D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi


II Undoshlarning o‘zgarishi



Yüklə 1,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/75
tarix14.12.2022
ölçüsü1,31 Mb.
#120973
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   75
2.10. ozbek tili fonetikasi

II Undoshlarning o‘zgarishi 
O‘zbek tilida assimilyativ o‘zgarishlar 
Yodda tuting! 
Assimilyatsiya turkiy tillarda, xususan, o‘zbek tilida keng tarqalgan hodisa 
bo‘lib, nutqning moddiy zanjirida, ya’ni tovushlar ketma-ketligida ma’lum bir 
1
Ғуломов А. Ўзбек тилида урғу. -Тошкент, 1947.


84 
belgiga ko‘ra ikkita noo‘xshash undoshning so‘zlovchining talaffuz qulayligiga 
intilishi tufayli o‘xshash undoshga aylantirilishidir. Ko‘rinadiki, muayyan leksema 
tarkibida ma’lum belgi asosida zidlanuvchi ikki undosh talaffuz noqulayligini 
bartaraf qilish harakati tufayli zidlanish belgisini yo‘qotadi, bir xil undoshlarga 
aylanadi. Natijada leksemaning og‘zaki so‘zlashuv varianti – uslubiy varianti 
maydonga keladi. Masalan, tarnov- tannov, shirmoy non- shirmonnon, badtar- 
battar kabi. 
 
Metateza 
Metateza har qanday tilning ham diaxron, ham sinxron holati uchun 
mansubdir. Bunday holatdan o‘zbek tili ham mustasno emas. 
O‘zbek tilida metateza shu tilning ikki davr oraliѓidagi leksema nomemasining 
o‘zgaruviga olib kelishi mumkin. Masalan, o‘granmoq- o‘rganmoq, yog‘mir-yomg‘ir. 
Shu bilan birgalikda, metatezaga uchramagan variant ham hozirgi kunda ayrim 
o‘zbek dialektlarida saqlanayotgan bo‘lishi mumkin. Bu esa tarixiy va dialektal 
variantlarning farqlanishiga olib keladi. 
Tarixiy variant tarixiy mavzuga baѓishlangan badiiy asarlar tilida uchraydi. Bu 
esa uning uslubiy variantga aylanishiga yo‘l ochadi. 
Shu bilan birgalikda, o‘zbek tilining hozirgi holatida qo‘llaniluvchi metateza 
yordamida hosil bo‘lgan leksema nomemasining variantlari mavjud. Masalan, daryo-
dayra, faryod-payrad, tuproq- turpoq, to‘g‘ramoq-to‘rg‘amoq, kirpik-kiprik va 
boshq. 
Bularning barchasi leksema nomemasining ma’lum uslubga xoslangan 
variantlaridir. Birinchisi kitobiy uslubga, ikkinchisi esa og‘zaki so‘zlashuv uslubiga 
mansubdir. Shu bilan birgalikda ayrimlari fakultativ variantlarni ham hosil qiladi. 
Masalan, qo‘shni-qo‘nshi, qamramoq-qarmamoq
Metateza har qanday tilning ham diaxron, ham sinxron holati uchun 
mansubdir. Bunday holatdan o‘zbek tili ham mustasno emas. 
O‘zbek tilida metateza shu tilning ikki davr oralig‘idagi leksema 
nomemasining o‘zgaruviga olib kelishi mumkin. Masalan, o‘granmoq- o‘rganmoq, 
yog‘mir-yomg‘ir. Shu bilan birgalikda, metatezaga uchramagan variant ham hozirgi 
kunda ayrim o‘zbek dialektlarida saqlanayotgan bo‘lishi mumkin. Bu esa tarixiy va 
dialektal variantlarning farqlanishiga olib keladi. 
Tarixiy variant tarixiy mavzuga bag‘ishlangan badiiy asarlar tilida uchraydi. 
Bu esa uning uslubiy variantga aylanishiga yo‘l ochadi. 

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin