3.2 Dars mashg‘ulot ishlanmasini tuzilishi
Tasviriy san’atdan dars mashg‘ulot ishlanmalari psixologikpedagogik,
ilmiy-metodik o‘quv adabiyotlarni chuqur 0‘rganish asosida
va shu bilan birga o‘rta maktabning tasviriy san’at dasturlari doirasida
va o‘quv qo‘llanmalari orqali bajariladi.
Dars mashg‘ulot ishlanmasida quyidagilar bo‘lishi shart:
- darsning turi; - darsning mavzusi; - darsning tipi; -darsning
ta’limiy-tarbiyaviy va rivoj lantiruvchi maqsadlari; - darsning tuzilishi
(qurilishi);
- og‘zaki takrorlash uchun savollar; - o‘quv materialini ketmaketlik
bayoni va uning hajmi; - darsning tushuntirish va
mustahkamlashga ajratilgan vaqti;
- ijodiy xarakterdagi mashqlami sifati va bosqichlari; - mustaqil
ishlarni mazmuni va bajarish usullari; - texnika vositasi va o‘quv
ko‘rgazmali qurollardan foydalanishi.
Konspekt matnini so‘ngida darsga tayyorgarlik ko‘rishda
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ko‘rsatiladi (kitobning muallifi, nomi,
nashr etilgan yili, nashriyoti va hajmi).
Dars mashg‘ulot ishlanmasi illyustratsiyali bo‘lishi mumkin. Unda
sinf taxtasidan, sxemalardan, bosqichma-bosqich bajarilgan tasvirlardan,
o‘quv-buyumlar namunalaridan, o‘quvchilami ijodiy ishlaridan va
boshqalardan foydalanish nazarda tutiladi.
Dars mashg‘ulot ishlanmasini yozishda iloji boricha qog‘oz
varog‘ini o‘ng tomonida ko‘proq joy qoldirish maqsadga muvofiqdir.
Chunki dars muhokamasi vaqtida bildirilgan mulohazalar va takliflar
bilan to‘ldirishlar kiritish mumkin.
Dars mashg‘ulot ishlanmasi tushunarli yozuv bilan yoziladi yoki
yozuv mashinkasida bajariladi. Muqova va titul varaqasi kafedra
tomonidan tasdiqlangan sxema bo‘yicha jihozlanadi. Наг bir talaba o‘z mutaxassisligi bo‘yicha har bir darsni yuqori
darajada o‘gishi uchun dars rejasi va uning ishlanmasini yozishi shart.
Shuning uchun talabalarga yordam (eslatma) tariqasida darsning
mashg‘ulot ishianmasi namunasini keltiramiz.
Dostları ilə paylaş: |