Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyogarlik



Yüklə 61,01 Kb.
səhifə2/11
tarix01.01.2022
ölçüsü61,01 Kb.
#107507
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
10-sinif yangi dars ishlanma

III.Darsning usuli: . Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.

IV.Darsning jihozi: Darslik ,ko’rgazmali qurollar.

V.Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.

VI.Texnik jihoz: Kadoskop,kampyuter, diaproyektor ekran.

VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt: 45 minut:

Darsning texnik chizmasi:

Dars bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.

2

Yangi mavzuni boshlashga hozirlik

10

Yangi mavzuni yoritish

15

Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish

14

Darsni yakunlash

2

Uyga beriladigan topshiriqlar

2


VIII.Darsning borishi (reja):

1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,

d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi

2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish

v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.

IX.Yangi mavzu bayoni:

Yoshlarning chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarligida O‘zbekiston Respublikasining «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi Qonuni asosida, «Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik» fani yoshlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida xizmat qilishga

tayyorlashning tarkibiy qismi bo‘lib, o‘rta ta’lim muassasalari uchun majburiy o‘quv fani hisoblanadi.

Yoshlarga ta’lim berish jarayonida «Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik» fanining vazifasi quyidagilardan iborat:

 mamlakatni qurolli tajovuzlardan himoya qilish va mamlakat mudofaasi haqidagi o‘zlarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy huquq va burchlarini, harbiy (2000-yildan e’tiboran mudofaa) doktrinamizning mudofaa tavsifi va maqsadlarini, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli

Kuchlari hamda boshqa qo‘shin turlarining maqsad va vazifalarini puxta bilib olishlari;

 O‘zbekiston Respublikasining «Mudofaa to‘g‘risida»gi, «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi Qonunlarini, Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruv rezervidagi xizmatini tashkil qilish to‘g‘risida»gi qarorini,O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy hisobi to‘g‘risidagi Nizomini, harbiy xizmatni o‘tashdan bo‘yin tovlash va sodir etilgan harbiy jinoyatlar uchun qonunlarda belgilangan ma’muriy va jinoiy javob-

garliklarni bilishlari;

 harbiy qasamyod va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Nizomlarining asosiy talablarini chuqur anglagan holda o‘rganishlari;

 harbiy qismning qurollanishi, harbiy texnikasi va shaxsiy tarkibning joylashish faoliyati bilan tanishishlari;

 harbiy ish asoslarini, zaruriy harbiy bilimlarni va amaliy ko‘nikmalar, shuningdek, jismoniy chiniqish va ruhan bardam bo‘lishni o‘rganishlari;

 fuqaro himoyasi va tibbiy bilim asoslarini egallashlari;

 «Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik» fanini o‘zlashtirgan o‘quvchilar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safiga harbiy xizmatga chaqirilgan paytda Vatanni himoya qilishda o‘zining Konstitutsiyaviy burchini benuqson bajarishlari va qisqa muddatda ularga ishonib topshi-

rilgan zamonaviy qurollar hamda harbiy texnikalarni bilishlari lozim.Yoshlarga harbiy ta’lim berishda ularga qo‘shinlarning o‘quv-jangovar faoliyatida bajariladigan mashqlar, harakatlar va amallarni harbiy qismlardagidek mumkin qadar yaqinlashtirilgan holda o‘rgatish nazarda tutiladi. Bu mashqlarni ko‘p marotaba takrorlash natijasida yoshlarda zaruriy harbiy bilimlar va kasbiy ko‘nikmalar asoslari yuzaga keladi.Chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining umumiy rahbarligi ostida o‘tkaziladi.Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tuman hokimliklari chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlash ishlarini

moliyalashtirish hamda moddiy-texnik jihatdan ta’minlashni amalga oshiradilar, o‘quv-moddiy bazasini barpo etgan holda bunday tayyorgar- likning tashkil etilishi uchun javobgar hisoblanadilar.

Chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlashni tashkil etish, amalga oshirish va natijalarini nazorat qilib borish, «Ñhaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik» fanining o‘qitilishini uslubiy jihatdan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, shuningdek, ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar, Davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan amalga oshiriladi.

«O‘z istiqloli va ozodligining qadrini bilmaydigan, uni himoya qila olmaydigan, bunga kuch-qurbi yetmaydigan millat hech qachon erkin yashay olmaydi», degan fikrning tarixiy bir isboti tariqasida «Agar kimki, o‘z armiyasini boqmasa, ertaga o‘zgalar armiyasini boqishga majbur bo‘ladi»,degan hikmatni hech qachon unutmaslik zarur, deb o‘ylayman. Bu so‘zlarda nafaqat chuqur ma’no, balki o‘ta achchiq haqiqat ham bor», degan edi birinchi Prezidentimiz I. Karimov. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, respublika DOSAAFining 1991-yil 23-noyabrda bo‘lib o‘tgan VIII navbatdan tashqari Qurultoyida O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkilotini

tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Shuningdek, tashkilotning yangi nizomi tasdiqlandi. «Vatanparvar» tashkiloti O‘zbekiston DOSAAFining qonuniy vorisi deb e’lon qilinib, uning tizimidagi barcha tashkilotlar «Vatanparvar» tashkiloti ixtiyoriga o‘tdi. 1992-yil 3-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi «Mudofaa to‘g‘risida»gi, «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi,«Muqobil xizmat to‘g‘risida»gi Qonunlarni qabul qildi va shu kuni «Harbiy

qasamyod» matni ham tasdiqlandi. Qurolli Kuchlar qurilishining huquqiy bazasini yaratishning birinchi bosqichi 1995-yil 30-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining I chaqiriq III sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Harbiy doktrinasini qabul qilish bilan yakunlandi. Doktrina

harbiy qurilishning yo‘nalishini, mamlakat va Qurolli Kuchlarning urushga tayyorgarlik, urush olib borish yo‘llarini belgilovchi rasmiy qarashlar va qoidalar tizimidir. U davlatning siyosiy rahbariyati tomonidan ishlab chiqiladi va uning asosiy yo‘nalishlari, ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyoti fan

yutuqlari darajasi, ehtimoli tug‘ilayotgan urush haqidagi tasavvurlar bilan bog‘liqdir.O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini shakllantirishning ilk bosqichi yakunlanishi 1992-yil 8-dekabrda bo‘lib o‘tgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasiga to‘g‘ri keldi. Bu sessiyada

davlatimizning Asosiy Qonuni — O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi. Bu qomus Qurolli Kuchlarning mamlakatdagi huquqiy holatini mustahkamlagan, uning bosh vazifalari va tarixiyburchini belgilab bergan asosiy qonun bo‘ldi.Konstitutsiyaning XXVI bobi mudofaa va xavfsizlik masalalariga bag‘ishlanadi. Uning 125-moddasida: «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli KuchlariO‘zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini,aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi», deb belgilandi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 52-moddasiga binoan, «O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish —O‘zbekiston

Respublikasi har bir fuqarosining burchidir», deb ta’kidlanadi. Mustaqillik e’lon qilingan ilk kunlardanoq O‘zbekiston Respublikasi davlatning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy rivojlanishiga, mamlakatda va Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga

katta e’tibor qaratilgan.Ushbu masalani mamlakat mudofaa qudratini, uning milliy xavfsizligini

ishonchli ta’minlash shartlaridagina hal qilish mumkin bo‘lib, unga iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, tashkiliy va harbiy xarakterdagi tadbirlar tizimidagi yagona davlat siyosatini yurgizish orqali erishiladi. Ushbu tadbirlarni o‘zida jamlagan hujjat 1995-yil 30-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan harbiy doktrina hisoblanadi. Shunday qilib, amaliyotda birinchi marta tashkil topganligining to‘rtinchi yilida yosh mustaqil davlat o‘zining ilmiy asoslangan harbiy

doktrinasiga ega bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasining mudofaa doktrinasi uch asosiy bo‘limdan

iborat:

I. Umumiy qoidalar.

II. Doktrinaning siyosiy jihatlari.

III. Doktrinaning harbiy-tashkiliy jihatlari.

Mudofaa doktrinasining asosiy ustunliklari quyidagicha: siyosiy nuqtayi nazardan «urush va harbiy tajovuzni bartaraf etish — bosh strategic yo‘nalishdir», degan qoidaning mavjudligi. Mintaqamizdagi harbiy-siyosiy vaziyat, Qurolli Kuchlarda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarning harbiy xizmatga qiziqishining kuchayishi hamda davlat mudofaa qudratini yanada mustahkamlash

maqsadida «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi Qonun 2002-yil dekabrda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining II chaqiriq X sessiyasida qayta tahrir qilingan holda qabul qilindi. Qonunda harbiy xizmatni tashkil etish masalalari

takomillashtirilib, harbiy xizmatning quyidagi turlari joriy etildi:

 muddatli harbiy xizmat;

 safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat;

 kontrakt (shartnoma) bo‘yicha harbiy xizmat;

 O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida harbiy xizmatni o‘tagan rezervchilar xizmati. Davlatimiz rahbari Sh.M. Mirziyoyevning 2017-yil 4-apreldagi «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 31-maydagi «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qaroriga o‘zgartishlar kiritish haqida»gi Qarori ayni yo‘nalishdagi sa'y-harakatlarning amaliy ifodasi bo‘ldi. Muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan fuqarolarga berilayotgan bunday imtiyozlar yoshlarimiz o‘rtasida harbiy xizmat nufuzini yanada yuksaltirishda, harbiy xizmat davomida puxta bilim va tayyorgarlikni egallashlarida ular uchun alohida rag‘batlantiruvchi omil bo‘lishi shubhasiz.


Yüklə 61,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin