shirbozning jizig’ini.
To’yga kelgan qizlaroy, quloq soling,
O’lanning biz aytamiz qizig’ini.
Buxoroning katta bir qismini cho’lliklar tashkil qiladi. Shu cho’l zonalarida cho’l kiyiklari tarqalgan. Ular rangi, yashash tarzi bilan tog’ kiyiklaridan farqlanadi. Shuning uchun Buxorodan yozib olingan yuqoridagi o’lan matnida bevosita cho’l kiyigi haqida so’z yuritilayotgan bo’lsa, shu o’lanning Toshkent hududidan yozib olingan variantida tog’ kiyigi tilga olinayotir:
Tog’larning kiyik ko’rar buzug’ini,
Eb to’ymasang shirbozning jizig’ini.
To’yga kelgan qizlaroy, quloq soling,
O’lanning biz aytamiz qizig’ini.
Bundan ko’rinadiki, qo’shiqlarning variantlashuviga ularning qaerda yaratilgani, shuningdek, ijro o’rni va maqsadi ham ta’sir ko’rsatishi mumkin ekan.
Misol sifatida keltirilgan yuqoridagi o’lan matnida cho’ldagi kiyikning ko’rgan buzug’i – bu eb to’yib bo’lmas shirbozning jizig’i suyaklaridir. Ma’lumki, kiyik – quvush shoxli sutemizuvchilar oilasining ohu, bug’u va hokazolar kabi katta bir guruhining umumiy nomi.1 Shirboz esa fors-tojikcha so’z bo’lib, sut emib o’sayotgan, semiz qo’zi ma’nosini anglatadi. Buxoroning Qorako’l tumanida qadimdan hozirgacha yangi tug’ilgan, hali sutga to’yib, semirib ulgurmagan qo’zichoqning jingalak yungli terisidan mo’yna olinadigan qorako’lchilik sohasi rivojlanib kelgan. Qorako’l deb yuritiladigan bunday qo’ylar zoti oliy navli qo’y zotlaridan hisoblanadi. Shunisi bilan qorako’l qo’y-qo’zilari jahon bozorida o’ziga xos nom qozongan. Qorako’l qo’zisining yuqori navli jingalak terisi, mo’ynasidan tayyorlangan quloqchin, palto, po’stin, ularning yoqalari dunyo bozorida qimmat va xaridorgir bo’lib, ularga boylik manbasi sifatida qaraladi.
Yurtimiz chorvachiligida qorako’l qo’ylarini boqish va qorako’l terisini etishtirish bilan shug’ullanuvchi qorako’lchilik sohasiga tegishli tushunchalar Buxoroning shuhratini targ’ib qilish maqsadida uning hayoti bilan bog’liq qo’shiqlardan ham o’rin olganki, buni yuqoridagi qo’shiq matni ham anglatib turadi. Unda qo’llangan
Dostları ilə paylaş: |