DARSNING MAVZUSI: Samarqand Buxoro Sinf : Sana : Darsning maqsadi: a)ta’limiy maqsad: o‘quvchilarga qadimiy va ulug` shaharlardan bo`lmish Buxoro bilan tanishtirish, yodgorliklari haqida ma`lumot berish;
b)tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarda ilm olishga muhabbat, qadimiy go`zal shaharlarimiz bilan faxrlanish, milliy yodgorliklarimizga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish;
d)rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish, o‘z nutqini turli nutqiy vaziyatlarda erkin ifodalash malakalarini rivojlantirish.
Shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar: O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
- shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish, jismoniy, ma’naviy kamolotga intilish; - o‘zini nazorat qila bilish,halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.
2. Milliy va umummadaniy kompetensiya: - milliy va umuminsoniy qadriyatlarni farqlay olish;
- xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrash.
Fanga oid kompetensiyalar: 1.Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish) 2. Lingvistik kompetensiya (so‘zlarning yozilishi, grammatik vositalarning so‘zlarga qo‘shilishi bilan bog‘liq imlo qoidalarini biladi va ularni nutqda qo‘llay oladi)
Dars turi:yangi bilim beruvchi.
Darsning jihozlanishi va vositalari: “O‘zbek tili ” darsligi, elektron vositalar, video qo`lanma, plakat, taqdimot, boshqotirma, tarqatma materiallar, globus, baholash kartochkalari.
Darsda foydalaniladigan usullar: “Tez top” metodi, “ Aqliy hujum”, “Bo‘sh o‘tirma, bosh qotir” “Kim chaqqon-u kim epchil” .
Darsning borishi. I.Tashkiliy qism : - o‘quvchilar bilan salomlashish;
- sinf xonasi tozaligiga e’tibor berish;
- davomatni aniqlash;
- o‘quvchilarning darsga tayyorligini ko‘zdan kechirish;
- o‘quvchilarni darsga qiziqtirish;
II. O‘tilgan mavzuni takrorlash. uyga vazifa “To‘liq va qisqa javoblar” metodidan foydalanilgan holda so`raladi.
III.Yangi nutqiy mavzu bayoni. Samarqand Buxoro
O`quvchilarga Buxoro haqida ma`lumotlar beriladi, videorolik taqdim qilinadi va darslikdagi ma`lumotlar bilan tanishtiriladi.
Komikslar yuzasidan savol-javob
1. Bir yuz qirqdan ortiq …
2. Bir ming to‘qqiz yuz to‘qson yettinchi yilda …
3. Ikki ming besh yuz yildan ortiq …
Yangi mavzu bilan tanishtirilgach Grammatik qoida tushuntiriladi:
3-mashq. Tinglab tushunish.
Mustahkamlash 4-mashqni “Tez top” metodi orqali bajaramiz. Avvalgi mashqdagi audiodagi ma`lumotlarni to`g`ri topish kerak.
O‘quvchilar bilan o‘tilgan mavzu yuzasidan kichik suhbatdan so‘ng fikrlar umumlashtiriladi.
O‘quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa.Buxoro shahri haqida matn tuzish va materiallar to‘plash.
VII. Darsni yakunlash va o‘quvchilar bilimini baholash.