Dasturlash II 3-hafta mavzu: Ob’yektga yo‘naltirilgan fikrlash uslubi



Yüklə 2,27 Mb.
səhifə1/18
tarix11.11.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#132197
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
D2 maruza-3 Ob’ektga yo‘naltirilgan fikrlash. String sinfi, ob’yektlar massivi




DASTURLASH II


3-HAFTA


Mavzu: Ob’yektga yo‘naltirilgan fikrlash uslubi



Hafta

Mavzu

Mashg‘ulot turi

Soat

Mashg‘ulot mazmuni

3-hafta

Ob’yektga yo‘naltirilgan fikrlash uslubi

Ma’ruza 3

2

Ob’yektga yo‘naltirilgan fikrlash. String sinfi, ob’yektlar massivi.

Lab_3_1

2

String sinfiga doir dastur tuzish.

Lab_3_2

2

Funksiyaga ob’yektlarni argument sifatida uzatishga doir dastur tuzish.

Lab_3_3

2

Ob’yektlar massiviga doir dasturlar tuzish.

Mustaqil ish 3
Ma’ruza 3

2

Topshiriqda berilgan savollarga javob yozish; test topshiriqlarini bajarish.

6

Dastur tuzishga doir topshiriqlarni bajarish

2

Ob’yektga yo‘naltirilgan fikrlash. String sinfi, ob’yektlar massivi.


3-MA’RUZA
Mavzu: Ob’yektga yo‘naltirilgan fikrlash. String sinfi, ob’yektlar massivi.

Reja:

    1. Mavzuga kirish;

    2. string sinfi;

    3. Funksiyaga ob’yektlarni argument sifatida yuborish;

    4. Ob’yektlar massivi;

    5. Nusxa va statik a’zolar;

    6. O`zgarmas a’zo funksiyalar;

    7. Ob’yekt ichida fikrlash;

    8. Ob’yekt kompozitsiyasi;

    9. Amaliy qism: StackOfIntegers sinfi;

    10. Sinf dizayni yo`riqnomalari.


Kalit so‘zlar:

  • aggregation

  • composition

  • constant function

  • has-a relationship

  • instance data field

  • instance function

  • instance variable

  • multiplicity

  • static function

  • static variable



3.1.Mavzuga kirish
Key Point.Ushbu mavzuda sinfniloyihalash, protsedurali dasturlash va ob’yektga yo`naltirilgan dasturlash o`rtasidagi farqni tasvirlab berish maqsad qilingan.
O`tgan mavzularimizda ob’yekt va sinf tushunchalarining muhim ahamiyat kasb etuvchi jihatlari yoritib berilgan edi. Unda biz qanday qilib sinfni aniqlash, ob’yektlarni yaratish va ulardan foydalanishni o`rgandik. Umuman olganda, ushbu dasturlash kurslarimiz ob’yektga yo`naltirilgan dasturlashdan avval masalalarni yechish va fundamental dasturlash tamoyillarini o`rgatishga qaratilgan. Bu mavzumiz protsedurali dasturlashdan ob’yektga yo`naltirilgan dasturlashga o`tish nuqtasi hisoblanadi. Ushbu mavzuni o`rganish orqali ob’yektga yo`naltirilgan dasturlashning afzallik jixatlari hamda uni qo`llash samaradorliklari haqida bilib olish mumkin.
Bu yerda asosiy e’tibor sinf dizayniga qaratilgan. Mavzu doirasida ob’yektga yo`naltirilgan yondashuvning foydali jixatlarini namoyish etuvchi bir nechta misollardan foydalaniladi. Birinchi misol – C++ kutubxonasi taqdim etuvchi string sinfi. Qolgan misollar esa, yangi sinflarni loyihalash va dasturda ulardan foydalanish masalalarini qamrab olgan.Shuningdek, bu mavzuda tilning ba’zi o`ziga xos xususiyatlari hamda ulardan foydalanishga oid misollar bilan ham tanishib chiqamiz.


3.2. string sinfi
Key Point. C++ da string sinfi string turini aniqlaydi. U satrlar bilan ishlashga mo`ljallangan, ko`p qo`llaniluvchi funksiyalardan iborat.
C++ da satrlarga ishlov berishning ikki xil yo`li mavjud. Birinchisi – ularni ('\0') nol terminatori bilan tugallangan belgilar massivi sifatida qarash. Nol terminatori satr so`ngini ifodalaydi va bu C-satrlar uchun muhim ahamiyatli hisoblanadi. Boshqa bir yo`li – satrlarga stringsinfidan foydalanib ishlov berish. Biz C-satrlar funksiyalari orqali satrlarni ifodalashimiz va ularga ishlov berishimiz mumkin, lekin, bunday jarayonlarda stringsinfidan foydalanish osonroq kechadi. C-satrlar orqali ishlov berish dasturchidan belgilar massivda qanday joylashganligini bilishni talab etadi. stringsinfiesa dasturchidan quyi darajadagi joylashuv xususiyatlarini yashiradi. Dasturchi faqat tadbiq etish tamoyillari bilan shug`ullanadi. String turini o`rganganimizda bu tur qisqacha, londa qilib tushuntirilgan edi. Biz unda qanday qilib at(index) funksiyasidan foydalangan holda satr belgisini olishimiz va unga murojaatni [] operatori orqali bajarilishini, size() va length() funksiyalari orqali satrdagi belgilar sonini aniqlash mumkinligini o`rgangan edik. Bu mavzuimizda satr ob’yektlaridan foydalanishga oid masalalar keng yoritilgan.

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin