“dаvlаt tilidа ish yuritish”
Mavzu:Taqriz –annotatsiya tarzidagi matnlarda munosabat, dalil-asos, isbot, xulosa ifodasi Reja: 1.Taqriz matnlarining asosiy xususiyatlari 2.Fikr asoslashda til vositalarining o‘rni . 3.Iqtibos (sitata)lardan foydalanish 4.Taqriz , annotatsiya matni namunalari Ta’kidlab o‘tganimizdek , taqriz badiiy yoki ilmiy asarlarga tanqidiy nuqtai nazardan qarab beriladigan bahoning yozma bayonidir . U oddiy ilmiy maqolalardan tortib , disertatsion ishlarga , o‘quv qo‘llanmalari , darsliklar va monografiyalargacha bo‘lgan nashrlarni qamrab olishi mumkin . Taqrizning tarkibiy qismida uning qanday dissertatsion ish yoki nashga tavsuya etilayotgan asar haqida gap borayotgani , Taqriz degan so‘z (uning o‘rnida ayrimlar ba’zan Mulohazalar so‘zini qo‘llaydi) , keyin asosiy matn , uni yozgan kishining lavozimi , ilmiy darajasi va unvoni , ismi, familiyasii , imzosi hamda yozilgan sana aks etadi . Imzo kadrlar bo‘limi tomonidan tasdiqlanadi . Namuna : Chaqmoq umri Dunyoda o‘z umr ko‘rganlarni eslaganda , odatda u tirik bo‘lganda falon yoshga kirgan bo‘lardi , oqsoqol bo‘lib , qariyalar qatorida munkillab yurgan bo‘lardi , degan kabi gaplar aytiladi . Men negadir Lermontov va Yeseninni , Hamza va Usmon Nosirni munkillab yurgan chol sifatida ko‘z oldimga keltirolmayman . Ular chaqmoq bo‘lib dunyoga kelganlaru chaqmoqday olovli iz qoldirib dunyodan o‘tganlar . Usmon Nosir qisqa hayotida besh she’riy kitob , bir doston , bir she’riy drama yozib qoldirdi . Pushkinning “Bog‘chasroy” fontani, Lermontovning “Demon” asarlarini o‘zbek tiliga yuksak mahorat bilan tarjima qildi .Bu kitoblar ichida ayniqsa “Yurak” , “Mehrim” deb atalgan ikki to‘plam Usmon Nosir ijodining qo‘sh cho‘qqisi hisoblanadi. Yurak sensan mening sozim Tilimni nayga jo‘r etding ….. Usmon Nosirning birtalay she’rlari, “Naxshon” dostoni o‘zbek she’riyati xazinasidan jou olgan . Shoir qilgan tarjimalar bu mushkul san’tning yorqin namunalari sifatida , ko‘p avlod tarjimonlar uchun mahorat maktabi bo‘lib xizmat qiladi . Usmon Nosirning zamondoshi qahramon adib , chex xalqi frzandi o‘zbek xalqining do‘sti Yulius Fuchik : “Odamlar , hushyor” bo‘ling , men sizni sevardim! degan so‘zlarni aytgan . Usmon Nosir o‘z ijodi bilan , o‘z qismati bilan har nafas bizga : “Odamlar , hushyor bo‘ling men sizni sevardim !” deb turadi ….. Shoir umri uning Sherlarida davom etadi . Erkin Vohidov Annotatsiya namunasi : Shoir Abdulla Sherning “Qadimgi kun” kitobiga (she’rlar – I . Ad-t va s-t nashr 1987) . Abdulla , sher fikri quyuq , nozikta’b, o;ziga xos shoir. Shoirning ushbu majmuasiga keying yillarda yozilgan asarlari , avvalgi nashr-lardan sarlab olingan she’rlari , shuning dek , Jorj Bayrondan qilgan tarjimalaridan namuna kiritildi. Yüklə 2,55 Mb. Dostları ilə paylaş: |