Chirchiq davlat pedagogika universiteti


Fe`l – so’z turkumi haqida ma’lumоt



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə5/12
tarix02.01.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#121925
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Пулатова Шохсанам 21.5 группа

1.2 Fe`l – so’z turkumi haqida ma’lumоt
Bоshlang’ich sinf оna tili darslarida o’quvchilar so’z turkumlari xususida
ma’lumоt оladilar. Boshlang’ich sinflarda faqat mustaqil so’z turkumlaridan ot,
sifat, son, fe’l, olmosh(o’zlik).
Ana shunday so’z turkumlaridan biri fe`l – so’z turkumi bo’lib, biz ushbu bоbimizda aynan shu so’z turkumi va uni o’qitish uslubiyoti xususida fikr yuritamiz.
O’ylaymizki, bu bоbda ilgari surgan fikr va mulоhazalarimiz aynan shu mavzu yuzasidan bоshlang’ich sinf o’quvchilariga nazariy manba vazifasini o’tasa ajabmas. Shaxs va predmetning ish-harakati va holatini ifodalaydigan mustaqil so‘zlar fe’l deyiladi. Masalan: Men olimlarga, ilohiyotchilarga, tarixshunoslarga hurmat-ehtirom ko‘rsatdim va e’zozladim. (A.Temur). Mehnat insonda ijodiy kuch uyg‘otadi (Tafakkur jurnali).Grammatikada harakat va holat tushunchasi juda keng. Ya’ni fe’l holat, belgining yuzaga kelishi, o‘zgarishi kabi jarayonlarni ham harakat tarzida anglatadi: o‘rik gulladi, yaproqlar sarg‘aydi, bola uxlayapti kabi.
Fe’llarning barchasi bir umumiy so‘roqqa nima kilmoq? so‘rog‘iga javob beradi. Fe’l o‘ziga xos bo‘lgan morfologik belgilarga ega, ya’ni:
1) ish-harakatning predmetga (to‘ldiruvchiga) munosabati fe’ldagi o‘timli va o‘timsizlik ma’nosini hosil qiladi: o‘qimoq, yozmoq - o‘timli fe’l; o‘tirmoq, chiniqmoq - o‘timsiz fe’l;
2) ish-harakatning bajarilishi haqidagi tasdiq yoki inkorni anglashilishiga
ko‘ra fe’llar bo‘lishli va bo‘lishsizlik ma’nosini bildiradi: ayt – bo‘lishli, aytma –bo‘lishsiz; bilgan – bo‘lishli, bilgani yo‘q – bo‘lishsiz fe’l;
3) ish-harakat bilan uning bajaruvchisi, ob’ekt va sub’ektlar orasidagi
munosabat nisbat ma’nosini hosil qiladi: kiydi - aniq nisbat, kiyindi - o‘zlik nisbat, kiyildi - majhullik nisbat, kiydirdi – orttirma nisbat;
O‘timli va o‘timsiz fe’llar
O‘timli va o‘timsiz fe’llar fe’l anglatgan harakatning predmetga munosabati orqali belgilanadi.
Fe’ldagi anglashilgan harakatning tushum kelishigi formasidagi ot bilan (yoki
otlashgan so‘z bilan) ifodlangan predmetga o‘tganligini bildiradigan fe’llar
o‘timli fe’l deyiladi. Masalan:
Hammamiz shu tuproqning suvini ichganmiz, non-tuzini eganmiz (I.Karim
ov). Bu gap ichganmiz, eganmiz fe’llaridan anglashilgan harakat bevo
sita tushum kelishigi shaklidagi suvini, non-tuzini so‘zlari bilan ifodalangan predmetga o‘tadi. Demak, o‘timli fe’llar tushum kelishigi shaklidagi ot bilan bog‘lanadi. Ba’zan fe’l anglatgan harakat yoki holat predmetning bir qismiga o‘tishi yoki harakat o‘tgan predmet shu harakatning bajarilishida vosita bo‘lishi mumkin. Bunday holda o‘timli fe’llar jo‘nalish va chiqish kelishigi shaklida qo
‘llangan otlar bilan ham birikadi. Qiyoslang: nonni oling – nondan oling, otni mining – otga mining.
Biron predmetga bevosita o‘tmaydigan harakatni anglatadigan fe’llar
o‘timsiz fe’l deyiladi. Masalan: Ko‘ngil quvonchi uning kuchsizligidan
dalolat beradi (Tafakkur gulshani). Pokiza aql insonni ayb va kamchiliklardan
qutqaradi (U.Mahkamov).
Bu gaplardagi dalolat beradi, qutqaradi fe’llaridan anglashilgan harakat
bevosita tushum kelishigida kelgan otni boshqarmagan, boshqa predmetga o‘tmagan, balki harakat bajaruvchining o‘zida qolgan.
Fe’ldagi o‘timli va o‘timsizlik ma’nosi ikki xil usul bilan ifodalanadi:
1. Leksik-semantik usul.
2. Morfologik usul.
1. Fe’llar o‘z leksik ma’nosiga ko‘ra biror affiks olmaan, hech qanday shakl
o‘zgarishisiz (o‘zak-negiz holida) holida o‘timli yoki o‘timsiz bo‘ladi.
Masalan:
ol, och, ko‘r, yoz, ich, qo‘y, so‘ra, ber kabilar o‘timli; bor, kel, o‘tir, uxla, yot, yur kabilar o‘timsiz fe’llardir.
Bunday usul bilan, ya’ni fe’lning leksik ma’nosiga ko‘ra o‘timli-o‘timsizlik ma’nosining ifodalanishiga leksik-semantik usul deyiladi.
2. Fe’l o‘zak-negiziga qo‘shiladigan fe’l nisbatini yasaydigan qo‘shimchalar (o‘zlik, majhullik, orttirma nisbat qo‘shimchalari) o‘timli va o‘timsiz fe’llarni
belgilab beradi. O‘timli-o‘timsizlikning fe’l nisbatini yasaydigan affikslar bilan ifodalanishi morfologik usul sanaladi. Fe’l o‘zak-negiziga nisbat qo‘shimchalari qo‘shilganda, fe’lning o‘timli-o‘timsizligi quyidagicha yuz beradi:
1) o‘zlik va majhullik nisbat qo‘shimchalari o‘timli fe’lni o‘timsiz fe’lga aylantiradi: so‘radi - o‘timli fe’l, so‘raldi - o‘timsiz fe’l; ko‘rdi - o‘timli fe’l,
ko‘rindi - o‘timsiz fe’l. So‘radi o‘ti mli fe’liga qo‘shilgan –l majhullik nisbat
qo‘shimchasi, ko‘rdi o‘timli fe’lga qo‘shilgan –in o‘zlik nisbat qo‘shimchasi
so‘radi, ko‘rdi fe’llarini o‘timsiz fe’llarga aylantirdi;
2) orttirma nisbat qo‘shimchalari, aksincha, o‘timsiz fe’lni o‘timli fe’lga aylantiradi: kuldi - o‘timsiz fe’l, kuldirdi - o‘timli fe’l; yurdi - o‘timsiz fe’l, yurgizdi - o‘timli fe’l; uxladi - o‘timsiz fe’l, uxlatdi - o‘timli fe’l. Ushbu kuldi fe’liga qo‘shilgan –dir qo‘shimchasi, yurdi fe’liga qo‘shilgan –giz qo‘shimchasi, uxladi fe’liga qo‘shilgan –t orttirma nisbat qo‘shimchalari o‘timsiz fe’llarni o‘timli fe’liga aylantirdi.
3) orttirma nisbat qo‘shimchalari orqali o‘timli fe’ldan yana o‘timli fe’l hosil qilinadi: esladi - o‘timli fe’l, eslatdi - o‘timli fe’l; ichdi - o‘timli fe’l, ichirdi -o‘timli fe’llari tarkibidagi –t, -ir orttirma nisbat qo‘shimchalari o‘timli fe’lni yana o‘timli fe’lga aylantirdi.
Qo‘shma fe’llarda o‘timli va o‘timsizlik ma’nosi etakchi qismga qarab
belgilanadi. Masalan: aytib berdi, ko‘ra boshladi, yozib chiqdi qo‘shma fe’llarda aytib, ko‘ra, yozib etaksi qismning o‘timli ekanligi shu fe’llarning o‘timli ekanligini ko‘rsatadi. Aksincha, qo‘shma fe’llarning etkchi qismi o‘timsiz fe’ldan bo‘lsa, butun qo‘shma fe’l o‘timsiz bo‘ladi: o‘sa boshladi, quvonib ketdi, kulib qo‘ydi kabi.
Bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llar
Ish-harakatning bajarilishi haqidagi tasdiq yoki inkor tushunchasi fe’ldagi bo‘lishli va bo‘lishsizlik ma’nosini anglatadi.
Ish-harakatning bajarilishi haqidagi tasdiqni anglatuvchi fe’llar bo‘lishli fe’l
deyiladi. Fe’ldagi bo‘lishlilik ma’nosini ifodalovchi maxsus grammatik ko‘rsatkich
yo‘q: o‘qi, eslat, qolgan, borsa, aytib bergan, o‘qib chiqdi, hurmat qil kabi.
Masalan: Ona so‘zining o‘zi har yurakka jarangli sado beradi (Hikmatlar guldastasi). O‘z burchini bajarishdan mamnun odamligina erkin yashaydi (Tafakkur gulshani).
Ish-harakatning bajarilishi haqidagi inkorni anglatuvchi fe’llar bo‘lishsiz fe’l deyiladi. Bo‘lishli fe’l bo‘lishsiz fe’lni hosil qilish uchun asos bo‘ladi. Fe’lning bo‘lishsiz shakli quyidagicha yasaladi:
1. fe’l negiziga –ma (bu affiks urg‘u olmaydi), -may, -mas, -masdan, -maslik affikslarini qo‘shish bilan fe’ldagi bo‘lishsizlik ma’nosi hosil qilinadi: ko‘rsatma, kelmagach, bajarmadi, yoqmas, avaylamasdan, o‘smaslik kabi. Ko‘rinadiki –ma elementi –may, -mas, -masdan, maslik affikslarining tarkibida uchraydi. Bu affikslar sof fe’lga va fe’l shakllariga (sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi) qo‘shilib inkor ma’nosini ifodalashda asosiy morfologik ko‘rsatkich sanaladi.
Masalan: G‘ulomjon darpardasi yonidan qalin qorni g‘irchillatib o‘tgan dupurni ham eshitmadi. (M.Ismoiliy). Tog‘ arqon bilan eshilmaydi (M.Qoshg‘ariy). Mehnat qilmagan rohat ko‘rmas (O‘zbek xalq maqoli). Uydagilarga aytmasdan do‘sti bilan Qudratnikiga ketibdi. Kasal tabib kasalni davolay olmas (Abu Ali ibn Sino). Bu voqeani ko‘rmaslik uchun bolalar ko‘zlarini chirt yumdilar.-ma, -may affikslari qo‘shma fe’llarga quyidagicha qo‘shiladi:
a) asosiy qismga etakchi fe’lga qo‘shiladi: eshitmay qoldi, uxlamay chiqdi, ko‘rmay qoldi kabi;
b) ko‘makchi fe’lga qo‘shiladi: sotib olmadi, javob bermadi, o‘qib chiqmadi kabi.
Ish-harakat ma’lum bir grammatik shaxs tomonidan bajariladi (yoki
bajarilmaydi). Grammatik shaxs so‘zlovchi (I shaxs), tinglovchi (II shaxs), o‘zga (III shaxs yoki predmet) bo‘lishi mumkin.
Grammatik shaxs grammatik son (birlik yoki ko‘plik) bilan birgalikda
ifodalanadi. Fe’llardagi bunday grammatik shaxs va son ma’nosi ma’lum bir
grammatik ko‘rsatkichlar orqali ifodalanadi. Masalan: o‘qidim, o‘qisam, o‘qisang, o‘qiyapman, o‘qibman, o‘qiy fe’llari tarkibidagi –m, -man, -y qo‘shimchalari ish-harakatning I shaxs so‘zlovchi, ya’ni yakka shaxs tomonidan bajarilganini ko‘rsatsa; o‘qidik, o‘qisak, o‘qiyapmiz, o‘qibmiz, o‘qiylik fe’llari tarkibidagi –k, -miz, -ylik affikslari ish-harakatning I shaxs, lekin ko‘p so‘zlovchilar (shaxslar) tomonidan bajarilganini ifodalaydi. Demak, ish-harakatning bajaruvchisi uch shaxs va 2 son tushunchalarini aks ettiruvchi affikslarni o‘z ichiga oladi. Shuning uchun ham bunday affikslar shaxs-son affikslar deb yuritiladi. Fe’llarning shaxs-son affikslari bilan o‘zgarishi esa tuslanish deyiladi.
Shaxs-son affikslari tilshunoslikda tuslovchi affikslar deb ham yuritiladi. O‘zbek tilida tuslovchi affikslar fe’l shakllariga turlicha ko‘rinishda qo‘shiladi. Shu jihatdan tuslovchi affikslar uch guruhga bo‘linadi.
1.Birinchi guruh tuslovchilar. Bu guruhga mansub tuslovchilar aniqlik va shart-istak maylidagi –di, -sa qo‘shimchalarini olgan sof fe’l negizidan so‘ng va edi to‘liqsiz fe’liga qo‘shiladi: keldi-m, keldi-ng, keldi; kelsa-k, kelsa-ng, kelsa(lar) kabi.
Fe’llarning birinchi guruh tuslovchilar bilan tuslanishi quyidagicha:

2. Ikkinchi guruh tuslovchilar
Bu affikslar –b(-ib), -a(-y) qo‘shimchasi bilan shakllangan ravishdoshlardan, sifatdoshlardan (-yotgan qo‘shimchasidan tashqari), shuningdek, -yap, -moqda,
-yotib, -moqchi bilan shakllangan fe’l negizidan so‘ng qo‘shiladi. Mazkur
guruhdagi tuslovchilar III shaxsdagina ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi, ya’ni birinchi xil ko‘rinishda –b(-ib), -a(-y) qo‘shimchasi bilan shakllangan ravishdoshlar hamda –yap, -y otib bilan shakllangan fe’llar III shaxs birlikda –di (-ti), ko‘plikda –di(lar), -ti(lar) shaxs-son affikslari bilan shakllanadi.
Ikkinchi xil ko‘rinishda esa fe’lning sifatdosh shakllariga (- gan, -r(-ar), -digan, -vchi(-uvchi bilan hosil qilingan shakllariga), -moqda, -moqchi, -y otir bilan shakllangan fe’l negizlari, shuningdek, fe’llar ekan, emish to‘liqsiz fe’llari bilan birga qo‘llansa, III shaxsda shaxs ko‘rsatkichi shakllanmaydi (nol ko‘rsatkichli shaklda keladi).
Fe’llarning ikkinchi guruh (A.B ko‘rinishi) tuslovchilar bilan tuslanishi quyidagicha:



3. Uchinchi guruh tuslovchilar
Bular buyruq maylidagi sof fe’l negizidan so‘ng qo‘shiladi. Fe’llarning uchinchi guruh tuslovchi bilan tuslanishi quyidagicha:


Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin