Denov davlat universiteti tarix kafedrasi


Ispaniyada inkvizitsiyaning joriy etilishi



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə33/77
tarix10.06.2022
ölçüsü1,21 Mb.
#116809
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   77
Denov davlat universiteti tarix kafedrasi

Ispaniyada inkvizitsiyaning joriy etilishi. 1480 yilda Ispaniyada inkvizitsiya joriy etildi. Bu eng avvalo chо‘qintirilgan yahudiy va arablarga qarshi qaratilgan edi. Inkvizitorlar –(inkvizitorlar.ular inkvizitsiya sudining a’zosi, zolim, azob beruvchi, berahm kishilar) chо‘qintirilgan yahudiylarni eski urf-odatlariga amal qilayotganlikda fosh qilar edilar. Ular odamlarning ishini sudga berib, turmalarga solib, gulxanlarda yoqib, mol-mulklarini musodara qilar edilar. Shunday qilib, qirol hokimiyati yahudiylarni boyligini о‘z qо‘llariga olardilar va keyinchalik bu usulni arablarga nisbatan ham qо‘llay boshladilar. Bunga sabab ular zо‘rlik bilan xristianlikni qabul qildirsalarda, ammo yashirin ravishda arablar eski urf-odatlariga amal qilardilar. Hukumat bu shakkoklikni ham mol-mulkini musodara qildi.
Inkvizitsiya Rim katolik cherkovi tomonidan tashkil etilsa-da, amalda qirol qо‘lida edi. Hukumatga xizmat qiluvchi doimiy amaldorlar singari inkvizitorlarni ham qirol tayinlar edi.
Portugaliya qirolligining tashkil topishi. Leon bilan chegaradosh Portugaliya, dastlab, Pireney yarim orolidagi davlatlar taqdirini boshidan kechirib, XI-XIII asrlarda arablardan mustaqillikka erishadi. XI asr oxirida Leonga vassal Portugaliya grafligi tashkil topadi. Oradan yarim asrcha vaqt о‘tib, 1413 yili Portugaliya mustaqil qirollikka aylanadi. Qirol XII asrdan Rim bilan mustahkam aloqa о‘rnatib, mamlakatda boy va ta’sirli katolik ruhoniylari tabaqasining vujudga kelishiga hissa qо‘shadi.
Portugaliyada kо‘p sonli mayda mulkdorlar toifasi saqlanib, ular erkin jamoalarga birlashgan. Bu jamoalar ancha keng huquqlarga ega bо‘lib, qochoq dehqonlarga ham boshpana berishi mumkin edi. Rekonkista tugaganidan sо‘ng dehqonlarning ma’lum qismi senyorlarga qaramlikka tusha boshlaydi. Ammo krepostnoy qaramlik qirollikning ayrim hududlaridagina vujudga keladi.
Portugaliya shaharlari kо‘psonli bо‘lmasada, о‘zining qulay geografik joylashuvi va sharoiti bilan ajralib turgan. Ahoining dengiz mahorati yuksak bо‘lgan.
XIII asrda qirollar shaharlar va korteslar kо‘magida isyonchi zodagonlar yirik yer egalariga qarshi kurash olib boradilar. Bu kurash ayniqsa, XIV-XV asrlarda avjiga chiqadi. Uning davomida kо‘plab taniqli zodagonlar, jumladan, gersog Bragansa halok bо‘lib, qirol g‘olib chiqadi.
Portugaliya buyuk geografik kashfiyotlarni boshlab bergan mamlakatdir. Portugallar 1415 yili Shimoliy Afrikadagi arablar shahri Seuetani egallaydi. Shu tariqa, Portugaliyaning yirik mustamlakachi davlatga aylanishiga ilk qadam qо‘yildi.
Portugaliyada dengiz sayohatlariga hukumatning о‘zi homiylik qilardi. Infant (yosh, gо‘dak.- Ispaniya va Portugaliyada 1910 yilgacha barcha shahzoda va malikalarga berilgan unvon) Genrix Dengizchi (1418-1460 yillar) u dengiz sayohatlariga homiylik qildi.
Natijada XV asrning 20-30 yillarida portugaliyaliklar Madeyro, Kanar, va Azar orollarini ochishdi. Afrikaning g‘arbiy qirg‘oqlari bо‘ylab janubga siljigan dengizchilar Boxador burnini chetlab о‘tib, 1434-yili Gvineya qirg‘oqlarigacha, Yashil Burun orollarigacha (1445 yil), 1462 yili Syera-Leonega, 1471-yilda Gvineyaga yetib borib u yerda Oltin Qirg‘oq (hoz. Gana
Portugaliya qiroli Monoel (1495-1521) Hindistonga boradigan dengiz yо‘lini topish uchun Vasko da Gama boshchiligidagi 4 ta kemalari bilan 1497 yil yozida Lissabondan chiqib, 1498 yil bahorida Hindistonning‘ g‘arbiy qir­g‘oqlariga borib yetdi va Kalikut shahriga kelib tushadi.
1498 yil may oyida arab dengizchisi Ahmad ibn Majid (1421-1500 yillarda yashagan) kо‘magida 10 oylik sayohatdan sо‘ng Kalikut shahriga kelib tushgan Vasko da Gamani hind rojasi qabul qiladi. 1499 yilning avgustida sayyohlar kemalarga oltin va hind ziravorlarini ortib qaytib keladilar. Ikki yil (1497-1499) davom etgan den­giz sayohati vaqtida kemaning 168 a’zosidan 55 kishi tirik qaytib keldi, ekipaj a’zolarining 2/3 qismidan ajraldi, lekin ekspeditsiyani uyushtirishga sarflangan mablag‘dan 60 marta ortiq foyda olindi.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin