yig‘ish va uning sifati: Suv qalampir yer usti qismini gullash davrida tayyorlanadi, pichoq yoki o„roq bilan tuproq yuzasidan 10-20 sm
balandlikda kesiladi.
Katta hajmdagi zich o„sgan maydonlarda
o„simlikning oldin
begona o„tlardan tozalanib, keyin o„rib olinadi. Yig„im davrida suv qalampirini saqlab qolish uchun har 10 m2 maydonchada bu o„simlikning bir nechta tupini urug„idan ko„payishi uchun qoldirish kerak. Yig„ilgan xom ashyo ochiq havoda, ayvon ostida quritiladi, yupqa qatlam qilib yoyiladi va tez-tez aralashtirib turiladi. Sekin quriganda, o„simlik qorayadi. Quritgichda 40-500C haroratda quritish yaxshiroq. Quruq xom ashyoning chiqishi 20-22% ni tashkil qiladi. Quruq o„tlarni presslab, qoplar yoki toylarga solinadi. Tokcha va stellajlarda quruq, yaxshi havo aylanadigan xonalarda saqlanadi. Davlat farmakopeyasi talablariga ko„ra, suv qalampir xom ashyosi turli xil rivojlanish darajasidagi mevalari bilan uzunligi 30-45 sm bargli gul poyalardan iborat. Hidi yo„q. Ta’m biroz achchiq. Yangi xom ashyo quritish paytida yo„qoladigan o„tkir (qalampir) ta’mga ega. Namlik 14% dan oshmaydi. Xom ashyo tarkibida jigarrang, qoraygan qismlari 2% dan, maydalangan qismlar, shu jumladan, to„kilgan barglar, gullar, mevalar 10% dan, organik aralashmalar, shu jumladan, suv qalampirining yaqin turlari 3% dan, mineral aralashma 0,5% dan oshmasligi kerak. Kulning umumiy miqdori 8% dan oshmasligi kerak. Xom ashyoning yaroqlilik muddati 2 yil.
Kimyoviy tarkibi: Suv qalampirining tarkibida 2,5%
flavonoidlar (rutin, kversitrin, giperozid, qversitin, ramnazin, kempferol, miritsetin, izoramnetin, lyuteolin), taninlar (3,8%), organik kislotalar (chumoli, sirka, valerian), K, A, D, E, C vitaminlari, efir moylari mavjud. Polisaxaridlarning yuqori miqdori 10% ni tashkil qiladi, asosiy tarkibiy qismini galakturon kislotasi va ramnoza, shuningdek, galaktoza, glyukoza, mannoza, arabinoza, ksiloza kabi
monosaxaridlar tashkil etadi. Polisaxaridlar pektin moddalari sinfiga kiradi.
Dostları ilə paylaş: |