Matn ustida amallar Matndagi iqtisodga oid so‘zlami terib olamiz:
Bozor iqtisodi, xufiyona iqtisod, yuridik va jismoniy shaxslar, iqtisodiy faoliyat, rasmiy va norasmiy iqtisod, ro‘yxatdan o‘tgan tashkilotlar, yakka tartibda faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkorlar, qo‘shimcha ravishda ro‘yxatdan o‘tib daromad olayotgan jismoniy shaxslar, daromadlarini yashirgan, yashirin ishlab chiqarish, buxgalteriya hisob-kitoblarida aks ettirmasdan savdo-sotiq faoliyatini amalga oshirish, qalbaki hujjatlar asosida «bir kunlik» finnalar tashkil etish, hujjatsiz mahsulot sotib olish yoki sotish, kontrabanda, jinoiy elementlar majmuasi, soliqdan bo‘yin tovlash, soliqlar yuki, investorlar, faolligini susayishi, iqtisodiy sektor, moliyaviy yordam, moliya-xo‘jalik mexanizmini yaratish, ma'muriy to‘siqlami yo‘qotish.
13. O‘qituvchi uchun adabiyollar: 1.Abdullayev M. Ma'naviyat va iqtisodiy tafakkur // O‘zbekiston adabiyotiva san'ati, 2000 yil 28 iyul.
2.Vinogradov V.V. Stilistika. Teoriya poeticheskoy rechi. Poctika.—M.,1963.
3.Ne'matov H., Rasulov R. O‘zbek tili sistcm Icksikologiyasi asoslari. —«O‘qituvchi», 1995.
4.Sodiqov A., Abduazizov A., Irisqulov M. Tilshunoslikka kirish.—«O‘qituvchi», 1981.5.Xayruilayev M., Haqberdiyev M.. Mantiq. — «O‘qituvchi», 1999
A n n o t a t s i ya asosan alohida nashr hisoblanadigan o‘quv qo‘llanmalar, darsliklar, monografiyalar, badiiy asarlarga yozilib, unda asarning qisqacha mazmuni, ahamiyati, kimlarga mo‘ljallab yozilgani o‘z ifodasini topadi.
2 – ilova R e z yu m e nashr qilinadigan asar yoki himoyaga tavsiya etiladigan dissertatsiyaning g‘oyatda qisqa mazmuni bo‘lib, odatda, ishning oxirida boshqa tillarda, masalan, hozirda rus va ingliz tillarida beriladi. Ana shu qisqa rezyume orqali matnni o‘qimagan kishi ham tadqiqot haqida ayrim xulosalarga kelishi mumkin.
Rezyume qoidalari:
1. Rezyume aniq, ravon tilda bayon etilishi shart.
2. Rezyume tanlayotgan ishingiz yo‘nalishiga mos kelishi darkor.
3. Diqqatni chalg‘itadigan ortiqcha ma’lumotlar bo‘lmasligi kerak.
4. Ma’lumotlar aniq, isbotlangan bo‘lishi kerak.
5. Faoliyatingizning aniq natijalarini ko‘rsatish maqsadga muvofiq.
6. Chiroyli husnixat bilan to‘ldirilgan rezyume siz haqingizdagi fikrni ijobiy tomonga o‘zgartiradi.
7. Tajribangiz, malakangiz haqida bor haqiqatni yozing.
8. Sifatli qog‘ozdan foydalaning. Agar kompyuter shaklida to‘ldirish talab qilinsa, 12-14 shriftda yozing.
9. Turli xil rasmlar, jimjimador hoshiyalardan foydalanmang.
10. O‘quv dargohlari, korxonalar va shaharlar nomini to‘liq va aniq yozing.
11. Qisqa jumlalardan foydalanishga harakat qiling.
12. Texnik atamalarni qo‘llashda ularning tushunarli bo‘lishiga e’tibor bering.
13. Ko‘p hollarda noaniq to‘ldirilgan rezyume o‘qilmay qolishi mumkinligini unutmang.
14 Rasmiy hujjat bo‘lgan rezyumeni shaxsiy xarakterdagi ma’lumotlar bilan to‘ldirib tashlamang.
15. Unutmang! Xorijiy tillarni bilishingiz mutaxassisligingiz bo‘yicha o‘zingizga yoqqan ishga joylashish kafolatini oshiradi.
T a q r i z badiiy yoki ilmiy asarlarga tanqidiy nuqtai nazardan qarab beriladigan bahoning yozma bayoni. U oddiy ilmiy maqolalardan tortib, dissertatsion ishlarga, o‘quv qo‘llanmalar, darsliklar va monografiyalarga yoziladi.
Taqrizda himoyaga yoki nashrga tavsiya etilgan ishga atroflicha, batafsil munosabat bildiriladi, uning ijobiy va salbiy tomonlari xolisona ko‘rsatib o‘tiladi, himoyaga yoki nashrga tavsiya etish-etmaslik haqidagi munosabat aniq bayon etiladi. Dissertatsion ishlar himoyasini o‘tkazuvchi ixtisoslashgan kengash yoki asarni bosib chiqaruvchi nashriyot bu kabi taqrizlarda aytilgan fikr-mulohazalarni umumlashtirib, o‘z xulosalarini chiqaradi.
Taqrizning zaruriy qismlari: 1. Sarlavha: qanday dissertatsion ish yoki nashrga tavsiya etilayotgan asar haqida borayotgani.
2. Hujjat nomi (Taqriz).
3. Asosiy matn.
4. Muallifning lavozimi, ilmiy darajasi, unvoni, imzosi, ismi, familiyasi.
5. Sana.