O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
PSIXOLOGIYA KAFEDRASI
5210203 – AMALIY PSIXOLOGIYA TA’LIM YO’NALISHI
«SOTSIAL PSIXOLOGIYA» FANIDAN
«OMMA VA OLOMON PSIXOLOGIYASI» MAVZUSIDAGI
Bajaruvchi: 2-bosqich talabasi Xalilov Bekzod
Ilmiy rahbar: o’qituvchi Sh.Sh.Rustamov
Kurs ishi psixologiya kafedrasida bajarildi.
Kafedra mudiri:
|
Sh.R.Barotov
|
Kurs ishi himoya qilingan sana ___________ Kurs ishi bahosi ____________
|
|
|
___________________________'>Komissiya raisi:
|
_________________________
|
A’zolari:
|
_________________________
|
|
_________________________
|
|
_________________________
|
Buxoro 2023
REJA:
KIRISH:
I BOB XULQ-ATVORNING SITUATIV DETERMINANTLARI
SHAXSNING XULQ-ATVOR NAZARIYASI
SHAXSNING GURUHLARDAGI XULQ-ATVORI
c
2.2 K.YUNG PSIXOLOGIK TIPLAR HAQIDA
KIRISH
Ijtimoiy psixologiya, shuningdek, ko'pincha odamlar o'rtasida hamjihatlikni tartibga soluvchi qonunlar va tamoyillarni ochib berishga harakat qiladigan, ijtimoiy hodisalarni o'rganadigan fan sifatida tavsiflanadi. Shunday qilib, psixologiyaning ushbu bo'limi turli xil ijtimoiy tashkilotlarni tekshirishga mas'uldir, guruhni tashkil etuvchi odamlarning xulq-atvorini, ularning rollarini va ularning xatti-harakatlarini modulyatsiya qiladigan vaziyatlarning Oila qon - qarindoshlik, qarindoshchilik yoki birga istiqomat qilish orqali bogʻlangan odamlardan iborat ijtimoiy guruhdir. Koʻp jamiyatlarda oila bolalar ijtimoiylashuvi uchun asosiy institut vazifasini oʻtaydi. Antropologlar oilalarni matrilokal, er - xotin va qon - qarindosh tiplarga ajratishadi. Oila - nikoh yoki tugʻishganlikka asoslangan kichik guruh. Uning aʼzolari roʻzgʻorining birligi, oʻzaro yordami va maʼnaviy masʼuliyati bilan bir - biriga bogʻlangan. Oilaning eng muhim ijtimoiy vazifalari - inson zotini davom ettirishdan, bolalarni tarbiyalashdan, oila aʼzolarining turmush sharoitini va boʻsh vaqtini samarali uyushtirishdan iboratdir. Oilaviy munosabatlar nisbatan mustaqil hodisa sanalsa - da, jamiyatdagi mavjud ijtimoiy, iqtisodiy, mafkuraviy munosabatlar bilan belgilanadi va ular taʼsirida oʻzgarib boradi. Shunga muvofiq, har bir jamiyat oʻzgarib mos oila tipini, oilaviy munosabatlarni oʻrnatadi. Oila jamiyat tarixida azaldan mavjud boʻlmagan. Ibtidoiy jamoa tuzumining birinchi bosqichida, kishilar toʻda - toʻda boʻlib yashayotgan davrda jinslar orasidagi munosabatlar muayyan tartib - qoidaga ega boʻlmay, toʻdadagi barcha erkaklar va ayollar bir - birlariga umumiy er - xotin hisoblangan. Tarixiy taraqqiyot jarayonida jinsiy munosabatlar asta - sekin muayyan tartibga solina boshlandi. Dastlab ota - ona bilan farzandlar, soʻngra aka - uka va opa - singillar orasidagi jinsiy munosabatlar taqiqlanib, guruhli oila paydo boʻlgan, lekin bu oilalarda hali er – xotin nikohi barqaror alohida xoʻjalikka ega boʻlmagan. Bu davrda tabiiy omil oʻz vazifasini tugalladi, yaʼni jinsiy munosabatlar doirasidan qon-qarindoshlar istisno qilindi, jinsiy munosabatlar faqat bir erkak va bir ayol munosabatiga aylandi.
Mamlakatimizda barcha aholining 97 foizi oilalarga birlashib yashaydi, qolgan uch foizi – ya’ni, yolg’iz qolgan keksalar, ota-onadan yetim bo`lib qolgan va Mehribonlik uylarida tarbiyalanayotganlar, boshqa yurtdan kelib vaqtinchalik O’zbekistonda istiqomat qilayotganlar ham oila a’zolari, yaqinlari, yurtdoshlari, turli davlat va nodavlat tashkilotlaridagi insonparvar odamlarning mehridan darig’ emas. Shu ma’noda oila – inson o’z baxti va saodati, orzu, havaslari, maqsadmuddaolarini mushtarak qilgan, o’zini inson sifatida idrok etib hayot nashidasini suradigan muqaddas makondir. Oila – ijtimoiy institutlarning eng qadimgisidir. Insoniyat boshidan kechirgan tarixiy davrlarning qanchalik turfa va murakkab bo`lishiga qaramay, ayniqsa, XIX va XX asrlarda ro`y bergan buyuk o`zgarishlar va islohotlarga dosh bera olgan ushbu maskan o`z tizimi, tarkibi va jamiyat oldida turgan majburiyatlarini bajarishi nuqtai nazaridan sog’ omon saqlanib qolgan tuzilmadir. Oilani insonlar tashkil etgani va undagi hayot - mamotni ular o’rtasidagi o`zaro munosabatlar tashkil qilishini hisobga oladigan bo`lsak, uni sof psixologik jarayonlar maskani ham deb atash mumkin. Oila – jamiyatning ajralmas bo’lagi. Biror bir xalq, millat yoki jamiyat yo`qki, u o`zining rivojlanish tarixida va taraqqiyot istiqbolini belgilashda oila va uning atrofidagi muammolarni, qadriyatlarini inobatga olmagan bo`lsa. Har qanday istiqbol oilaning manfaatlaridan ayro tasavvur qilinmaydi. Zero, har bir inson uchun oila – bu umrning boshlanishi, barcha narsalarning muqaddimasidir. Qolaversa, har bir inson o`z baxti va saodatini eng avvalo oilasi bilan bog’laydi, ya’ni, o’z uyi, oilasida baxtli bo`lgan insongina o’zini to’laqonli bahtiyor his etadi.
Dostları ilə paylaş: |