tovush kuchi deyiladi. Boshqacha
aytganda, to‘lqinning paydo bo‘lgan o‘rni bilan uning pastga tushgan o‘rni o‘rtasidagi
kenglik tovush kuchini ko‘rsatuvchi faktordir. Akustikada tovush to‘lqinining
balandlik va kenglik ko‘lami amplituda (grekcha acustikos, eshitilish demakdir)
deyiladi. Odatda amplitudaning ko‘lami qancha katta, keng va baland bo‘lsa, tovush
kuchi shunchalik ko‘p bo‘ladi. Tovush kuchi nutqda nutq protsessining holati va
urg‘u bilan bog‘liq bo‘ladi. Odatda, so‘zda urg‘u tushgan tovushlar kuchli,
urg‘usizlar esa kuchsiz tovushlar hisoblanadi.
Shu bilan birga, har bir tovushning kuchini belgilashda uning nutq jarayonida
aytilish holati ahamiyatlidir. Lekin teng kuchga ega bo‘lgan tovushlarda ham shovqin
har xil bo‘lishi mumkin. Bu tovushning balandligiga bog‘liq. Tovushning balandligi
qancha yuqori bo‘lsa, uning shovqini shunchalik baland bo‘ladi. Lekin tovushning
asosiy xususiyatini (intensivligini) uning kuchi belgilaydi. Og‘iz bo‘shlig‘ining
maksimal shovqin chiqarish imkoniyatiga ko‘ra
i tovushi eng kuchli tovush
hisoblanadi.
A tovushi esa bu jihatdan eng kuchsiz tovushdir. Chunki og‘iz bo‘shlig‘i
a ni talaffuz qilganda
i ga nisbatan keng ochiladi, havoning chiqish kuchi kamayadi.
Lekin og‘iz bo‘shlig‘ining
a tovushi nutq protsessida qo‘llash imkoniyati
i tovushining imkoniyatiga nisbatan ancha qulay. Shunga ko‘ra odatdagi nutq
protsessida
a tovushi
i tovushiga nisbatan ko‘proq kuch bilan qo‘llanadi. Lekin nutq
protsessida tovushlar maksimal shovqin asosida emas, balki tabiiy nutq zarurati
darajasida ifodalanadi. Chunki maksimal shovqin holatida nutq tovushlari asosiy
xususiyatini yo‘qotadi. Bu jihatdan qaraganda ham
a tovushining talaffuzi