II.BOB.O‘qituvchi tuzib chiqadigan rejalashtirish hujjatlari 2.1.Jismoniy tarbiya bo‘yicha maktab dasturining tahlili O‘qituvchi jismoniy tarbiya va sport turlari bo‘yicha aholi turar joyi va maktab an’analarini o‘rganadi hamda o‘quv-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish yo‘llarini belgilaydi.
O‘qituvchi tuzib chiqadigan rejalashtirish hujjatlari O‘qituvchilarning ko‘p yillik ilg‘or tajribasi shuni ko‘rsatadiki, jismoniy tarbiya darslariga qo‘yiladigan vazifalarni samarali yechish uchun rejalashtirishning muayyan tizimini yaratish zarur. Bu tizim qator rejalarning mantiqiy bog‘langan yetukligini ifodalaydi, ulardan har biri jismoniy tarbiya jarayonining maqsadga muvofiqligini ifodalashga imkon beradi. Bu tizim o‘quv-tarbiya ishining bir yillik dasturi bo‘limlari, o‘quv vaqtlari hamda o‘quv materiallarini har dars va choraklarga taqsimlash yillik jadvalini, ish rejasini va dars konspektlarini o‘z ichiga oladi.
Jismoniy tarbiya bo‘yicha maktab dasturining tahlili
Jismoniy tarbiya va ta’lim mazmunining uslubiy asosi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan jismoniy tarbiya dasturida belgilab berilgan.
Dastur bo‘limlarini o‘tish uchun o‘quv vaqtining taxminiy taqsimoti quyidagi jadvalda aks etgan: