B) Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetiva mahalliy byudjetlar daromadlari: 1) qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi
byudjetiga va mahalliy byudjetlarga yo‘naltiriladigan mahalliy soliqlar, yig‘imlar, bojlar va
boshqa majburiy to‘lovlar;
2) qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi
byudjetiga va mahalliy byudjetlarga o‘tkaziladigan umumdavlat soliqlari, yig‘imlari, bojlari va
boshqa majburiy to‘lovlar;
3) qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq davlat mulki ob’yektlarini
joylashtirish, foydalanishga berishdan olingan daromadlar;
4) qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi bo‘yicha davlat mulkiga
o‘tgan pul mablag‘lari;
5) yuqori byudjetlardan beriladigan byudjet dotatsiyalari, byudjet subvensiyalari va byudjet
ssudalari;
6) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan kelgan
qaytarilmaydigan pul tushumlari;
7) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar hisobiga shakllantiriladi.
Davlat maqsadli jamg‘armalari, boshqa byudjetdan tashqari jamg‘armalar, byudjetdan mablag‘
oluvchilarning byudjetdan tashqari mablag‘lari, bojxona organlarining g‘azna depozit
hisobvarag‘iga tushadigan mablag‘lar bo‘yicha daromadlar manbaalari qonunchilikda
belgilangan.
2. Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari daromadlarini tasnifi va hujjatlashtirish. Davlat byudjeti, jamg‘armalar byudjeti, byudjetdan mablag‘ oluvchilarning byudjetdan
tashqari boshqa mablag‘lari, bojxona organlari g‘azna depozit schyoti daromadlari kassa ijrosi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan
yuritiladi. Buxgalteriya hisobi bo‘yicha xodimlar ko‘chirmalar va ularga ilova qilingan hujjatlarni
olgandan so‘ng hujjatlarni sinchiklab tekshirib, tegishli byudjet, jamg‘arma byudjeti, byudjetdan
mablag‘ oluvchilarning byudjetdan tashqari boshqa mablag‘lari, bojxona organlari g‘azna depozit
schyoti daromadlari bo‘yicha tushgan summalarni to‘g‘ri qabul qilinganligini o‘rnatishi va ushbu
tushumlar olib borilishi lozim bo‘lgan daromadlar tasnifi kodini aniqlashi kerak.
Byudjet tasnifi Davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar daromadlari va xarajatlarini,
shuningdek uning taqchilligini moliyalashtirish manbalarini guruhlashdan iboratdir.
Byudjet tasnifi Davlat byudjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish hamda ijro etish
maqsadida byudjet ma’lumotlarini tizimga solish uchun foydalaniladi va u byudjet ma’lumotlari
xalqaro tasnif tizimlarining aynan shunday ma’lumotlari bilan qiyoslanishini ta’minlaydi. Davlat
byudjeti daromadlarining tasnifi barcha darajadagi byudjetlar daromadlari, davlat maqsadli
jamg‘armalari hamda byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari daromadlarining
guruhlanishidan iborat. Ya’ni, daromadlar tasnifi yordamida Davlat byudjetiga kelib tushayotgan
barcha ko‘rinishdagi daromadlar va tushumlarni turlari, kimlardan kelib tushayotganligi va
respublikamizning qaysi hududlaridan kelib tushayotganligi to‘g‘risida yetarlicha aniq
ma’lumotlarni olish mumkin.
Yigirma bir koddan iborat bo‘lgan daromadlar tasnifi tuzilmasi to‘rt qismli ko‘rinishga ega: