Ikkita yoki bir nechta korxona mulkida bo‘lgan nomoddiy aktivlar ob’ekti har bir korxona
tomonidan umumiy mulkdagi uning ulushiga teng miqdorda nomoddiy aktivlar tarkibida aks
ettiriladi.
Nomoddiy aktivlarga yuqoridagi talablarga javob beruvchi quyidagi ob’ektlar kiritilishi mumkin:
a) patent egasining ixtiro, sanoat namunalari va foydali modellarga bo‘lgan mutlaq huquqi;
b) muallif yoki boshqa huquq egasining EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalariga bo‘lgan
mutlaq huquqi;
d) v) muallif yoki boshqa huquq egasining integral mikrosxemalarning topologiyalariga
bo‘lgan
mutloq huquqi;
e) g) huquq egasining tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisiga bo‘lgan mutlaq huquqi,
shuningdek tovar ishlab chiqarilgan joy nomidan foydalanish huquqi;
f) d) huquq egasining seleksiya yutuqlariga bo‘lgan mutlaq huquqi;
g) gudvill
j) tabiiy resurslardan foydalanish huquqi, ya’ni yer osti boyliklari, atrof-muhitdagi boshqa
resurslar, atrof-muhit to‘g‘risidagi geologik va boshqa ma’lumotlar va shu kabilardan foydalanish
huquqi;
h) z) yer uchastkasidan foydalanish huquqi;
i) i) boshqa nomoddiy aktivlar (mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar
ko‘rsatish, iqtisodiy va boshqa imtiyozlardan foydalanish huquqi va shu kabilar).
Nomoddiy
aktivlar
quyidagilar
natijasida
tashkilot
balansiga
kiritiladi:
- ishlab chiqarish tugaganidan so‘ng yaratilgan ob’ektni qabul qilish-topshirish;
j) -
oldi-sotdi
shartnomasi
bo‘yicha
ob’ektni
sotib
olish;
- beg‘araz kelib tushish;
k) -
ortiqcha (hisobga olinmagan) nomoddiy aktivlar ob’ektlarini aniqlash;
- qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarga ko‘ra.
l) Cotib olingan, shuningdek tashkilotning o‘zida yaratilgan
nomoddiy aktivlarning
dastlabki qiymatiga ularning sotib olish narxi (tannarxi) va ularga qilingan barcha xarajatlarining
to‘liq summasida, jumladan mazkur nomoddiy aktivlarni yetkazib berish va o‘rnatish, ishga
tushirish va boshqa shu bilan bog‘liq xarajatlarni hisobga olgan holda kiritiladi. Jumladan, sotib
olingan nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymati quyidagi xarajatlardan tashkil topadi:
• huquqdan voz kechish (sotib olish) shartnomasiga muvofiq huquq egasi (sotuvchi)ga to‘langan
summalar;
• huquq egasining mutlaq huquqidan voz kechishi (sotib olish) munosabati bilan amalga oshirilgan
ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imlari, davlat bojlari, patent bojlari va boshqa shunga o‘xshash to‘lovlar;
m) • bojxona bojlari va yig‘imlari;
n) • nomoddiy aktivlarni sotib olish munosabati bilan to‘lanadigan soliqlar va boshqa
majburiy to‘lovlar summalari (agar ular qoplanmasa);
o) • nomoddiy aktivlarni sotib olish bilan bog‘liq axborot va maslahat xizmatlari uchun
to‘langan summalar;
p) • nomoddiy aktivlar ular orqali sotib olingan vositachilarga to‘lanadigan haqlar;
• nomoddiy aktivlar ob’ektlarini yetkazib berish tavakkalchiligini sug‘urtalash bo‘yicha xarajatlar;
• aktivdan maqsadga ko‘ra foydalanish uchun uni yaroqli holatga keltirish bilan bevosita bog‘liq
boshqa xarajatlar.
q) Sotib olingan nomoddiy aktivlarga haq to‘lash bilan bog‘liq
xarajatlar, sotib olish
bo‘yicha kontraktlarni tayyorlash va ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar hamda aktivlarni
sotib olish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan boshqa xarajatlar nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich
qiymatiga kiritilmaydi, balki ular sodir bo‘lgan hisobot davrida xaqiqiy xarajatlar sifatida
hisobotlarda aks ettiriladi.
r) Tashkilotning o‘zi tomonidan yaratilgan (ishlab chiqilgan) nomoddiy aktivlarning
boshlang‘ich qiymati ushbu nomoddiy aktivlarni ishlab chiqarishga sarflangan haqiqiy xarajatlar
summasi sifatida aniqlanadi.