Denov davlat universiteti tarix kafedrasi


Sokmenlar – o’rta asr ingliz yer mulkining (manora) sining lordga faqat sud qilish huquqi jihatidangina boysunadigan ozod aholisi. Taboriylar –



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə74/77
tarix10.06.2022
ölçüsü1,21 Mb.
#116809
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77
Denov davlat universiteti tarix kafedrasi

Sokmenlar – o’rta asr ingliz yer mulkining (manora) sining lordga faqat sud qilish huquqi jihatidangina boysunadigan ozod aholisi.
Taboriylar – guschilar harakatidagi mo’tadil inqilobiy oqim. Janubiy Chexiyadagi Lujitsa daryosining tog’li qirg’oqlarda mustahkamlangan Tabor lagerining nomidan olingan. Taboriylar safida dehqonlar, shahar kambag’allari va hunarmandlar bor edi.
Tampliyerlar – xaramoviklar – Ierussalimda birinchi salb yurishidan so’ng Falastinda va Suriyada salibchilar davlatini mustahkamlash maqsadida fransuz ritsarlari tomonidan 1119-yilda asos solingan diniy-ritsarlik ordeni. Bu orden tez orada o’z qo’lida juda katta boylik to’pladi. Salib yurishlarida duch kelgan mag’lubiyatlardan keyin Tampliyerlar o’z faoliyatlarini Yevropaga ayniqsa Fransiyaga ko’chiradilar; tampliyerlar XIII asrga kelib G’arbiy Yevropada eng yirik bankerlarga aylandilar. Ularning Parijdagi binosi xalqaro bank operatsiyalarini o’tkazadigan markazga aylandi. XIV asr boshlarida fransuz tojdorligi bilan papalik o’rtasida bo’lgan majaroda Tampliyerlar papalik hokimiyatini yoqlab chiqadilar. Qirol hokimiyati Tampliyerlarning iziga tushadi. Filipp IV Chiroyli (1285-1314 .y) Fransiyadagi barcha Tampliyerlarni hibsga oladi va ularning boshliqlarini dahriylar sifatida gulxanga kuydirib yuborishga erishadi(1310.y.) Tampliyerlar ordenining mol-mulkini musodara qilinganligi zaiflashib qolgan davlatning moliyaviy ahvolini ancha yaxshilaydi. 1312-yilda Filipp IV ga qaram bo’lgan papa Kliment V Tampliyerlar ordenini bekor qildi.
Tevton ordeni – 1190-yilda Falastinda nemis salibchilari tomonidan asos solingan diniy ritsarlik ordeni. 1211-yilda tevton ordeni ritsarlarining bir qismi qipchoqlar bilan kurashish uchun Vengriyaga o’tdilar. 1225-yilda esa orden a’zolarining ko’pchilik qismi Polsha knyazi Konrad Mazovenning chaqirig’iga muvofiq prusslar yerlarini zabt etish uchun Vengriya va Falastindan Prussiyaga o’tadilar. Prussiyaning Xelmin viloyati ordenga tortiq qilib berilgan edi, ammo ular tez orada butun Prussiyani egallab, uni o’z mulki qilib oladilar. Tevton ordeni 1237-yilda qilichbardorlar ordeni bilan birlashib ketadi. Visla va Neman daryolarining quyi oqimi oralig’ida Sharqiy Yevropaning nemis feodal agressiyasining eng muhim o’chog’iga aylangan, ayniqsa Polsha va Litvaga qarshi bo’lgan va 1410- yildagi Gryunvald jangiga qadar o’z mulkini muntazam ravishda kengaytirib borgan Tevton ordenligining ulkan davlati vujudga keladi.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin