D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/97
tarix07.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#124927
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   97
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

7-SINF UCHUN MATNLAR 
SHARQ ARASTUSI 
Dunyo sivilizatsiyasining rivoji buyuk vatandoshimiz Abu Nasr 
Forobiyning nomi bilan chambarchas bog‘liq. 
Forobiy 
matematika, 
tibbiyot, 
astronomiya, 
kimyo, 
mantiq, 
musiqashunoslik, falsafa va boshqa fanlarga doir 160 dan ortiq ilmiy 
meros qoldirgan. Ammo ularning atigi qirqqa yaqini bizgacha yetib 
kelgan.
Forobiy tarixda Aristoteldan so‘ng «Ikkinchi muallim» yoki «Sharq 
Arastusi» deb e’tirof etilgani ham uning ilmdagi salohiyati, tafakkur 
dunyosi nechog‘liq keng ekanligini ko‘rsatadi. 
Ulug‘ bobokalonimiz yunon falsafasini chuqur o‘rgangan va bu 
ta’limotni o‘z qarashlari bilan yanada boyitgan. Jumladan, Yevropa ahli 
bobomizning ulkan xizmatlari tufayli yunon falsafasidan bahramand 
bo‘lgan. 
Abu Nasr Forobiy juda ko‘p fanlar bo‘yicha yetuk olim hisoblangan. 
Xususan, u IX asrdayoq o‘zining «Yulduzlar haqidagi qoidalardan nima 
to‘g‘ri va nima noto‘g‘riligi haqida» asarida Oyning tutilishi Yerning 
Quyosh bilan Oy o‘rtasiga tushib qolishiga bog‘liqligini isbotlab bergan. 
(122 ta so’z). 
YANGI YIL BAYRAMI 
Bayram – muhim tarixiy voqea, hodisa sharafiga shodlik, rasmiy 
tantana o‘tkazish uchun belgilangan muborak kun. Bunday muborak 
kunlar xalq tomonidan quvonch, shodlik, tantana, o‘yin-kulgi bilan kutib 
olingan, tantanavor nishonlangan.
Har bir xalqning asrlar davomida shakllangan, ardoqlab-
e’zozlaydigan o‘ziga xos bayramlari, tantanalari, an’analari bo‘ladi.
Rim imperatori Yuliy Sezar kalendari bo‘yicha Yangi yilni nishonlash 
bizda bir asrdan ko‘proq tarixdan yetib kelgan. Aslida bu bayram 
miloddan oldingi 46-yildan beri nishonlanib kelinadi. Uzoq vaqtlardan beri 
davom etib kelayotgan an’analarga muvofiq yangi yilni kutib olish uchun 
archa va u o‘rnatilgan bino bezatiladi, rang-barang elektr chiroqchalari 
bilan o‘raladi. Dasturxon yozilib, turli taomlar, shirinliklar bilan 
to‘ldiriladi. Tantanaga qorbobo bilan qorqiz taklif etiladi. Bayram 
marosimi tungi soat 24 dan so‘ng – yangi yil kirgach, yana davom 
ettiriladi (116 ta so’z). 


58 
Bayramlar kishilar o‘rtasida mehr-muhabbat, bir-biriga g‘amxo‘rlik, 
o‘zaro hurmat-e’tiborni kuchaytirishda muhim ahamiyatga egadir. (128 ta 
so’z).

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin