Metallar guruhiga:
1. Eng qattiq metall qaysi?(Xrom)
2. Eng yengil metall qaysi?(Litiy)
3. Doskada qaysi tuz bilan yozamiz?(CaC03)
4. Lampochka ichidagi prujinali-sim qanday metalldan tayyorlanadi? (volfram-W)
5. Lantanoidlar soni nechta?(14 ta)
6. Qaysi oq metallsiz o'simlik yashay olmaydi?(Mg)
7. Qaysi metall suyuq?(Simob)
8. Eng yumshoq metall?(Fransiy)
9. Eng og'ir metall?(Osmiy)
10.Qaysi metall bilan xat yozish mumkin?(Qo'rg'oshin)
Metallmaslar guruhiga:
1. Odatdagi sharoitda qaysi metallmas suyuq bo'ladi?(Brom)
2. Kislorod qanday allotropik shakl o'zgarishiga ega?(Ozon)
3. Eng yengil gaz?(H2)
4. Vodorodda nochta neytron bor?(Yo'q)
5. Yonib turgan olovni qaysi gaz bilan o'chirish mumkin?(Karbonat angidrid)
6. Azotning eng yuqori valentligi?(V)
7. Havoning asosiy tarkibiy qismi nimadan iborat?(Azot-78%)
8. Gugurt ishlab chiqarishda, asosan, qaysi metallmas ishlatiladi(Qizil fosfor)
9. Yonishga yordam beruvchi gaz?(O2)
10. Inson organizmiga qaysi metallmas yetishmasa, bo'qoq kasalligi kelib chiqadi?(yod)
Qiz: Endi navbat sahna ko'rinishiga beriladi. Biz bunda "To'g'ri yo'lni tanla" mavzusida ko'rinish tayyorladik.
Yigit: Bunda sizga sinfimiz o'quvchilari o'smirlik yoshida bo'lib turadigan ba'zi kechinmalar haqida sahna ko'rinish tayyorlab kelishgan. Marhamat tomosha qiling.
Hozirgi vaqtda ko'cha-ko'yda sigaret, alkogol mahsulotlari, nos sotuvchilari ko'paygan, ularni antireklama qilish orqali yoshlar orasida kashandalikka qarshi kurash olib borish mumkin.
Ko'rinish tavsilotlari quyidagicha:
Sotuvchi oldida turli markadagi sigareta qutilari, bitta aroq shisha, 3ta rangsiz eritmalar solingan stakanlar va keramik plita, shisha idishda ammoniy bixromat tuzi, shisha tayoqcha va ozgina spirt solingan idish turadi.
Bir dona sigaret ichidagi kukuni tushirilib, o'rniga simob rodanid solingan. "NOS" deb yozib qo'yilgan shisha ichiga ammoniy bixromat tuzi solingan. 3ta stakan ichiga 1-siga fenolftaleinning spirtdagi eritmasi, 2-siga ishqor eritmasi, 3-siga xlorid kislota eritmasi solingan.
O'quvchi darslarga kirmasdan ko'chada kelayotgan paytda sotuvchi ayolning yoniga kelib ,"Qani, qanday sigaretalaringiz bor?"-deydi.
Sotuvchi: Bolam, qanday sigaret istaysan? "LM", "Palmal", "XON" yoki "Kent".
O'quvchi: Menga bir dona "Xon" bering.
Sotuvchi: Mana, marhamat.
O'quvchi: Gugurt bormi?
Sotuvchi: Bor, bor, bolam, mana (gugurt yoqib tutadi, o'quvchi sigaretani olovga tutadi va uni og'ziga solmasdanoq, shu vaqt sigaretadan "ilonlar" chiqa boshlaydi).
O'quvchi: Siz menga nima berdingiz, nima meni o'ldirmoqchimisiz? Men endi umuman sigaret chekmayman, menga nos bering.
Sotuvchi: Mana, mana, bolam, Buxoro nosi, Toshkent nosi, o'zimizni nos, qaysinisidan beray.
O'quvchi: O'zimiznikidan
Sotuvchi: Bo'pti bolam, hozir tayyorlab beraman (sotuvchi keramik plitaga ozgina ammoniy bixromat tuzidan solib, ustiga ozgina spirt tomizib, yoqadi, shunda "vulqon"otilib ko'k rangli kukun hosil bo'ladi.
O'quvchi: Iye-iye nima qilyapsiz buvijon, menda nima xusumatingiz bor? Endi men umuman sigaret tugul nos ham chekmayman.
Sotuvchi: Kel, bolam, yaxshisi meni firmenniy aroqlarimdan ta'tib ko'r.
(3ta stakanni oldiga olib shisha tayoqchani 1-fenolftaleinli stakanga botiradi, keyin 2-ishqor eritmasiga botirganda pushti rangga kiradi, keyin shu tayoqchani 3-xlorid kislotali probirkaga botirib, so'ng yana 2-probirkaga tushirganda eritma rangsizlanadi)
O'guvchi: Iye-iye buvijon nima meni turli xil eritmalar bilan zaharlamoqchimisiz? Men bunday "firmenniy aroqlaringiz" tugul, bundan keyin oddiy aroqlarni ham qabul qilmayman. O'qituvchimiz to'g'ri aytgan ekan, bu kabi moddalarning barchasi haqiqatdan ham zaharli ekan.
Sotuvchi: To'g'ri qilasan bolam, nihoyat eng to'g'ri yo'lni tanlading.
Shundan so'ng sahnaga boshlovchilar chiqadi.
^ Qiz: Endi navbat oxirgi 6-shartimiz "Sardorlar bellashuviga".
Yigit: Bu shartni ishtirokchilarimiz "Xotira mashqi" deb nomlashib, har ikkala guruh sardorlari bir-biriga 5ta element nomini og'zaki ravishda aytadi va 1-sardor aytgan elementlarni 2-sardor xatosiz takrorlashi kerak bo'ladi (5 ball).
Shundan so'ng tadbirni yakunlash maqsadida ikkala boshlovchi sahnaga chiqishadi.
Qiz: Aziz o'quvchilar bugungi tadbirimizni bejizga "Davriy sistemaga sayohat" deb nomlamadik, chunki davriy sistemadagi 118 ta elementdan 21 tasi qit'a, mamlakat, viloyat, hattoki qishloqlar nomi bilan atalgani ba'zi o'quvchilarimiz e'tiboridan chetda qolgan bo'lishi mumkin. Jumladan, 63-Yevropiy, 95-Ameritsiy kabi elementlarning nomi Yevropa va Amerika qit'alari nomiga qo'yilgan.
Yigit: Bundan tashqari ba'zi element nomlari hatto mifologik qahramonlar nomiga, masalan titan, tantal, ayrimlari esa olimlar sharafiga qo'yilgan: nobeliy, loyrensiy.
Qiz: Shunday ekan, keling azizlar, biz bundan-da ko'proq ma'lumotlarga ega bo'lishimiz uchun yanada chuqurroq bilimga ega bo'lishimiz zarur.
Yigit: Shuning bilan bugungi kechamizni tugallab, so'z navbatini baholash uchun hakamlar hay'atiga beramiz.
Nasiba ABDULLAYEVA, Xorazm viloyati Urganch shahridagi 16-umumta'lim maktabining
kimyo fani o'qituvchisi, "O'zbekiston san'ati va madaniyati Forumi" fondining
pedagogik granti g'olibi.
Dostları ilə paylaş: |