D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/97
tarix07.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#124927
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

SO‘Z BOSHI 
Yoshlarimizning kamolot sari intilib, kelajagimiz vorislari bo‘lib 
yetishishlarida o‘z vaqtida berilgan ta’lim-tarbiyaning o‘rni beqiyos 
ekanligi ma’lum. Shu maqsadda ularga umuminsoniy va milliy 
qadriyatlarni o‘rgatamiz, dunyoviy bilimlarni o‘qitamiz. Ammo eng 
muhim vositani – bularning barchasi til, nutq orqali amalga oshirilishini 
ko‘pincha e’tibordan qochiramiz desam xato qilmagan bo‘lamiz. Zotan, 
inson o‘z ajdodlari tomonidan unga meros qilib qoldirilgan barcha 
bilimlarini yozuv, til vositasida o‘zlashtiradi, so‘ngra to‘plangan bilimlar, 
ma’lumotlarni hayot tajribalari bilan boyitib, keyingi avlodga qoldiradi. 
Shunday ekan, ona tili darslarida to‘g‘ri va savodli yozishga o‘rgatish 
muhimdir. Ona tili o‘qitishning markazida grammatik nazariya emas, balki 
nutqiy ko‘nikma va orfografik malaka hosil qilish turadi. 
«Davlat tili to‘g‘risida»gi, «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunlarning qabul 
qilinishi va «O‘zbek maktablarida ona tili ta’limi konsepsiyasi» talablari, 
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-sonli “Umumiy o‘rta 
ta’limning Davlat ta’lim standarti” to‘g‘risidagi qarori Xalq ta’limi 
tizimining barcha bo‘g‘inlarida ta’lim-tarbiya berish jarayoni davr ruhi 
bilan uyg‘unlashgan, o‘zida milliy va mintaqaviy xususiyatlarni mujassam 
etgan o‘quv-metodik adabiyotlar majmuasini yaratish ehtiyojini yuzaga 
keltirdi.
«O‘zbek maktablarida ona tili ta’limi konsepsiyasi»ning bosh 
maqsadiga ko‘ra, ona tili mashg‘ulotlari ta’lim oluvchida ijodiylik, 
mustaqil fikrlash malakalarini chuqurlashtirib, ijodiy fikr mahsulini nutq 
sharoitiga mos ravishda og‘zaki va yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon 
ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirishga va rivojlantirishga qaratilmog‘i 
kerak. Bu muhim vazifani amalga oshirishda ona tili ta’limi jarayonida 
tashkil etiladigan turli yozma ishlar, xususan, diktantning o‘ziga xos o‘rni 
bor. 
Ma’lumki, diktant yozish malakasi boshlang‘ich sinflardan 
shakllantirilib boriladi. Yuqori sinflarda bu ko‘nikma va malakalar 
takomillashtirilib boriladi.
Mavjud 
metodik 
adabiyotlarda 
keltirilishicha, 
diktant 
matni 
pedagogika hamda tilshunoslikning quyidagi talablariga javob berishi 
lozim: 
1. Matn mazmuni o‘quvchilar saviyasiga mos, g‘oyaviy-badiiy 
jihatdan yuksak bo‘lishi zarur. Agar matnda ma’nosi qiyin so‘zlar, so‘z 
birikmalari, jumlalar bo‘lsa, yaxshisi, ularni almashtirish lozim. 



Ayrimlarini esa diktantni boshlamasdan avval tushuntirib, doskaga yozib 
ko‘rsatish mumkin. 
2. Matnda o‘tilayotgan yoki takrorlanayotgan qoidaga mos so‘zlar, 
so‘z birikmalari, gaplar yetarli bo‘lishi lozim. Matnga kiritilgan 
orfogrammalar teng joylanishi zarur. Ko‘pincha o‘quvchilar diktant 
boshida va oxirida ko‘p adashadilar. Shuning uchun matn tanlashda uning 
oxirida qiyin orfogrammalarning mumkin qadar kamaya borishiga e’tibor 
berish ma’qul. 
3.Matnda oldingi yozma ishlarda xato yozilgan so‘zlar ham bo‘lishi 
mumkin. Har bir diktantda o‘quvchilar uchun yangi so‘z yoki atamalar 
bo‘lsa, bu o‘quvchining lug‘at boyligini kengaytiradi. 
4. Matn badiiy asarlardan, gazeta va jurnallardan tanlanishi, ayrim 
matnlarni esa o‘qituvchining o‘zi tuzishi ham mumkin. «Diktantlar 
to‘plami» o‘qituvchi uchun asosiy qo‘llanmadir. 
5. Matn o‘rniga olingan terma gaplarning mazmuni kontekstsiz ham 
tushunarli bo‘lishi lozim. 
6. 4-7-sinflar uchun tanlangan matnda murakkab qo‘shma gap 
mumkin qadar bo‘lmasligi lozim. 4-sinf uchun 6-8 so‘zli, 5-sinf uchun esa 
8-10 so‘zli gaplar olinishi lozim. 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin