D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə67/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   163
Saqlash: Quruq va salqin joyda saqlanadi, yaroqlilik muddati 2 yil.
Foydalanish: O„simlik ildizidan seskviterpen spirtlarining
murakkab efirlarini tabiiy aralashmasi bo„lgan tefestrol preparati olinadi. Bu estrogen xususiyatga ega va ginekologiyada
tuxumdonlarning gipofunksiyasi, amenoreya, bepushtlik kasalliklari hamda klimaksda qo„llaniladi. Terpenoidlar estrogen ta’sirga ega. Ularning asosida estrogen ta’sirga ega «penaferol» preparati yaratilgan. Mevasining ekstrakti saratonga qarshi in vitro ta’sirga ega.
Anjir - Ficus carica L.
(Смоковница обыкновенная (инжир))


O'simlik tavsifi: Anjir daraxti - Moraceae oilasiga kiruvchi buta yoki
katta bo„lmagan daraxt, balandligi 15 m, yo„g„on, novdalari kam shoxlangan. Barglari yumaloq, yirik, 3-7 bo„lakli, kamroq hollarda butun, uzunligi 15 sm gacha va eni 12 sm, ustki qismi to„q yashil, qattiq dag„al, ostki qismi kulrang yashil, yumshoq tukli, uzun qalin bandlari bor. Gullari noksimon shakldagi etli shishgan ichi bo„sh to„pgulning ichki qismida joylashgan, ularning yuqori qismida teshiklari bor. Changchi gulli to„pgullarda asosan changchi gullari rivojlanadi, uch a’zoli gulqo„rg„on va uchta changchidan
iborat, bu to„pgullarda urug„chi gullari bo„lsa ham rivojlanmagan holatda mavjud. Urug„chi gulli to„pgullarda, buning aksicha, changchi gullari qipiqgacha qisqargan, faqat urug„chi gullari rivojlangan, besh a’zoli gulqo„rg„on va urug„chidan iborat. Mevasi yong„oqcha, to„pmevaning to„qimasiga qo„shilib o„sgan, sariq yoki binafsha-qora rangda, pishib yetilganda bo„yi 8 sm va diametri 5 sm bo„ladi.
Tibbiyotda anjir barglaridan sanoatda psoberan preparatini ishlab chiqarishda ishlatiladi.
O'sish joyi. Tarqalishi: Anjir - qadimiy o„simliklardan biri hisoblanadi. O„rta Osiyo davlatlari ichida Turkmaniston anjir yetishtirishning qadimgi geografik joylari deb hisoblanadi. O„zbekiston va Tojikistonda XV-XVI asrlarda anjirni madaniylashtirilgan. Hozirgi vaqtda MDH mamlakatlarida madaniy holda ushbu o„simlik Ozarbayjon, Gruziya, Armaniston, Dog„iston, Krasnodar o„lkasi, Qrim,


Turkmaniston, O„zbekiston va Tojikistonda keng tarqalgan. Sanoatbop
madaniy anjirning istiqbolli o„sish
joylarii Ozarbayjon, Gruziya va
Turkmanistonning subtropik zonasi,
shuningdek, Qrimning janubiy qirg„oqlari hisoblanadi. Anjir
qalamchalar yordamida ko„paytiriladi.
Qalamchalar mevali
daraxtni bir yillik novdalaridan olinadi. Eng yaxshi vaqt kuz oyi hisoblanadi. Anjir daraxti sovuqqa chidamsiz, bu uni ko„plab yangi hududlarda ekishga to„siqlik qiladi. Bu o„simlikni qishgi harorat qisqa muddatga ham - 150C ga tushmagan hududlarda sovuq urmaydi
(alohida navlari qisqa muddatli sovuqlarga - 200 C ga chidamli, ammo ularning yer usti qismini sovuq uradi). O„zbekiston hududida anjir Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarining ayrim hududlarida yovvoyi holda uchraydi. Tog„li hududlarda dengiz sathidan 600 m dan 1900 m gacha bo„lgan balandlikda o„sadi, ko„pincha janubiy yonbag„irlarda, daryolarning yuqori qismida chakalaklar hosil qiladi.
Odatda, totum, unabi, pista, bodom, do„lana va o„simliklar bilan birgalikda uchraydi. Bir tup anjiming o„rtacha barg hosildorligi 12,8 kg, bu 2,45 kg quruq xom ashyoni beradi.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin