlari olinadi, ulardan mahalliy sanoat ehtiyojlariga sarflanadi. Eksport uchun: o’rmon mahsulotlari va lavr, mis, po`lat, turli xil yoqilg’ilar, sement, to`quvchilik, radioelektronika, muzlatgichlar, oziq-ovqat mahsulotlari, sanoat uskunalari, kimyo materiallari va dengiz mahsulotlari, stellyuloz massasi, temir rudasi, selitra, mevalar, sabzavotlar, vino va baliq uni yetkazib beriladi. Import orqali: neft mahsulotlari, sanoat uskunalari, transport vositalari, bug’doy va kimyo vositalari olib kiriladi. Asosiy savdo hamkorlari: AQSh, Braziliya, Yaponiya va G’arbiy Germaniya.


Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin