e ___ ϵ Quyi ko‘tarilish
Ǝ a, ᴐ Demak, unlilarning turli variantlarini berish uchun transkripsiyada 15 ta belgi
olingan. Bu belgilar orqali o‘zbek dialekt va shevalarida uchraydigan unli
fonemalarni ifodalash mumkin.
Ayrim transkripsiya belgilarining ma’no variantlari. Unli tovushlar uchun
belgilar quyidagi ma’no o‘zgaliklari bilan qabul qilinadi:
a - umumturkiy orqa qator, singarmonizmni saqlagan barcha o‘zbek dialekt va
shevalariga xos unli, singarmonizmni yo‘qotgan shevalarda esa turli o‘zgaliklarga
ega. Rus tilidan o‘lashgan so‘zlarda, rus tilidagi
a tovushiga mos keladi.
ǝ - oldingi qator, lablanmagan
a unlisi; o‘zbek dialekt va shevalarining
ko‘pchiligida uchraydi, masalan, Marg‘ilon, Andijon ǝkǝ // Toshkent ᴐkǝ kabi.
ᴐ - orqa qator, lablanmagan
a tipidagi ochiq unli tovush o-lovchi o‘zbek
shevalarida keng tarqalgandir, masalan,
Toshkent, Marg‘ilon , ᴐtǝ, bᴐlǝ //
Qo‘qon bǝlǝ
kabi.
A - lovchi o‘zbek shevalarida bu tovush o‘zbek adabiy tili va o-lovchi
shevalarning ta’sirida tarqala boshladi.
e - oldingi qator, lablanmagan, tor unli tovush bo‘lib, o‘zbek shevalarinig
ko‘pchiligiga xos. O‘zining akustik (eshitilish) va artikulyatsion xususiyatlariga ko‘ra
rus tilidagi undoshdan keyin keladigan ye yoki so‘z boshida keladigan
e harfi bilan
ifoda etiladigan
seno (pichan),
eti (bular) so‘zlaridagi kabi tovushga to‘g‘ri keladi. Bu
tovush mavjud o‘zbek orfografiyasida so‘z boshida keladigan
yo lashgan unli ye