2.3.4. at, clear, erase, vaempty funksiyalari Muayyan indeksda joylashgan belgini olish uchun at(index) funksiyasidan, satrni tozalash uchun clear() funksiyasidan, satr qismini o`chirish uchun erase(index, n) funksiyasidan va satr bo`sh yoki yo`qligini tekshirish uchun empty()funksiyasidan foydalanishimiz mumkin (3.3-rasm).
3.3-rasm. string sinfi satrga belgini qaytaruvchi, satrni tozalovchi va o`chiruvchi funksiyalarni taqdim etadi.
Misol uchun,
string s1("Xush kelibsiz!");
cout<< s1.at(3) << endl; // s1.at(3) h ni qaytaradi cout<< s1.erase(8, 5) << endl; //endi s1 ning qiymati: Xush kel! s1.clear(); // s1 bo`sh cout<< s1.empty() << endl; // s1.empty 1 ni qaytaradi (true ni anglatadi) 3.2.5. length, size, capacity, vac_str() funksiyalari. Satr uzunligi, o`lchami va hajmini aniqlash uchun length, size vacapacity funksiyalaridan, C-stringni qaytarish uchun esa, c_str()funksiyalaridan foydalanishimiz mumkin (3.4-rasm).
3.4-rasm. string sinfi satrga Satr uzunligi, o`lchami va hajmini aniqlash va mazkur satr uchun C-stringni qaytarish funksiyalarini taqdim etadi. Misol sifatida quyidagi kodni ko`rib chiqamiz:
1 string s1("Welcome");
2 cout<< s1.length() << endl; //uzunligi 7 3 cout<< s1.size() << endl; //o`chami 7 4 cout<< s1.capacity() << endl; //hajmi 15 5
6 s1.erase(1, 2);
7 cout<< s1.length() << endl; //Uzunlik endi 5 8 cout<< s1.size() << endl; //O`lcham endi 5 9 cout<< s1.capacity() << endl; //Hajm endi 15
3.2.6. Satrlarni taqqoslash. Dasturlash davomida, ko`pincha, ikki satr tarkiblarini taqqoslashga to`g`rikeladi. Bu funksiya agar satrimiz boshqa bir satrdan katta, unga teng yoki undan kichik bo`lsa, 0 dan katta, 0 yoki 0 dan kichik ko`rinishidagi int qiymat qaytaradi (3.5-rasm).
3.5-rasm. string sinfi satrlarni taqqoslashfunksiyalarini taqdim etadi. Misol uchun,
string s1("Salom");
string s2("Salom!");
cout<< s1.compare(s2) << endl; //–1 ni qaytaradi cout<< s2.compare(s1) << endl; // 1 ni qaytaradi cout<< s1.compare("Salom") << endl; //0 ni qaytaradi