1.3. 4-sinfda “Fe’llarni shaxs-son qo’shimchalari bilan tuslanishi” mavzusi bugungi kunda umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinf o’qituvchilari oldida turgan muhim masalalardan biridir. Chunki ayrim maktablarda ta’lim olayotgan boshlang’ich sinf o’quvchilarining ona tili grammatikasi bo’yicha tushuncha va ko’nikmalari yetarli emasligi tufayli ularning oddiy matnlarni yozishdagi yoki ariza, tushuntirish xati, ishonchnoma kabi ish qoqozlarini yozishda, ayniqsa, og’zaki nutq ifodalashda ko’plab xato va kamchiliklarga yo’l qo’ymoqdalar.
O’quvchilar nutqida sheva elementlarining mavjudligi, so’zlarni buzib talaffuz qilishlari, nutqda o’rinsiz so’zlarni qo’llash, fe’llarda shaxs-sonlarni,zamonlarini ajrata olmaslik, yoki nutqda ruscha so’zlarni noo’rin qo’llash kabi xato va kamchiliklaridan ko’z yumib bo’lmaydi.
Bu kurs ishi yozilishi jarayonida boshlang’ich sinf o’quvchilariga mavzuga oid mashqlar bajarishni o’rgatishga doir usullar haqida batafsil to’xtaldik. Qanday usul va tajribalardan foydalanilsa, samarali natijalarga erishish mumkin degan masala ustida ilmiy izlanishlar olib bordik.
Ishlab chiqqan usullarimizni Toshkent shahridagi umumta’lim maktabining 4-V – sinfida tajribadan o’tkazdik. Nazorat sinfi etib mazkur umumta’lim maktabning 4 B – sinfini tanladik.
Tajriba – sinov ishlari uch bosqichda amalga oshirildi.
1) Kuzatuv bosqichi;
2) Rivojlantiruvchi bosqichi;
3) Tajribaning solishtirma bosqichi;
1. Kuzatuv bosqichi:
Dastlab umumta’lim maktabining tajribali boshlang’ich sinf o’qituvchilari bilan tadqiqot mavzuimiz doirasida suhbat o’tkazdik va ularga quyidagi savollar bilan murojaat qildik:
1) o’quvchilarga fe’llarda shaxs-son qo’shimchalarini o’rgatishda qanday muammolarga duch kelgansiz?
2) o’quvchilarga fe’llarda shaxs-son qo’shimchalarini o’rgatishda qanday ta’limiy uslublardan foydalanasiz?
3) o’quvchilarning fe’llarda shaxs-son qo’shimchalari haqidagi grammatik
tushunchalarini rivojlantirish uchun qanday ishlarni amalga oshirish lozim deb hisoblaysiz?
4) o’quvchilarga fe’llarda shaxs-son qo’shimchalarini o’rgatishda qaysi noan’anaviy dars usullaridan foydalanish kerak deb o’ylaysiz?
Kuzatuv bosqichi davomida kuzatish va o’quvchilarning fe’llarda shaxs-son
qo’shimchalari haqidagi tushunchalari qay darajada ekanligini tekshirish kabi
muhim vazifalarni bajarishni o’z oldimizga maqsad qilib oldik.
Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun:
Tajriba va nazorat sinfi o’quvchilari ishtirokida o’tkazilgan ona tili darslarni kuzatdik.
O’quvchilar bilan suhbatlar o’tkazdik;
O’quvchilarning fe’llarda shaxs-so n qo’shimchalari bo’yicha egallagan
bilim va malakalarini tekshidik va quyidagi tekshirishn usullaridan foydalandik:
Mavzuga oid test-sinov;
Mavzuga oid yozma ish ( tekshirish diktanti);
Mavzuga oid savol-javob.
Tajriba va nazorat sinfi o’quvcilari bilan o’tkazilgan dastlabki tekshiruv
ishlari: mavzuga oid savol-javob, yozma ish va test-sinovlari 5 ballik tizimda baholandi. Olingan natijalar tahlil qilinib, umumiy holatda quyidagicha jadval ko’rinishiga keltirildi.
Tajribadan oldingi 4-V va 4-B sinfi o’zlashtirish ko’rsatkichlari
Tajribadan oldingi
4-V va 4-B sinfi o’quvchilarining o’zlashtirish natijalari jadvali quyida keltirilgan diagrammalarda o’zaro taqqoslangan.
Tajribadan oldingi 4-V va 4-B sinfi o’zlashtish natijalari1-diagrammasi:
Dastlabki tekshiruvlarimiz boshlang’ch sinf o’quvchilarining fe’llarda shaxs-son qo’shimchalari haqidagi grammatik tushunchalarini yaxshi egallamaganliklaridan, shuningdek, fe’llarda shaxs-son qo’shimchalariga oid mashqlarni mustaqil ravishda bajara olmasliklaridan dalolat berdi. Shundan so’ng
biz o’quvchilarning fe’llarda shaxs-son qo’shimchalari haqidagi grammatik
tushunchalarini, shu bilan birga, fe’llarda shaxs-son qo’shimchalari mavzusiga oid
mashqlarni mustaqil ravishda bajara olish qobiliyatlarini rivojlantirishda qo’llash mumkin bo’lgan usullar ustida izlanishlar olib bordik. Ona tili darslarida o’qitishning turli xil noan’anaviy usullaridan foydalanish samarali natijalar berishi mumkinligini anglab yetdik.
II Rivojlantiruvchi bosqich:
4-V sinfda tajriba sinov ishlari boshlab yuborildi. Tajriba-sinov ishlari asosan mavzudan kelib chiqqan holda o’qish darslarida suhbat asosida o’quvchilar nutqini o’stirishga qaratildi. Tаjribа-sinov bosqichida o’quvchilаrning fe’llarda shaxs-son qo’shimchalari haqidagi bilimlаrini mustаhkаmlаsh, ushbu mavzuga oid mashqlarni tez va bexato bajarishga o’rgatishda quyidаgi ishlаrni аmаlга оshirish muhim degan fikrga keldik:
•o’quvchilаrni o’tilgan mavzuga oid bilim va ko’nikmalarini mustаhkаmlаshdа og’zaki hamda yozma mashqlardan unumli foydalanish;
•o’quvchilarni mustaqil mashq bajarish qobiliyatlarini rivojlantirish;
•ona tili darslarida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish;
•fe’llarda shaxs-son qo’shimchalariga oid mashqlar bajarishda interfaol usullardan unumli foydalanish.
Tajriba bosqichi davomida o’quvchilarning darsga bo’lgan munosabati,
faolligi, mustaqil mashq bajarish qobiliyatlari, o’zlashtirish darajasi doimiy nazorat
qilib borildi. Kuzatishlar yuqoridagi tarzda tashkil etilganda o’quvchilarda katta o’zgarishlar ro’y berayotganligini ko’rdik.