Rasmiy nomlanishi Braziliya Federativ respublikasi
Mustaqillik sanasi 1822 – yil 7 – sentyabrda e’lon qilingan 1825 – yil 29 – avgustda tan olingan
Rasmiy tili Portugal
Poytaxti Brazilia
Yirik shaharlari San-Paulu, Rio-de-Janeyro,Belu-Orizonti, Fortaleza, Brazilia
Boshqaruv shakli Federativ respublika
Maydoni 8,55 mln km.kv. (dunyoda 5-o`rinda)
Aholi soni 183,9 mln kishi (dunyoda 5-o`rinda)
Zichligi 1 km.kv. ga 21,5 kishi
Pul birligi Braziliya reali (BRL kod986)
Geografik joylashuvi. Braziliya Respublikasi — Janubiy Amerikadagi aholisi eng ko’p va mamlakat maydoni katta davlatlardan biri hisoblanadi. Bu davlat qit’aning sharqiy va markaziy qismlarini egallab turadi. Braziliya – Fransuz Gvianasi, Surinam, Gayana, Venesuela, Kolumbiya, Peru, Boliviya, Paragvay, Argentina va Uragvay bilan chegaradoshdir. Sharqiy tomondan Atlantika suvlari yuvib, bu okeanda bir nechta orollarga egadir. Braziliyaning markaziy va janubiy
qismlarini Braziliya yassi tog’lar (mamlakatning eng yuqori nuqtasi — Bondeyra tog’i bo’lib 2890 m); shimoldan - Amazonka tekisligi joylashgan. Iqlimi shimoli- g’arbdan janubi-sharqga ekvatorialdan subtropika (o`rtacha harorat yanvar oyida:
+23° C dan +29° C gacha, iyul oyida: +16° C dan +24° C gacha bo’ladi.) o’zgarib turadi.
Asosiy daryolari - Amazonka, San-Fransisku, Parana. Amazoniya tekisliklarida — nam ekvatorial o’rmonlar, markaziy qismda — savanna va ora- oradagi chakalakzorlar, Atlantik bo’yi tekisliklarda — tropik o`rmonlar joylashgan. Braziliyaning tropik o’rmonlarida dunyodagi hayvonlar va qushlarning eng ko’p turlari mavjuddir.
Dostları ilə paylaş: |