Byudjet hisobi


Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari daromadlarini



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə24/137
tarix01.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#136890
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   137
Toshkent moliya instituti byudjet hisobi -fayllar.org

3.Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari daromadlarini 
hisobvaraqlar va hisobregistrlarida aks ettirish. 
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari daromadlari hisobi 04
"Daromadlar" nomli hisobvaraqda yuritiladi. 040-sonli hisobvaraq “Byudjet daromadlari” hisobot
yili yakuni bo‘yicha g‘azna hisobvaraqlariga byudjet ijrosi natijalari daromadlariga tushumlar,
berilgan va olingan daromadlar (dotatsiyalar, subvensiyalar) summalari, ko‘chirmalar, qaytarish
va o‘tkazishlar bilan bog‘liq operatsiyalar hisobi uchun mo‘ljallangan. Aniqlanmagan mablag‘lar
041-sonli “Aniqlanmagan tushumlar” hisobvaraqga o‘tkaziladi va har oyda oxirgi ish kunidan
kechiktirmay 23402 bank tranzit schyotiga o‘tkazilib tegishli Byudjet tasnifida aks ettiriladi.
042 “DMJ (davlat maqsadli jamg‘armalari) va Byudjetdan tashqari jamg‘armalar 
daromadlari” hisobvaraqda daromadlar tushumi, qaytarish va moliya yili yakunida jamg‘arma
Byudjeti ijrosi natijalariga hisobdan chiqarish bilan bog‘liq operatsiyalar hisobi uchun
mo‘ljallangan.
"Yuqori Byudjet prognoz ko‘rsatkichlarini oshirib bajarishdan mahalliy Byudjetlarga kelib
tushgan daromadlar" nomli 043-sonli hisobvaraqda yuqori Byudjet prognoz ko‘rsatkichlarini
oshirib bajarishdan mahalliy Byudjetlarga kelib tushgan mablag‘lar hisobga olinadi.
044-sonli
hisobvaraq “Respublika g‘azna hisobvarag‘iga respublika Byudjeti
hisobvaraqlaridan mablag‘lar tushumi” respublika Byudjeti hisobvaraqlaridan kelib tushgan va
moliya yili oxirida Byudjet ijrosi natijalariga olib boriladigan summalar hisobi uchun
mo‘ljallangan.
045-sonli hisobvaraq “DMJ va boshqa Byudjetdan tashqari jamg‘armalar g‘azna
hisobvarag‘iga respublika Byudjeti hisobvaraqlaridan mablag‘lar tushumi” respublika Byudjeti
hisobvaraqlaridan kelib tushgan mablag‘lar hisobi uchun mo‘ljallangan.
046 “To‘lovchilardan g‘azna depozit schyotiga boj va boshqa to‘lovlar tushumi”
hisobvaraqda g‘azna depozit schyotiga to‘lovchilardan boj to‘lovlari ko‘rinishida tushgan
daromadlar hisobi uchun mo‘ljallangan.
047-sonli hisobvaraq “Byudjetga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar tushumi” g‘azna
hisobvaralariga kelib tushgan va Byudjetga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar, shu jumladan
o‘tgan yillarning debitor qarzdorlik bo‘yicha tushumlar, Byudjet tashkilotlarini asosiy vositalari
va boshqa tovar-material boyliklarini sotishdan tushgan tushimlar, shuningdek inventarizatsiya
qilish va tekshirishlar natijasida tiklangan summalar hisobi uchun mo‘ljallangan.
048-sonli hisobvaraq “Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijtimoiy nafaqalar
to‘lovlariga mablag‘lar tushumi” ijtimoiy ta’minot organlaridan g‘azna hisobvaraqlariga ijtimoiy
nafaqalar to‘lovlari uchun tushadigan Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining mablag‘lari
bilan bog‘liq operatsiyalar hisobi uchun mo‘ljallangan.
049-sonli “Byudjetdan mablag‘ oluvchilarning Byudjetdan tashqari boshqa mablag‘lari
tushumi” hisobvaraq Byudjetdan mablag‘ oluvchilarning Byudjetdan tashqari boshqa mablag‘lari
tushumi bilan bog‘liq operatsiyalar, shu jumladan Byudjet tashkilotlari tomonidan ishlatishi
ko‘zda tutilgan ota-onalarning maktabgacha ta’lim muassasalari va maktabdan tashqari ta’lim
muassasalari uchun to‘lov badallari, shuningdek bolalarning musiqa maktablarida o‘qishi uchun
badallar, xodimlardan ish joyidan olingan ovqatlanish (maktabgacha ta’lim muassasalari,
internatlar va boshqalar) uchun hisob-kitoblardan kelib tushgan mablag‘lar hisobi yuritiladi.
Yuqorida keltiri bo‘tilgan buxgalteriya yozuvlari memorial orderlarda aks ettiriladi va
“Boshjurnal” daftariga o‘tkaziladi. “Bosh jurnal” daftaridan daromadlar bo‘yicha qoldiqlar
buxgalteriya balansi hisobot shaklig a o‘tkaziladi.


Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin