Tajribadan keyingi nazorat va tajriba sinflari o’zlashtirish natijalari jadvali
Tajribadan keyingi nazorat va tajriba sinflari o’zlashtirish natijalari
2- diagrammasi:
Jadval va diagrammadan ko’rinib turibdiki, o’quvchilarga fe’llarda shaxs-son qo’shimchalarini o’rgatishda zamonaviy yangi pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish natijasida o’quvchilarning ushbu mavzusiga oid mashqlar bajarish qobiliyatlari o’sib borgan.
4-V tajriba sinfida o’quvchilarning o’zlashtirish samaradorligi foizdan 60 foizga o’sgan, nazorat sinfida esa o’quvchilarning o’zlashtirish samaradorligi 50 foizdan 53 foizga o’sgan.
Bundan tajriba sinfidagi
5 baho
4 baho
3 baho
2 baho
o’zlashtirish samaradorligi nazorat sinfiga nisbatan 4 foiz o’sgani kelib chiqadi.
Shu bilan birga tajriba sinfining tajribadan oldingi o’zlashtirish natijalari bilan keyingi natijalarni solishtirib ko’radigan bo’lsak, jadval tarzida uning ko’rinishini quyidagicha bo’ladi:
Tajriba sinfining tajribadan keyingi va oldingi o’zlashtirish natijalarining solishtirma diagrammasi:
4-V tajriba sinfi
Jadval va diagrammadan ko’rinib turibdi, tajribadan keyin tajriba ishlari olib borgan sinfda o’quvchilarning umumiy o’zlashtirish samaradorligi 53% dan60% ga ko’tarilgan, ya’ni 7%ga o’sishni kuzatishimiz mumkin. Ushbu o’zlashtirish natijalari tahlilidan xulosa qilib aytishimiz mumkinki, olib borilgan tajriba-sinov ishlari haqiqatdan ham samarali bo’lib, o‘quvchilarning darslarga munosabatlarining ijobiy tomonga o’zgarishi, fe’llarda shaxs-son qo’shimchalari haqidagi grammatik tushunchalarini rivojlanisiga, fe’llarda shaxs-son qo’shimchalarini o’rganishga oid mashqlarni mustaqil ravishda bajara olish qobiliyatlarini yanada oshirilishiga erishildi.
Ish-harakat ma’lum bir grammatik shaxs tomonidan bajariladi (yoki bajarilmaydi). Grammatik shaxs so`zlovchi (I shaxs), tinglovchi (II shaxs), o`zga (III shax syoki predmet) bo`lishi mumkin.
Grammatik shaxs grammatik son (birlik yoki ko`plik) bilan birgalikda ifodalanadi. Fe’llardagi bunday grammatik shaxs va son ma’nosi ma’lum bir grammatik ko`rsatkichlar orqali ifodalanadi. Masalan: o`qidim, o`qisam, o`qisang, o`qiyapman, o`qibman, o`qiy fe’llari tarkibidagi –m, -man, -y qo`shimchalari ish-harakatning I shaxs so`zlovchi, ya’ni yakka shaxs tomonidan bajarilganini ko`rsatsa; o`qidik, o`qisak, o`qiyapmiz, o`qibmiz, o`qiylik fe’llari tarkibidagi –k, -miz, -ylik affikslari ish-harakatning I shaxs, lekin ko`p so`zlovchilar (shaxslar) tomonidan bajarilganini ifodalaydi.
Demak, ish-harakatning bajaruvchisi uch shaxs va 2 son tushunchalarini aks ettiruvchi affikslarni o`z ichiga oladi. Shuning uchun ham bunday affikslar shaxs-son affikslar deb yuritiladi. Fe’llarning shaxs-son affikslari bilan o`zgarishi esa tuslanish deyiladi. Shaxs-son affikslari tilshunoslikda tuslovchi affikslar deb ham yuritiladi.
O`zbek tilida tuslovchi affikslar fe’l shakllariga turlicha ko`rinishda qo`shiladi. SHu jihatdan tuslovchi affikslar uch guruhga bo`linadi.
Dostları ilə paylaş: |