Kimyoviy tarkibi: Gullardan ajratilib flavonoidlar - izogelixrizin, naringenin, epigenin, kempferol, kversetin, kumarinlar, sterinlar, efir moyining izlari, vitaminlar, shiralar, taninlar va bo„yoqlar aniqlandi. O„lmaso„tining to„pgullar qaynatmasi yoki damlamasi o„t haydovchi, siydik haydovchi va yengil ich suradigan vosita sifatida ishlatiladi. Kamroq hollarda o„lmaso„ti preparatlari istisqo va ba’zi teri kasalliklarida qo„llaniladi. Tibbiyotda qo'llanilishi:Tibbiy amaliyotda o„lmaso„tining gullarini (qaynatma, suyuq ekstrakti va quruq konsentratlar) preparatlari surunkali xoletsistit va gepatitda o„t haydovchi vosita sifatida ishlatiladi. O„t haydovchi yig„ma va choylar tarkibiga kiradi. Flamin preparati - quruq Qumli o„lmaso„tining quruq ekstrakti tarkibida flavonlar saqlab, tabletkalar shaklida (0,05 g) ishlab chiqariladi va surunkali xoletsistit, gepatoxoletsistit kasalliklarida ishlatiladi. Xalq tabobatida o„lmaso„tining gullarini damlamasi jigar va o„t pufagi kasalliklarida, shuningdek, oshqozon-ichak trakti kasalliklarida - oshqozon og„rig„ida va ishtahani ochishda ishlatiladi. Ma’lumki, Samarqand o„lmaso„ti eng istiqbolli va qimmatli dorivor o„simliklardan biri bo„lib, uning xom ashyosiga talab doimiy ravishda o„sib bormoqda. Ammo mavjud tabiiy resurslar bu ehtiyojni qondira olmaydi. Shu sababli, hozirgi vaqtda Samarqand o„lmaso„tini madaniylashtirish borasida jiddiy muammo paydo bo„ldi. Bu o„simlikni yetishtirish katta va chuqur ilmiy-amaliy ishlanmalarni talab qiladi. Hozirda yillik yig„ish mumkin bo„lgan xom ashyosi 1 tonnadan oshmaydi. Mikroskopiya:Helichrysum maracandicum ning bargi, poyasi va gullarini morfologik va anatomik tadqiq qilish asosida diagnostik belgilar aniqlandi. Unga ko„ra, asosan, savatchadagi chetki va o„rta gullarining o„rama bargini yuzasida (o„rta qismida), tojbarg naychasining yuqorigi qayrilgan qismida, qisman uning yuzasi va naychasida bezli tukchalarning joylashganligi bu tur uchun xos bo„lgan belgi hisoblanadi. Bundan tashqari, efir moyli kiritmalar barg mezofillida donchalar shaklida uchrashi qo„shimcha diagnostik belgi bo„lib, turdan xom ashyo sifatida to„pgulidan tashqari bargidan ham foydalanish mumkinligini ko„rsatadi. Chakanda -Hippophae rhamnoides L.
Облепиха крушиновидная