Chirchiq davlat pedagogika universiteti



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə9/11
tarix15.04.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#125358
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1-4 sinfning jismoniy tarbiyasi dastur boʼlimlariga tavsif

Dastur bo‘limlari

1-chorak
18 soat

2-chorak
14 soat

3-chorak
20 soat

4-chorak
16 soat

Jami
68 soat

1.

Bilim asoslari

Dars jarayonida

2.

Gimnastika







8




8

3.

Yengil atletika

8







8

16

4.

Sport uyinlari
(vg‘b,bg‘b,qg‘t)

6

14







20

5.

Futbol

4







8

12

6.

Kurash







12




12

O‘quv ishlarining yillik jadvali (2-hujjat) birinchi hujjat asosida tuziladi. Bu hujjatni tuzishda quyidagi uslubiy talablarni bajarish shart:

  1. Ob-havo sharoitini hisobga olish.

  2. Boshlang‘ich sinflarda asosan aralash (majmuali) darslarni rejalashtirish.

  3. O‘rta sinflarda 50% gacha to‘liq darslarni, 50% gacha esa aralash (majmuali) darslarni rejalashtirish.

  4. Yuqori sinflarda 50%dan ko‘prog‘ini to‘liq dars qilib rejalashtirish.

  5. To‘liq va kompleks darslarni aniqlab olish.

  6. O‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligini hisobga olish.

  7. Har bir o‘rgatiladigan mashqni har darsda ketma-ket 4-6 soatdan qo‘yish, ularning qaytarilish soni o‘rgatiladigan mashqning oson-qiyinligiga bog‘liq bo‘ladi.

  8. O‘quv materiallarini o‘rgatishda izchillik bo‘lishi shart, ya’ni avvalgi chorakda o‘rgatilsa, keyingi chorakda takrorlanadi yoki mustahkamlanadi.

  9. Batbaa (kross) yugurishni gimnastika darsi bilan aralashtirmaslik kerak.



Bu hujjat 1 va 2-hujjatlar asosida tuziladi va uni tuzishda quyidagilarga e’tibor berish lozim:



  1. Chorakda qabul qilinadigan o‘quv me’yorlarini aniqlab olish kerak.

2. O‘rgatish darslaridagi materiallar ketma-ket taqsimlanadi (masalan: 7-8, 8-10 martagacha, ya’ni 7 soat nazorat darsi, 8-bahoga norozi bo‘lganlar va darsga kelmaganlar uchun o‘quv me’yorini qabul qilish).
3.O‘quv materialini yanada muvaffaqiyatliroq o‘zlashtirish uchun har bir darsga 2-3tadan ortiq vazifa qo‘yilmasligi kerak.
4.Sinov me’yorlarini o‘rgatish jarayoni tugallanayotgan materiallardan qabul qilish kerak.
5. O‘quv yilining oxirida, ayniqsa, may oyida katta jismoniy zo‘riqishlar va keyinchalik charchash bilan bog‘liq bo‘lgan mashqlarni berish tavsiya etilmaydi. Bu paytda umumiy charchashning oldini olishga eng ko‘p yordam beradigan mashqlar, harakatli o‘yinlar va har xil estafetalarni o‘tkazish kerak.
6. Takomillashtirish va mustahkamlash darslari bo‘lsa, oralarini ochib-uzib qo‘yish mumkin. Masalan: ++++ ++ ++
Bu hujjat 1, 2 va 3-hujjat asosida tuziladi. Unda quyidagi uslubiy tavsiyalarga rioya qilish zarur:

  1. Shu chorakda o‘tkaziladigan o‘quv materiallarini yozib olish.

  2. Shu sinf dasturini o‘rganib chiqish.

  3. Uslubiy adabiyotlarni o‘rganib chiqish.

  4. Ish rejasini darsning tayyorgarlik va asosiy qismiga tuzish.

  5. Har bir o‘quv materialiga aniq vazifalar qo‘yish.

  6. Darsning bilim berish vazifasini qo‘yish.

  7. Jismoniy sifatlarni tarbiyalash va irodaviy tayyorgarlikni tarbiyalash vazifalarini qo‘yish.

  8. Sog‘lomlashtirish vazifasini qo‘yish: a) alohida mushak guruhlarini mustahkamlash; b) to‘g‘ri nafas olish ritmini tarbiyalash, so‘ng shu vazifalarni hal etish yo‘llarini belgilash, har bir mashq uchun maxsus va yondashtiruvchi mashqlani tanlash.


Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin