D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/97
tarix07.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#124927
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   97
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

 
 
 
 


56 
IMOM AL-BUXORIY 
(810-870) 
Imom al-Buxoriy Buxoro shahrida tavallud topgan. Uning otasi 
Ismoil o‘z davrining ilmli odamlaridan bo‘lgan. Ammo yoshligidayoq 
otasi vafot etib, onasi tarbiyasida o‘sgan. Ustozi Shayx Dohiliy bilan hadis 
rivoyatchilari haqidagi qizg‘in bahsda qatnashgan.
Imom al-Buxoriy o‘zining go‘zal xulq-atvori, odamoxunligi, zehni 
o‘tkirligi, beqiyos saxovatliligi bilan boshqalardan ajralib turgan. 
Manbalarda al-Buxoriyning 600 mingga yaqin hadisni yod bilgani qayd 
qilingan.
Imom al-Buxoriy avlodlarga boy va qimmatli ilmiy meros qoldirgan 
bo‘lib, u yozgan asarlarning soni yigirmatadan ortiqdir. Buyuk allomaning 
eng muhim asari, shubhasiz «Al-jome’ as-sahih»dir.
Al-Buxoriyning bu asariga kiritilgan ishonchli hadislarning soni 
takrorlanadiganlari bilan birga 7275 ta bo’lib, takrorlanmaydigan holda esa 
4000 hadisdan iborat.
1974 yilda allomaning 1200 yillik yubileyi nishonlangan edi (107 ta 
so’z). 
 
VAQTING KETDI -BAXTING KETDI 
Bir dehqon qo‘sh haydab turgan edi. Ittifoqo uning dalasi yonidan bir 
hukmdor o‘tib qoldi. U dehqonga: «Hormang!» dedi. Dehqon 
eshitmaganga olib: «Xo‘sh, jonivor!» deb ho‘kizlarini qaytarib, yerini 
haydayverdi. 
Hukmdor ikkinchi marta ham «Hormang!» deb ko‘rdi. Bu gal ham 
dehqon bor-yo‘g‘i bosh qimirlatib qo‘ydi. Hukmdor achchiqlanib jo‘nab 
ketdi. Saroyga borib dehqonni tutib kelish uchun mulozimlarini jo‘natdi. 
Ular dehqonni oyog‘ini yerga tegizmay saroyga olib borishdi. 
Hukmdor unga jahl bilan dedi: «Ikki marta «Hormang!» desam ham, 
bir marta «Bor bo‘ling!» deyishga yaramading. Meni mensimadingmi?» 
Dehqon: 
- O‘sha vaqtda yerimning obi-tobi joyida edi. Sizga «Bor bo‘ling!» 
desam vaqtim ketib, yerim tobidan qochardi. Mana, yerimni haydab 
bo‘ldim. Qancha «Bor bo‘ling!» kerak bo‘lsa, olavering. «Vaqting ketdi -
baxting ketdi» degan maqolni eshitmaganmisiz? 
Hukmdor vaqtni qanchalik qadrlashini ko‘rib, dehqonni afv qildi va 
unga tasannolar aytdi (Rivoyat) (130 ta so‘z). 


57 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin