43
Ayrim shevalarda, xususan, Namangan shevasida [r] turg‘un holatga ega emas,
chunki ba’zan talaffuzda tushib qoladi yoki assimilyatsiyaga uchraydi.
1
[R]
fonemasi fakultativ-sporadik ravishda quyidagicha o‘zgarishga ega
bo‘ladi:
r>y: ro‘mol > yl. Yom l.
ro‘para > and. yepere
r>l: anjir > jl.endjil
zarar > yl.zelel
karidor > kal’dor
devor > toshk.devel || nam.devel || and.duvol
r>d: bayroq > djl.baydaq.
Ayrim o‘rinlarda [r] progressiv va regressiv assimilyatsiyaga uchraydi:
marta > jl.mette
o‘rni > onnы
surnay > sunney
ertasiga > marg‘.etten’s’ge
zanjir > zendj’l
chorvadorlar > charvadallar
Y-lovchi shevalarda [r>y] almashinuvi uchraydi:
ro‘paramda > yoperemde (nam).
ro‘mol > yomel (toshk).
bir > bi:r > biy (qorabuloq)
2
Namangan shevasida sporadik ravishda [r>v] hodisasi uchraydi:
duradgor > duvedgor.
Ayrim o‘rinlarda [r] tushishi mumkin:
Jl. tekre qo‘lo‘p < takror qilib
aylo‘g‘ elado‘m < oylik olar edim
turgan > to‘g‘an, beratыg‘an.
Bu hodisani y-lovchi shevalarda ham kuzatish mumkin:
dasturxon > destexon
qirqta > q’xte
charx > chex
charm > chem
barg > bey.
Dostları ilə paylaş: