1. Kishilik (shaxs) olmoshlari uchta shaxsni bildiradigan quyidagi olmoshlardir: men, sen, u, biz, siz, ular. Kishilik olmoshlari otlar kabi turlanadi. U kishilik olmoshiga jo'nalish, o'rin-payt, chiqish kelishigi qo'shimchalari qo'shilganda, bir n orttiriladi: unga. unda, undan. Qaratqich, tushum kelishigi va qarashlilik shakli qo'shimchasi -niki qo'shilganida esa. -// tushiriladi: men+ning=mening. sen+ni=seni. sen+niki=seniki. Ayrim vaqtlarda biz. siz, ular olmoshlari birlik ma'nosida ham ishlatiladi. bunda biz olmoshi kamtarlik. bajirilgan ishda o'zining rolini oshirmaslik kabi ma'nolarni ifodalaydi. Siz. ular esa hurmat ma’nosini bildiradi, bunda siz olmoshiga ko'plikni ifodalash uchun -lar qo‘shimchasi qo'shiladi. Bu olmoshlarga egalik qo'shimchalari devarli qo'shilmaydi. Kishilik olmoshlari gapda ega (Men keldim). to'ldiruvchi (Sertgg avtaman). qaratqich aniqlovchi (JJning ukasi kelibdi), ot-kesim (Meninz do ‘stim sensan) vazifalarini bajaradi.
0‘zlik olmoshi narsa-buyumni aniqlab yoki ta'kidlab ko'rsatish uchun ishlatiladigan ojz so‘zidir. Bu olmosh narsa-buyumning shaxsga xosligini, tegishliligini yoki shaxsning tanholigini bildiradi: o‘z uyi. o'z ukasi. 0‘zlik olmoshi egalik qo‘shimchasini olib, kishilik olmoshlariga sinonim bo‘ladi: o'zim - men, o'zing - sen, o'zi - u. Bu olmosh kishilik olmoshlari bilan qoMlanganda, ularga ta’kid ma'nosini yuklaydi: men o ‘zim, sen o 'zing.
0‘zlik olmoshi turlanganda kelishik qo‘shimchalaridan oldin egalik qo‘shimchalari bo‘lishi shart: o'ziga, o ‘zinsdan va b. 0‘z olmoshi belgisiz kelishik ko‘rinishida qo'llanishi mumkin: O 'z uying- o ‘zingning uying. Ko‘rsatish olmoshlari narsa-buyumni, kimsani ko'rsatish uchun ishlatiladigan olmoshlar: u, bu, shu, o'sha, ana. mana, ana u yoki anovi. mana bu yoki manavi, ushbu (ko‘tarinki, tantanali ma'no ifodalaydi). Ko‘rsatish olmoshlari oldingi gap, gap ichidagi ma'lum bir so‘z yoki so'z birikmasi o'mida qo‘llanadi va ularga ishora qiladi yoxud biror-bir so'zni aniqlab keladi. So‘z ma'nosini aniqlab keluvchi bunday olmoshlar aniqlanayotgan so‘zdan oldin keladi: o 'sha odam
Kishilik olmoshi u bilan ko'rsatish olmoshi u m gapdagi ma nosiga qarab farqlash mumkin. Bunda u kishilik olmoshi kim? so'rog'iga (U keldi). ko‘rsatish olmoshi u esa qaysi? so‘rog‘iga javob bo'ladi (Ukishi keldi). U. bu, shu, o'sha olmoshlari jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishiklarida turlanganda yoki ularga -day, -dek, -aqa, -cha qo‘shintchalari qo‘shilganda, qo‘shimcha oldidan bir n tovushi orttiriladi: unga. bunga. shunday, o ‘shanday, uncha, shunaqa, o ‘shandek. U, bu olmoshlari juftlanib har xil narsa va shaxs, unaqa-bunaqa tarzida belgining ortiqligi, uncha-muncha tarzida oz miqdor ma'nolarini ifodalaydi. Ko‘rsatish olmoshlari gapda asosan aniqlovchi (Bu kitob ukamniki) va kesim (Men aytgan odam shu) vazifalarini bajaradi. Otlashsa. ega (Shu mening maqsadimdir), to'ldiruvchi (Buni tushundim). qaratqich aniqlovchi (SHuning egasi sensan), hol (Bundq bulbul kitob o'qiydi) bo'lib ham kela oladi.
4. So‘roq olmoshlari biror narsa-buvum. belgi yoki miqdor haqidagi so'roqni bildirgan olmoshlardir. So'roq olmoshlarining nimaga nisbatan
so'roq bildirishini quyidagi jadvaldan bilsa bo'ladi:
1 JVg: So‘roq turi I Olmoshlar
Shaxsga so‘roq 1 Narsaga so‘roq
Belgi-xususiyatga so'roq
Miqdorga so‘roq
Tartibga so‘roq
9. I Mavjudlikka so‘roq _ Kim birlik va ko‘plikda qo‘
Qaerda? Qayda? Qayoqqa?
Oachon?
Oani?
anadi, egalik va kelishik qo‘shim- chalarini oladi: Kim so'zladi? Nimalarni ko'rding? Nimang bor? Nima olmoshi belgisiz kelishik shaklida kelishi mumkin: Nima(ni) olding? Oanday. qanaqa, qaysi olmoshlari belgini aniqlash uchun ishlatiladi: qanaqa odam. qaysi kitob. Qaerda. qayda. qani, qayoqqa, qachon, nega olmoshlari o‘rin, payt, mavjudlik. sabab, maqsad kabilarni aniqlash uchun ishlatiladi: Oachon keldi? Oaerda yuribdi? Ukang qani? Oayoqqa ketdi? Nega keldi? Belgilash olmoshlari predmet va shaxslarning yig‘indisini bildiradi yoki ulami ayirib ko‘rsatadi, shuning uchun ularni ikkiga bo‘lish mumkin: ljjamlovchi belgilash olmoshlariga hamma, barcha, bari,jami, jamiyki, butun, yalpi so‘zlari kiradi. 2) ayiruvchi belgilash olmoshlariga har so‘zining o‘zi (Har qovunlarki...) va har kim, har nima, har bir, har qaysi kabi so'zlar kiradi va bu olmoshlar to‘pdan ajratilgan shaxs, narsa, belgilami bildiradi. Har so‘zi ayrim yoziladi.
Hamma, barcha, bari olmoshlari ko‘plikni anglatadi. Belgilash olmoshlari egalik, kelishik, ko‘plik qo‘shimchalari bilan qo'llanadi: Hammalari jim. Har kimga aytaverma. BoMishsizIik olmoshlari inkor ma'nosini bildirgan olmoshlardir. Bular Itech so'zining o‘zi va shu so‘zning ba’zi so‘roq olmoshlari bilan birikishidan hosil qilinadi, hech so‘zi ayrim yoziladi. Bu olmoshlar egalik, kelishik qo‘shimchalari bilan qoMlanadi: U hech kimm ko'rmadi. Hech kimimyo ‘q.
Hech so‘zi yakka holda qo'llanganda, ko‘pincha fe'llar oldida kelib, ravish vazifasini bajaradi (lekin butunlay ravish turkumiga o‘tmaydi): U hech qiynalmadi.
Bo'lishsizlik olmoshlari ishtirok etgan gaplarning kesimi inkor shaklida bo'ladi: Heclt qachon unutmavdi. Kimsa so‘zi ham bo'lishsizlik olmoshlari o'rnida qo'llanishi mumkin: Buni kimsa (hech kim) bilmasligi kerak. 7. Gumon olmoshlari narsa, belgi voki voqea haqidagi noaniq tasavvurni bildirib keladigan olmosh turidir. Ular alla- yordamida voki - dir qo'shimchasi bilan hosil qilinadi: allakim. allanima, allanarsa (narsadir emas/ allaqaysi. allaqaer. allaqayoq. allanechuk. allaqancha. allanechanchi, kimdir. nimadir. qachondir. qandaydir. qaerdadir. qaergadir, negadir. Gumon olmoshlari so‘roq olmoshlariga biy. ham so‘zlarini qo'shish orqali yasalishi ham mumkin: Uni kim Itam chaqirayotgan edi-ya. Akasi unga bir ttinta deganday bo'ldi. (Ba'zan bir nima birikmasi bo'lishsiz olmosh o'rnida kelishi inumkin: Buni ko 'rib bir itinta demadi.) Bu olmoshlar birlik va ko‘plikda (allakimlar) keladi. kelishiklarda turlanadi: (kimnidir). egalik qo'shimchasini oladi
(allakimim). Birov so‘zi ham kimdir. allakim so'zlariga sinonim bo'lgani uchun gumon olmoshi hisoblanadi. Birov so‘zi, shuningdek, har kim. hech kim, bitta degan so‘zlarga ham sinonim bo'lishi mumkin.