Buxoro davlat universiteti



Yüklə 174,57 Kb.
səhifə18/32
tarix03.04.2022
ölçüsü174,57 Kb.
#115114
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32
boshlangich sinf oqish kitoblaridagi ilmiy-ommabop matn va maqolalar tasnifi hamda organish usuli

Jadvalni to`ldiring

1-guruh


Savol

Askar bo`lish uchun qanday tayyorgarlik ko`rish kerak?!

(F) Fikringizni bayon eting

Bolalar avvalo sog`lom bo`lishlari kerak.

(S) Fikringiz bayoniga sabab ko`rsating

Sog`lomlik jismoniy tarbiya, turli harakatli o`yinlar va sport bilan muntazam shug`ullanishni talab qiladi.

(М) ko`rsatgan sababingizni isbotlovchi misol-dalil

O`tmishda ham, hozir ham Vatanni qo`rqoq, nomardlar emas, balki mardlar qo`riqlagan, qo`riqlaydi. El ana shunday mardlarni olqishlaydi, ardoqlaydi.

(У) Fikringizni umumlashtiring

Askarlik hayoti o`tadigan harbiy bo`linma mardlar maktabidir.

2-guruh

Savol

Mardlar maktabi” deganda nimani tushundingiz?

(F) Fikringizni bayon eting

Mustaqil o`zbekistonimiz Qurolli kuchlari safida xizmat qilish har bir farzand uchun sharafdir.

(S) Fikringiz bayoniga sabab ko`rsating

Bolalar mardlar maktabida chiniqib, toblanadilar.

(М) ko`rsatgan sababingizni isbotlovchi misol-dalil

Xalqimizning “bola boshidan” degan iborasi bor.

(У) Fikringizni umumlashtiring

Bugun bolasiz, ertaga askar bo`lasiz!

Shu tariqa, bo`limdagi har bir ijod namunasini turli usul va zamonaviy pedagogik texnologiya vositalari bilan qiziqarli va mazmunli o`tkazish mumkin.

O`qituvchi qog`ozdan yasalgan sandiq ichida masalan, S.Barnoyevning “Mangulikka tatigulik kun” matniga oid savollarni joylashtiradi. Savollarni quyidagi ko`rinishda tayyorlash mumkin:

1. “Mustaqillik” so`zi tilimizga ko`chdi” iborasini izohlang.

2. “Ongimiz, tilimizdagi qulf sharaqlab ochilib ketdi” iborasini izohlang.

3. “Shoh va shoir, sarkarda Boburmirzoning ruhini shod etdik” degan jumlaga oydinlik kiriting.

4. “O`zbekiston bug`doyi” degan so`zlar til boyligimizdan mustahkam o`rin egalladi” degan jumlalarga o`z munosabatingizni bildiring.

5. “Abadiy mulk bo`lib qoladi ” iborasini izohlang.

6. Mustaqillik qaytarib bergan allomalardan kimlarni bilasiz?

Bu savollarga ishtirokchilar guruhlarga bo`lingan holda javob qaytaradilar. O`quvchilar o`zlarining bilimlariga tayangan holda javob bеradilar. Birinchi guruhdagi bir o`quvchi “tilimizga ko`chdi” iborasini izohlab, ma'nosini aytadi. Yana shu guruhdan ikkinchi o`quvchi qaysi matndan ekanligi orqali uni to`ldiradi.

Guruhdagi boshqa bir o`quvchi shu iboraga o`xshash so`zlar orqali gap aytishi mumkin. Bularni boshqa guruh a'zolari va o`qituvchi nazorat qiladi.


Yüklə 174,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin