- buxgalteriya hisobini tashkil etishga doir boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari
buzilganda.
Bosh buxgalterga uning hisob va hisobot bo’yicha to’g’ridan-to’g’ri vazifalarini bajarish
bilan bog’liq bo’lmagan (taalluqli bo’lmagan) topshiriqlarni berish mumkin emas (berilmaydi).
Bosh buxgalterga pul mablag’lari va moddiy qiymatliklar uchun bevosita moddiy javobgarlik
bilan bog’liq bo’lgan vazifalarni yuklash mumkin emas. Agarda buxgalteriya hisobi va hisobotini
yuritishning belgilangan tartibiga yoki amaldagi qonunchilikka zid bo’lgan farmoyish olgan
holatda, bu haqda bosh buxgalter yuqori moliya organining rahbariga ma’lum qilishi shart.
Bosh buxgalterga yuklatilgan vazifalarni (majburiyatlarni) amalga oshirish uchun unga
buxgalteriya hisobi va nazoratini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan barcha hujjatlar:
byudjetning daromadlari va xarajatlarining choraklar bo’yicha taqsimlangan yillik yoyilmasi yoki
undan ko’chirma, moliyalashtirish rejalari, buyruqlar, farmoyishlar, moliyalashtirish hajmlarining
o’zgarganligi to’g’risidagi ma’lumotnoma-bildirishnomalar va ma’lumotnoma-xabarnomalar,
mahalliy byudjet va Jamg’arma byudjetining ijro etilishi bilan bog’liq bo’lgan boshqa materiallar
va hujjatlar o’z vaqtida berib turilishi kerak.
Bosh buxgalterning buxgalteriya hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi bo’yicha beradigan
farmoyishlari moliya organining barcha xodimlari uchun majburiy hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: