Css darsliklari



Yüklə 3,21 Mb.
səhifə2/3
tarix07.08.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#128661
1   2   3
Yuldashev Elyorjon Erkinjon o‘g‘li



Mundarij



KIRISH 4
I BOB.WEB SAYTNI ISHLAB CHIQISHDA NAZARIY………………….4 MA’LUMOTLARNI O’RGANISH…….........……………...…………..…….6
1.1. HTML va CSS haqida tushuncha 6
1.2. JavaScript dasturlash tili 9
1.3. Web sayt yaratishda mashxur frameworklar…….…………………………13
II BOB. PORTFOLIO WEB SAYTINI ISHLAB CHIQISH…….………...16
2.1. Web sayt strukturasi 13
2.2. Web sayt yaratilishi va maqsadlari 15
XULOSA 21
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 22
ILOVA 23


KIRISH
Hozirgi kunda axborot texnologiyalari shu qadar jadallik bilan rivojlanmoqdaki, hayotimizdagi har bir sohada uchratishimiz mumkin. Bu yaxshi, albatta, biz har birimiz bu texnika-texnologiyadan foydalanib yumushlarimizni tez va oson bajarishimiz mumkin. Zamonaviy axborot texnologiyalarining asosiy yo‘nalishlaridan biri axborot tizimlarini loyixalash bo‘lib, asosan foydalanuvchilarning masalalarini yechishdan iborat. Axborot kommunikatsiya texnologiyalarining keskin rivojlanishi natijasida ularni turli soxalarda ishlatish imkoniyatlari paydo bo‘lmokda.
Ta’lim jarayonida kompyuter texnologiyalaridan samarali foydalanish, uni avtomatlashtirish, resurslarni to‘plash va markaziy xolda foydalanuvchilarga qulay xizmatlar ko‘rsatish, qarorlar qabul qilishga takliflar berish albatta mavjud axborotlarni qayta ishlash uslub va texnikalariga bog‘liq bo‘ladi.
Ta’lim tizimidagi islohotlarni amalda joriy qilishda o’qitishning ilg’or pedagogik texnologiyalarini qo’llash asosida talabalarga jahon andozalardagi bilim, ko’nikma, malakalarni shakllantirish o’quv jarayonini moddiy – texnika va axborot bazasi bilan ta’minlash yuqori darajali malakali kadrlarni tayyorlash sifatli o’quv – uslubiy, ilmiy hamda didaktik materiallar yaratish, ta’lim tizimi fan va ishlab chiqarish o’rtasida o’zaro samarali aloqadorlik o’rnatish, ta’limning dolzarb masalalardan hisoblanadi .
Sayt – bu bitta domen nomidan foydalanadigan, bir-biriga bog’langan web-sahifalar to’plami. Web-saytlar shaxs, guruh, korxona yoki tashkilot tomonidan turli maqsadlarda yaratilishi mumkin. Barcha ommaviy web-saytlar butun dunyodagi internet to’rini tashkil qiladi.
Oddiy qilib aytganda, sayt – bu Internetda joylashgan, ba’zi ma’lumotlarni (matn, video, fotosuratlar, hujjatlar, musiqa va hk) o’z ichiga olgan manzil. Internet esa ushbu manzillar to’plamidir.

Kurs ishi dolzarbligi. “Portfolio” web saytiga ega bo’lish dasturchiga mijoz bilan bog`liq muammolarni oldini olishga imkon beradi. Xususan quyidagilar:

  • Bu sayt asosan dasturchi uchun vazifa va talablarni oldindan belgilab olish va mijoz bilan aloqani yaxshilaydi.

  • Foydalanuvchilar bu sayt orqali o`zlari xohlagan dasturlari va dasturlashga oid bo`lgan savoolariga javob olishlari mumkin.

  • Sayt orqali mijozlar ishlash qobilyati oshadi.

Kurs ishining maqsadi. Dasturchi va mijozlarning o`zaro ishlash qobilyatlari tajribalari va ko`nikmalarini oshirish maqsadida yaratilgan .Bu dasturchi uchun mijoz talab va hohishlarini oldindan aniq qilib olish uchun qulay.
Kurs ishi vazifasi. Kurs ishini bajarish uchun quyidagi vazifalar qo‘yildi:

  • “Portfolio” web saytni yaratish uchun zarur bo’lgan web texnologiyalar o’rganib chiqish.

  • “Portfolio” web saytini ishlab chiqishda foydalaniladigan dasturiy vositalar bilan ishlashni o‘rganish.

  • “Portfolio” web sayt yaratish maqsadida yaratilayotgan web sayt tarkibini ishlab chiqish.



Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin