O‘sish joyi va tarqalishi: Pista tabiiy ravishda O„rta Osiyoning tog„ qiyaliklarida (Qirg„iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O„zbekiston), Eronning shimoli-sharqida, Suriyada va Afg„oniston shimolida o„sadi. Iqlim sharoitida o„xshash bo„lgan mamlakatlarda ko„plab yetishtirilmoqda. Pista tog„ oldi va quyi tog„ mintaqasining mayda zarrali, toshli va qoyali qiyaliklarida asosan (dengiz satxidan 700-800 dan 1500-1700 m balandikda), efemeroidli o„tloqlar mintaqasida uchraydi. Ba’zan janubiy qiyaliklaming daraxt va buta o„simliklar jamoalarida uchratish mukun. Xom ashyoni tayyorlash va uning sifati:Pista mevalari iyul-sentyabr oylari davomida pishib yetilgandan so„ng yig„ib olinadi. Yangi yig„ib olingan pista mevalarining foydasini maksimal darajala saqlash uchun plastmassa idishlarda yoki qoplarga joylashtirilib, ishlab chiqarishga yuboriladi. U yerda yangi terilgan pistalardan moy olinadi (uch oydan ortiq saqlanmaydi), qovuriladi va tuzlanadi. Qovurilgan va tuzlangan pistalarning saqlash muddati 2 yil. Yangi terilgan pista besh oy vaqt davomida o„zining xushbo„y hidi va ta’mini saqlab qoladi. Pista quruq va qorong„u joyda saqlanadi. Buzg„un (shishlar) xom ashyosi qo„l bilan yig„iladi, bunda shishlar barglardan terib olinib, ular barg qoldiqlaridan tozalanadi. Bir tup daraxtdan taxminan 50 kg buzg„un xom ashyosini olish mumkin, shundan 25 kg ga yaqin quruq xom ashyo qoladi. U uch yildan ko„p bo„ lmagan vaqtda namlik darajasi past, havo yaxshi aylanadigan xonada saqlanadi. Quruq xom ashyoni plastik idishlarda yoki mato qoplarida qadoqlash mumkin. Kimyoviy tarkibi:Pistaning meva qobig„iga umumiy og„irligining 48,6-52,7 % ni, mag„zi esa 47,3% dan 51,4% ni tashkil qiladi. Mag„zining kimyoviy tarkibi (%): suv - 7,4, azotli moddalar - 18,44 (shu jumladan oqsillar 17,43), yog„lar 54,63, kletchatka - 4.61, pektozonlar - 1,98, kul - 3,32. Bargida oshlovchi moddalar (20% gacha) mavjud bo„lib, shiralar faoliyati natijasida vujudga kelgan shishlar tufayli ularning miqdori 30-45 % va hatto 50% gacha ko„tariladi. Pista poyasini kesish tufayli smola ajraladi, undan pinen saqlovchi efir moyi olinadi. Barglarda tahminan 0,01% efir moyi mavjud. Pistaning yog„li moyi qurimaydigan yuqori sifatli moylar toifasiga kiradi. Uning tarkibida olein glitseridlari (54-62.8%), linolen (17%) va to„yinmagan kislotalar (20%) mavjud. Barg buzg„unlari tarkibida 30-50 % tanin mavjud bo„lib, ular texnik va tibbiyot tanini ishlab chiqarishda ishlatiladi.