Maktab yoshidagi bolalar bilan o‘tkaziladigan jismoniy tarbiya darslaridagi vazifalarni amalga oshirish ilmiy asosda tuzilgan va uslubiy jihatdan puxta tayyorlangan dars konspektiga bog‘liq.
Jismoniy tarbiya darslarida tarbiya, sog‘lomlashtirish va o‘rgatish vazifalari bir-biriga bog‘langan holda hal qilinadi. Shuning uchun o‘qituvchi dars oldiga aniq vazifalar qo‘yishni jismoniy tarbiya tizimining umumiy vazifalariga amal qilgan holda aniqlaydi. O‘qituvchi dars vazifalarini, mashg‘ulot o‘tkazish joyini va darsga tegishli asbob-anjomlarni belgilagandan so‘ng dars mazmunini aniqlaydi.
Dars mazmunini aniqlashda, avvalo, darsning asosiy qismiga taalluqli mashqlarni, so‘ngra tayyorgarlik va yakunlovchi qism mashqlarini tanlash maqsadga muvofiqdir. Tashkiliy uslubiy ko‘rsatmalar darsda qo‘llaniladigan vositalardan to‘liqroq foydalanish va, shu bilan birga, o‘quvchilar tarbiyasini maqsadga muvofiq hal etish uchun tanlanadi. Konspektning tashkiliy-uslubiy bo‘limiga:
- darsni maqsadga muvofiq tashkil etish;
- shug‘ullanuvchilar faoliyatini darsda tashkil etishning usullari;
- o‘rgatish va tarbiyalashning metod va metodik usullari;
- darsni o‘tkazish sharoitlari yoziladi.
Dars jarayonida o‘rgatiladigan materiallarni hisobga olishda ularning o‘quvchilar tomonidan qay darajada o‘zlashtirilganligini tekshirib ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘rsatmalar yoziladi.
Dars tugaganidan so‘ng o‘qituvchi ushbu konspektga o‘tkazilgan dars bo‘yicha o‘z mulohazalarini qisqa shaklda yozishi lozim. Dars konspekti maktabda jismoniy tarbiya sohasidagi o‘quv ishlarini rejalashtirishning aniq hujjati bo‘lib, o‘qituvchi tomonidan har bir sinf yoki parallel sinflar uchun tuziladi. Dars konspektida darsning nomeri, qaysi sinf uchun tuzilayotganligi va o‘tilish vaqti yoziladi.
Maktabda jismoniy tarbiya bo‘yicha dars konspektining shakli quyidagicha:
DARS KONSPEKTI №
Tasdiqlayman:
“___"________2014y. Sinflar: 4a; 4b.
O‘tish vaqti: ___________
Vazifalar: 1.
2.
3.
O‘tkazilish joyi: ____________________
Asbob-anjomlar: _______________________
Dars o‘tishga baho: “ ”.
O‘qituvchining imzosi:
Dars konspektini tuzishda eng keraklisi asosiy va yordamchi vazifalarni aniq va metodik tomondan asoslangan holda ifoda qilishdir.
Dars oldiga qo‘yiladigan vazifalarni o‘qituvchi o‘ziga buyruq sifatida belgilaydi. Shuning uchun vazifalar buyruq ma’nosida ifoda qilinadi. Masalan: tanishtirish, o‘rgatish, mustahkamlash, ko‘rsatish va h.k.
Jismoniy tarbiya darslarida tarbiya, sog‘lomlashtirish va o‘rgatish vazifalari bir-biriga bog‘langan holda hal qilinadi. Bular o‘quv materiali, har darsning ish rejasiga asoslanib belgilanadi va o‘rgatish tamoyillari hamda o‘tkazilgan dars natijalariga qarab aniqlashtirilib, shu darsda bajariladigan qilib ifodalanadi.
Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari dars oldiga aniq vazifalarni qo‘yishda quyidagilarni hisobga olishlari muhim ahamiyatga egadir:
1. O‘quvchilarning oldingi darslarni qanday o‘zlashtirganligi.
2. Har bir darsning ish rejasi, davlat dasturi va shu dars uchun taalluqli qo‘shimcha adabiyotlar.
3. Sinfdagi o‘quvchilar soni, dars o‘tkazish joyi sharoiti va mavjud sport anjomlari.
4. Dars jadvalining xususiyati, dars turi.
5. O‘quvchilarning sog‘lik holati, ularning jismoniy tayyorgarliklari va h.k.
Xulosa Maqsadga muvofiq rejalashtirilgan jismoniy tayyorgarlik sport mahoratini shakllantirish va musobaqa davomida yuksak natijaga erishishda nihoyatda muhim omillardan biridir. Lekin, sport amaliyotida har doim ham rejalashtirilgan jismoniy mashqlar muvofiq harakat sifatlarini rivojlantirishda kutilgan natijani bermaslik holatlari tez-tez uchrab turadi. Buning asosiy sabablaridan biri mashg’ylotlarda qo’llanilgan u yoki bu jismoniy mashqlarning hajmi va shiddati hamda ushbu ko’rsatkichlarni shug’ullanuvchilar organizmiga ta’sir etish darajasi (organizmni nagruzkaga bo’lgan aks javobi – reaksiyasi) ob’ektiv ravishda baholanmasligidadir. SHuning uchun ham o’quv trenirovka jarayonida qo’llanilayotgan jismoniy nagruzka (jismoniy mashqlar) ning shug’ullanuvchilar organizmining funksional imkoniyatlariga muvofiqligi e’tiborga olinishi shu nagruzkani maqcadga muvofiq rejalashtirish imkoniyatini yaratadi.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik tushunchasi bu sportchining harakat sifatlarini har tomonlama (garmonik ravishda) rivojlanganlik darajasini anglatadi. Masalaga shu tarzda yondoshish oddiy inson sog’lig’ini (sportchini ham) shakllantirish nuqtai nazaridan maqcadga muvofiqdir. Albatta, «Katta» sportda bu ham zarur. Lekin, bunday amaliyot va shunga asoslangan trenirovka uslubiyati malakali sportchilarni tayyorlash hamda yuksak musobaqa natijasiga erishish samarasini susaytirishi ehtimoldan holi emas. CHunki, har bir sport
turining o’ziga xos va o’ziga mos xususiyatlari mavjudligi tufayli bir sport turida ko’proq kuch-tezkorlik sifati ustun tursa, ikkinchi bir sport turida chidamkorlik sifati yetakchi rolni o’ynaydi yoki uchinchi bir sport turida egiluvchanlik sifati asosiy ahamiyatga ega bo’ladi. Ammo, qayd etilgan fikrdan muayyan sport turida ma’lum jismoniy sifat juda zarur, boshqasi esa muhim emas degan xulosa kelib chiqmaydi. Aksincha, har bir sifatning muayyan sport vaziyatida ozmi-ko’pmi, lekin muhim