Chirchiq davlat pedagogika universiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi kafedrasi



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/19
tarix09.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#138483
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Nishanova Muborak Abdukaxar Qizi

O‘yinchilarni taqsimlab olish. 
Bu guruh harakatlari turida himoyachilar 
bir vaqtning o‘zida bir necha hujumchini faol ta’qib ostiga oladi. Bu o’zaro
harakatlar to‘pli o ‘yinchini “3 soniya”, “to‘p bilan uch qadam" qoidalarini
buzishga yoki to‘pni rejalashtirilmagan tomonga yo’llashga majbur qilish
uchun qaratilgan. 


21 
O‘yinchilarni taqsimlab olishni amalga oshirish vaqtini to‘g‘ri tanlay
olish juda muhim. Agar himoyachi hujumchini oldindan faol ta’qib etishni
boshlasa, hujumchi boshqacha qaror qabul qilishi mumkin. 
O‘yinchilar taqsimotini quyidagi paytlarda o‘tkazish kerak: 
1. To‘pli hujumchi to‘pni yerga urib olib yurib, ushlagandan so‘ng
uchinchi qadamni tashlab, to‘pni uzatishga tayyorlanayotgan bo‘lsa; 
2. Agar to‘pni o‘yinga kiritishga xushtak chalingan bo‘lsa; 
3. Agar hujumchi sakrab to‘pni uzatmoqchi bo‘lsa. 
Jamoa harakatlari 
Himoyadagi jamoa harakatlari uch turga bo‘linadi: 
1. Shaxsiy himoya; 
2. Hududiy (zonali) himoya; 
3. Aralash himoya. 
Darvoza himoyasiga yo‘naltirilgan har xil turdagi harakatlarning mohirlik 
bilan qo’llanilishi g‘alaba uchun kurashda ustunlik beradi. 
Shaxsiy himoya. 
Bu gandbol o`yinida asosiy himoya qilish tizimidir. 
Shaxsiy himoya uch variantdan iborat: butun maydon bo`ylab, maydonning o`ziga 
qarashli qismida va erkin to`p tashlash hududida. 
Butun maydon bo`ylab shaxsiy himoya to`pni yo`qotgandan so`ng darhol 
uni egallash uchun faol kurashishga mo`ljallangan. Himoyachilar oldindan ma’lum 
yoki o`ziga yaqin turgan o`yinchilarni taqsimlab oladilar va ularni to`p egallash va 
uzatish imkoniyatlaridan mahrum etish uchun ulardan ajralmay kuzatadi. 
Hujumchilar darvozaga yaqinlashgan sari himoyachilarning faollik darajasi ortadi.
Agar raqib jamoasi o`yinchilari texnik jihatdan bo`sh yoki hujum qilishi sust 
bo`lsa, o`yin vaqtini ataylab cho`zishsac yokic himoya qiluvchi o`yinchilar son 
jihatdan ustunlikka ega bo`lsa, u holda butun maydon bo`ylab shaxsiy himoya 
qilishni qo`llashi maqsadga muvofiqdir.
Oyinchilar maydonning o`ziga qarashli qismida himoya harakatlarini bajarar 
ekan, jamoa o`z darvozasi tomon chekinadi va maydonning o`rta chizig’i yaqinida 
oldindan taqsimlangan o`yinchilarni tanlab oladi. To`p egallagan o`yinchi zich 


22 
“devor” bilan pana qilinadi, boshqalarining to`silishi esa, o`yinchi bilan darvoza 
orasidagi masofaga bog’liq, u darvozabonga qancha yaqin bo`lsa, shuncha zich 
pana qilinadi. 
Shaxsiy himoya quyidagi ikki usulda amalga oshirilishi mumkin: 
1. Himoyachilarning o‘tishi bilan; 
2. Himoyachilarning o‘tishisiz. 
Himoyachilarning o‘tishi bilan bo‘lgan shaxsiy himoyani o'yinchilari
o‘ta harakatchan jamoa qollashi mumkin.
Himoyachilarning o‘tishisiz himoyada himoyachilarning yuqori darajadagi
ish qobiliyati va taktik mahorati vaziyatlarni oldindan payqamoq uchun kerak. 
Shaxsiy himoya butun maydon bo‘ylab yoki o‘z maydonida quyidagi 
hollarda qo‘llaniladi: 
1. Agar raqib jamoasidan bir o ‘yinchi o ‘yindan chetlatilgan
bo‘lsa; 
2. Agar raqib jamosiga qulay bo’lgan taktikani buzish kerak
bo‘lsa; 
3. Agar raqib jamoasi jismoniy va texnik jihatdan kuchsiz bo‘lsa; 
4. Agar to‘pni tezlik bilan egallash kerak bo‘lsa. 
Hujumchilar harakatini maksimal murakkablashtirish uchun himoyachilar 
butun maydon bo`ylab yoki erkin to`p tashlash hududida hamma hujumchilarni 
zich to`sib tursa, yaxshi natija beradi. To`pni burchakdan o`yinga kiritishda yoki 
o`yinning oxirgi daqiqalarida jamoa minimal hisobda yutqazayotgan bo`lsa, 
shaxsiy himoya taktikasini qo`llash maqsadga muvofiq bo`ladi. Ammo bu taktik 
tizim o`yinchilardan juda yuqori jismoniy tayyorgarlikni talab qiladi. 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin