Деҳқонова Барно (304)


Mavzu: Tabiat- mening uyim



Yüklə 290,83 Kb.
səhifə3/4
tarix31.12.2021
ölçüsü290,83 Kb.
#112246
1   2   3   4
sinfdan tashqari oqish darslarida shukur sadulla ijodini organish. (2)-конвертирован

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Xulosa

Mavzu: Tabiat- mening uyim.


Darsning maqsadi: She`r mazmuni bilan tanishtirish va tabiat haqidagi bilim, malakalarini rivojlantirish. She`r o’qish sifatlarini takomillashtirish. Tabiatga mehr-muhabbat hissini kuchaytirish.

Dars tipi: Yangi bilim beruvchi. Dars usuli: suhbat, tushuntirish

Dars jihozi: tabiat manzarasi tasvirlangan plakat, rasmlar, qushlarning rasmlari. Darsning borishi.

A) salomlashish. B) davomatni aniqlash V) darsga hozirlash yangi mavzuning bayoni.



  1. Bir necha o’quvchiga "Tabiat - mening uyim" she`ri yod ayttiriladi.

Dalalarni aylansam, Uzoq xayolga botsam, Chigirtkalar qo’shig’in O’tloqda tinglab yotsam. Tabiat mening uyim.

Tabiat jonimda jon

Shivirlayman men unga va onamga:-Onajon! Shundanmi ko’ksim ogrir Zaharlansa ona yer, Tabiat mening uyim

Tabiat eng go’zal she`r Shivirlasam giyohga:

Hapriqqancha:-Ey ko’kat

Nega keldim dunyoga, sirin urgat? Toshni yorgan giyohlar

Sabotdan daryo o’qisin, Oy cho’milgan daryolar Bolaga she`r to’qisin Uchadi bola tomon

Shu sabab mening so’zim:

—Tabiat— jonimda jon,

Tabiat mening uyim she`r yuzasidan suhbat.

Barakalla bolajonlar, juda chiroyli she`r aytdinglar. Joyingizga o’tiring.

-Tabiat shoirning uyi ekan (bolalarning javobi). -Tabiat sizning uyingiz emasmi? -Tohira tabiat sening ham uyingmi?

-Tabiat mening ham uyimdir. Shu tabiat qo’ynida tug’ildim, ulg’aydim.

-Miraziz tabiat sening ham uyingmi?

-Tabiat mening ham uyim. Negaki, men ham shu tabiat qo’ynida yashayman. Tabiat qo’ynida o’sgan mevalardan iste`mol qilaman.

-Bolalar o’ozir o’rtoqlaringiz o’qigan she`rlarning mualliflari nimani kuylashyapti. Nima haqida gapirishyapti?

-Tabiat haqida. (bolalar javobi).

-Siz yuqorida o’rtoqlaringiz ishtirokida X.Davronning "Tabiat mening uyim" she`rini tingladingiz. She`rda nimalar deyilgan ekan?

-She`rda dalalarni aylanaman, chigirtkalar qo’shig’ini eshitaman, gullarni unib, bulbullarni shod qilsam, o’t bilan suhbatlashsam, mushukni sut bilan mehmon qilsam, xayron bo’lmang. Ular mening do’stlarim. Ular bilan ko’nglim xush. Tabiat mening uyimdir, deb aytyapti. (bolalarning javobi).

—Juda yaxshi Umid.

- Shahnoza sen davom ettirgin.

-Mening tomirimga tutash o’t ildizi, tunlari, oyu yulduzlari daftarimni yoritadi. Orol dengizi qurib boryapti. Ona yer zaharlansa ko’ksim og’riyapti. Sen uni asra, mangu qolsin, ul maosh, deyapti. (bolalarning javobi).

-Demak, bolalar biz tanishgan she`rlarimizda tabiat kuylangan ekan. Tabiat bizning ikkinchi onamiz. Chunki biz onamiz va tabiat quchog’ida yashaymiz. Shuning uchun ham biz uni "Ona tabiat" deb ataymiz.

Uning bag’ridagi o’simliklarni, qushlarni, hayvonlarni, dengizu ko’llarni va boshqalarni asrashimiz, e`zozlashimiz kerak. Tabiat insonga birgina toza suv, havo, ozik-ovqat, kiyim-kechakkina emas, sog’liq, a`lo kayfiyat ham beradi.

-Bolalar tabiatimizni qushlarsiz tasavvur qila olmaymiz. Ular tabiatning nodir va g’alati jonivorlaridan biri. Ular zarakunanda hashoratlarni yeb, kishilarga foyda keltiradi va estetik zavq baxsh etadi. Siz ularni sayrashidan olam-olam zavq olasiz.

Masalan: Bulbul, sa`va, va boshqalar. (Shu o’rinda qushlarning rasmi ko’rsatiladi. Bahor valsi eshittiriladi).

Hasharotlardan kapalak va ninachilar tabiatimizning jonli bezagidir. Kapalaklar o’z chiroyi bilan o’ziga maftun etadilar. Gullar chamani uzra qanot qoqib, xayot qo’shig’ini kuylashadi. Lekin hozirgi kunda ularning turlari kamayib ketgan. Buni hamisha yodda tuting. Ularni asrang, ermakka kapalak tutmang.

(Rasm ko’rsatiladi). Ya`ni bizning hayotimizda o’simliklar ham katta o’rin tutadi. Ayniqsa, yalpiz, qoqio’t, otquloq, kabi ko’katlar inson salomatligini tiklashda o’rni kattadir.

-Bolalar bizning hayotimizda yana bir muhim narsa obihayotdir. Biz suvsiz hayotimizni tasavvur qila olmaymiz. Mana shu suv xam tabiat qo’ynidan inju bo’lib oqadi. Suvni ham asrashimiz kerak. Buning uchun daryolarni, ko’llarni, irmoqlarni saqlamog’imiz darkor. Turmushda kundalik hayotimizda suvlarni tejab ishlating.

Demak, o’quvchilar tabiatimizni bundan ham chiroyli, obod bo’lishi siz bilan bizning qo’limizda ekan. „O’quvchilarning tabiat haqida yodlagan she`rlaridan ayttirish. Topishmoq va maqollar bilasizmi? -Qani Zebo sen nima aytmoqchisan? -Topishmoq.

Dengizu daryoda yashar, Asosan ko’klarda kezar Zeriksa bormi, osmondan Zamin uzra qaytib tushar. (Suv.)

Ikki yaproq bir tanda, Kezar gulzor chamanda. (Kapalak.)

Shoirlarning she`rlar to’plamlar ko’rgazmasini o’tkazish. Uyga vazifa "Gullar" haqida she`r yod olib keling.

Keyingi darsimizda "Gullar aytishuvi" kilamiz. Darsni yakunlash.

Tekshirish uchun savol va topshiriqlar.

Sinfdan tashqari o’qish uchun kitob tanlashda o’qituvchi qanday tamoyillarga asoslanadi?



  1. Sinfdan tashqari o’qish tamoyilida sinfdan tashkari o’qish darslarining o’rni va rolini ayting.

  2. Sinfdan tashqari o’kish darsini o’qish darsiga qiyoslang, uning xususiyatlarini ayting. Sinfdan tashqari o’qish darsiga qo’yilgan asosiy talablarni sanab bering.

  3. Tayyorgarlik, boshlang’ich va asosiy bosqichlardagi sinfdan tashqari o’qish darslarida o’quvchilarda kitob o’qishda mustaqillik qanday tarbiyalanishini izohlang.

  4. Sinfdan tashqari o’qish darsi rejasini ishlab bering (mavzu, bosqich va dars turini o’zingiz tanlang).

Biz yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda bolalar ijodkorlaridan biri Shukur Sa`dulla ijodini sinfdan tashqari o’qish darslari xususida to’xtalib o’tishni o’rinli deb bildik.

Shukur Sa’dulla - shoir, dramaturg, nosir, tarjimon va noshir, kichkintoylarning ruhiy olami va yosh xususiyatlarini chuqur bilgan, insonning kelajak taqdiriga, hayot yo’liga ko’p hollarda bolalagidayoq tamal toshi qo’yilishi dolzarb masala ekanligini uqtira olgan va bolalar adabiyotining jamiyat ma’naviy hayoti va vatan istiqbolidagi roli beqiyos ulug’ ekanligini o’z asarlalarida aks etirgan noyob qalb egasidir.

Shukur Sa’dulla (1912-1972).

Shukur Sa’dulla 1912-yilning 15-yanvarida Jizzax shahrining Toshkentlik mahallasida xizmatchi oilasida tug’ildi. U 7 yoshga to’lganda mahalladagi eski maktabga boradi va u yerda tez savod chiqaradi, so’ngra yangi tashkil etilgan Narimonov nomli maktabda o’qishni davom ettiradi. 12 yoshida maktabni bitirgach, bilimini yanada oshirish maqsadida 1924-yilda Samarqand shahriga kelib, Pedagogika bilim yurtiga kiradi. Xuddi shu maskanda adabiyotga bir umr bog’lanadi, she’r mashqiga jiddiy beriladi.

Shukur Sa’dullaning dastlabki she’rlari, asosan, kattalarga mo’ljallangan. Ular shoirning o’sha davrdagi ijtimoiy-siyosiy hodisalardan olgan taassurotlarining ifodasi tarzida bunyodga kelgan. Shoirning ana shu mavzudagi she’rlari 1932-yilda

„Hayqiriq“ nomi ostida maxsus to’plam shaklida Toshkentda chop etilgan. O’n bir she’r va bir kichik dostonni o’z ichiga olgan bu birinchi kitobning nomlanishi ham

ramziy xarakterda edi. Bu davrda Samarqandda (1929-yilning boshida) bolalar adabiyoti to’g’risida kengash bo’lib o’tadi. Kengash Shukur Sa’dullaga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Unda quvnoq bolajonlarning baxtiyor hayotini ifodalash tuyg’usi kuchayadi.

Toshkent va Buxoro o’quv yurtlarida taiim olayotgan Zafar Diyor, Ilyos Muslim, Sulton Jo’ralar bolalar uchun yozish an’anasini boshlab bergan edilar. Sh. Sa’dulla ular bilan bir safda turib, ijod qila boshladi. 1931-yilda O’zbekiston Davlat nashriyotining bolalar va yoshlar adabiyoti bo’limiga muharrirlikka ishga taklif etiladi.

1950-yilda Shukur Sa’dulla Ilyos Muslim bilan hamkorlikda bolalar shoiri S.Marshakning „She’r va ertaklar“ asarini o’zbek kitobxonlariga tortiq etishdi. Shuningdek, Sh.Sa’dulla daniyalik mashhur ertakchi G.X.Andersen, rus yozuvchisi N.A.Nekrasovning asarlarini, L.Tolstoy va B.Jitkovning hikoyalarini, bolalar shoirlari M.Kvitko, A.Barto, M.Mirshakar, O. Bediyorov, M.Fayzulina she’rlarini, V.Lebedov-Kumechning yoshlik taronalarini, B.Gorbatovning „Bo’ysunmaganlar“ (1953), V.Oseyevaning „Vasyok Trubachev va uning o’rtoqlari“ (1954) qissalarini, Korney Chukovskiyning „Doktor Voyjonim“ (1966) asarini ona tilimizga taijima qilgan.

Bolalik qisqa muddatda kechsa-da, uning taassurotlari, yodi umrbod esda qoladi. Insonning kelajak taqdiriga, hayot yo’liga ko’p hollarda bolalagidayoq tamal toshi qo’yilishi hech kimga sir emas. Shunga ko’ra umrimizning ilk davrini o’ziga xos dunyo deyish mumkin. Qisqa, ammo chin ma’noda murakkab va jozibador bo’lgan bu dunyoning badiiy in’ikosi hisoblangan bolalar adabiyoti bir qarashda kattalar uchun ermakka o’xshab tuyuladi. Shuning uchun bo’lsa kerak, ba’zan nazar-pisand ham qilinmaydi.

Aslida-chi? Nafsilamrini aytganda, bolalar adabiyotining jamiyat ma’naviy hayoti va vatan istiqbolidagi roli beqiyos ulug’dir. Bolalar yozuvchisining kitobxon oldidagi mas’uliyati ham, baxti ham shuning bilan belgilanadi. Uning kitobxonlari doirasi ancha keng. Bolalarga bag’ishlab yaratilgan asarlarni kichiklar

ham, kattalar ham birdek sevib o’qiydi, zavqlanadi. Juda bo’lmasa, bolaligida o’qib olgan zavq-shavqini bobo-buvi bo’lganda ham unutmaydi.

Shoir, dramaturg, nosir, tarjimon va noshir Shukur Sa’dulla shunday ijodkorlar toifasiga mansub. Shoirning 50-yillar bolalarini cheksiz quvonchlarga chulg’agan:

Yomg’ir yog’aloq Yam-yashil o’tloq, Endi ekinlar Chiqarar quloq.

(«Yomg’ir yog’aloq»)

Yoki:


Oydin, Lola g’oz bo’ldi, O’yinimiz soz bo’ldi,

Bolta bir o’zi tulki, Turishi bo’ldi kulki. («Tulki bilan g’ozlar»)

deb boshlanuvchi dilkash va quvnoq, o’ynoqi she’rlarini hozir nevarali bo’lganimizda ham sog’inch bilan eslab yuramiz. Ular hozirgacha darslik va xrestomatiyalardan tushmay, xalqimizning ma’naviy mulkiga aylanib qolgan.

Jizzaxdagi Narimonov nomli maktabda o’qib yurganidayoq badiiy adabiyotga ishtiyoqi kuchli bo’lgan Shukur Sa’dulla o’z ijodini 30-yillardan boshlaydi. 1932-yilda bosmadan chiqqan «Hayqiriq» nomli ilk to’plami yosh shoirning kelajagiga umid va ishonch uyg’otadi. Shundan keyin ketma-ket «Uch ayiq», «Ayyor chumchuq», «Sen nima qilding?», «Shohista», «Dumsiz tulkilar» to’plamlari e’lon qilinadi.

Shoir she’rlari, asosan, kichik yoshdagi bolalarga mo’ljallangan bo’lib, hayotdagi voqea-hodisalar, narsa-buyumlar mohiyati, ko’rinishi va ahamiyati haqida muayyan tushuncha – bilim berishga qaratilgan. Bu jo’n tushuncha bo’lmay, kichkintoylarning hayot haqidagi qarashlariga, tasavvurlariga to’la-to’kis

hamohangdir. Ayni paytda, o’sha qarash va tasavvurlarni to’ldirib, yanada boyitishga xizmat etadi.

Masalan, yuqoridagi tilga olganimiz «Yomg’ir yog’aloq» she’rining birinchi to’rtligida yomg’ir yoqqach, o’tloqlarning yam-yashil bo’lishi, ekinlarning quloq chiqarishi to’g’risida umumiy ma’lumot beriladi. Ikkinchi to’rtlikda esa yomg’ir yog’ishi bilan bog’liq manzara chiziladi. To’g’rirog’i, kitobxon diqqati tanish bo’lsa-da, unchalik e’tibor beravermaydigan manzaraga jalb qilinadi. Ya’ni yomg’ir suvlarining tarnovlardan oshib, shoshib tushib, ariqlarga quyilishi haqida gap ketadi. Ammo u oddiy ma’lumot emas. Tarnovlardan oshib, shoshib tushishi kichik kitobxon ruhiyatiga juda mos keladi. Shu bois, u kitobxonga ma’lumot berish bilan birga zavq ham bag’ishlaydi, fikr uyg’otadi.

Misralardagi hijolarning qisqaligi (har misra 5 bo’g’indan iborat) va to’q qofiyalarning (yog’aloq-o’tloq-quloq; oshib-shoshib-toshib va hokazo) qo’llanishi she’rning badiiy soddaligini, misralarning ovoz uzmay, bir zarb bilan o’qilishini ta’minlaydi.

Shoir asarlarining yutug’ini tayin etgan omillardan yana biri qofiyadosh so’zlardan tashqari misralarning ichida ham o’xshash, hamohang tovushlardan unumli va o’rinli foydalanishidir. Masalan:

Men qushchaman – kichkina, Tillarim chuchukkina.

Ola-chipor qanotim, Bilsangiz – chittak otim. («Chittak»)

She’rdagi «qushchaman», «kichkina», «chuchukkina», «ola-chipor»,

«chittak» so’zlaridagi ch tovushining takror-takror kelishi asarga ravonlik bag’ishlaydi, qolaversa, bolaning og’zaki nutqini o’stiradi.

Kichkintoylarning ruhiy olami va yosh xususiyatlarini chuqur bilgan Shukur Sa’dulla asarlarining katta qismini syujetli, voqeaband she’rlar tashkil etadi.

«Shoir she’rlarining muvaffaqiyati shundaki, – deb yozgan edi, O’tkirRashid, – ular umumiylikdan, quruq ritorikadan uzoq bo’lgan syujetli va voqeaband she’rlardir. Ma’lumki, voqeabandlik, ayniqsa, bolalar asari uchun muhim ahamiyatga ega. Bunday she’r bolani zeriktirmaydi. U xuddi hikoya yoki ertak kabi bola ongiga, xotirasiga oson singadi».

Sinchiklab ko’zdan kechirilsa, Shukur Sa’dulla she’rlaridagi voqeabandlik xalq og’zaki ijodining samarali ta’siri natijasi ekanini fahmlash qiyin emas. Darhaqiqat, shoir qator xalq ertaklarini qayta ishlab, «Dumsiz tulkilar», «Ikki sandiq», «Uch tulki», «Qarg’avoy», «Tulki bilan Turna» nomlari ostida chop ettiradi. O’zi ham «Ikki donishmand», «Ayyor chumchuq», «Laqma it», «Och bo’ri, sho’x qo’zi va qirchang’i» kabi talay ertaklar yaratadi. Adibning «Kachal polvon», «Yoriltosh» asarlari ham xalq og’zaki ijodidan ruhlanib yozilgan. Filologiya fanlari doktori O.Safarov: «Xalq ertaklari ustidagi qizg’in amaliy ijodiy faoliyat jarayonida Shukur Sa’dulla ko’p narsa o’rgandi, xalq ijodiy laboratoriyasining aslahalari bilan qurollana bordi, xalq tiliga xos donolik, burrolik, samimiylik, qochirimdorlik barcha sirlaridan voqif bo’la bordi», deganida tamoman haqdir.

Bolalar adabiyoti xususida so’z yuritganda uning tarbiyaviy vazifani bajarishiga hamisha alohida urg’u beriladi. Aslida shunday bo’lishi tabiiy. Negaki, u nima yaxshi-yu, nima yomonligini tushunishga, hayotni va o’zligini anglashga, axloq-odobga o’rgatadi. Bu xususiyat, shubhasiz, Shukur Sa’dulla asarlariga ham taalluqlidir.

Kezi kelganda, shoirning «Tulki bilan g’ozlar», «Mitti», «Uloqcha», «Bola bilan to’rg’ay», «Chuchvara qaynaydi», «To’rt fasl» kabi she’rlariga tarbiyaviy ruhni nihoyatda ustalik bilan singdirgani holda «Ozoda», «Mening ayam»,

«Dastyor qiz» singari ayrim asarlarida quruq pand-nasihat darajasiga tushirib, qo’yganini ham ta’kidlash zarur. «Ozodaliging uchun rahmat» deb olqishlash yoki

«to’g’ri o’tir», «to’g’ri yur» qabilida dakki berish adabiyotning vazifasiga kirmaydi.

Tasvirda qisqalik, ravonlik ijodkorning kichik hikoyalariga ham xos etakchi xususiyatdir. Ular, hatto, hajm jihatidan kichik she’rga teng bo’lib, mag’zi to’q va u yoki bu masala haqida kitobxonda yaxlit tasavvur uyg’otishga qodir. Masalan, chol bilan bolaning suhbati shaklidagi «Anqov» hikoyasi bor-yo’g’i bir necha satrdan iborat. Ammo uning katta-yu kichikka xos anqovlik illati haqida ma’lum tushuncha berishiga shubha yo’q. Har qanday illatning bolalikdan boshlab shakllanishi nazarda tutilsa, bu xildagi asarlarning tarbiyaviy qimmati yanada ortadi. Yozuvchining «Qaysar bolalar» hikoyalarida ham u yoki bu illat yorqin ko’rsatiladi.

Adibning «Komandirning boshidan kechirganlari», «Kachal polvon», «Aziz qishlog’im» qissalari o’zbek va rus tillarida qayta-qayta nashr qilindi. «Yoriltosh»,

«Afsonani enggan qiz» ertak-pesalari uzoq yillar teatrlarimiz sahnasidan tushmadi. ShukurSa’dulla ko’p qirrali ijodkor edi. Jahon va rus adabiyotining namoyandalaridan G.X.Andersenning qator ertaklari, A.Pushkin, S.Marshak, S.Mixalkov, K.Chukovskiyning she’r va ertaklari, L.Tolstoy, B.Jitkov,

V.Oseyevalarning qissa va hikoyalari Shukur Sa’dulla tarjimasida o’qib kelinmoqda.

Q.Hikmatning obrazli ta’rifi bilan aytganda, Shukur Sa’dulla o’zbek bolalar adabiyotining «kapitanlaridan» biri edi. Uning asarlari hali juda ko’p avlodlarni chin insonlikka o’rgatadi, vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashga xizmat etadi.

«Biz, – deb yozgan edi Qudrat Hikmat bundan chorak asr muqaddam, uning qiyofasida to’rtta Shukur Sa’dullani ko’ramiz: Shukur Sa’dulla – shoir, Shukur Sa’dulla – dramaturg, Shukur Sa’dulla – prozaik, Shukur Sa’dulla – tarjimondir.

Katta-kichik hamkasblar unga havas qilib, tez-tez uchrashishga oshiqamiz. Maktablarda, bog’chalarda… talabchan kitobxonlar behad shodlanib: – Xush kelibsiz, Shukur aka! – deb kutib olishadi».

Biz endi yozuvchi bilan uning asarlari orqali uchrashamiz. Bu uchrashuv har bir kitobxon uchun, shubhasiz, zavqlidir.


Xulosa


O’zbekiston Respublikasining istiqlolga erishuvu natijasida ta’lim jarayoni tub islohotlarni amalga oshirish imkoniayati kengayib bormoqda. Hozirgi paytda sifatli bilim olish va berish uning texnologiyasiga bog’liqligi barchaga ma’lum.

Boshlang’ich sinfda bilim berish jarayoniga qo’yilgan maqsad o’quvchilarni dunyoqarashi, mustaqil fikrlashi va bilim olish doirasini kengaytirishdan iborat. Bunga albatta ona tili ta’limotini o’rni g’oyat beqiyos, shularni esda tutgan holda men ushbu kurs ishimning yakunida quyidagi xulosaga keldim:



  • Bugungi ta’lim tizimida biz avval maqsadni belgilab, so’ng natija sari intilishimiz zarur.

  • Ta’lim jarayonida yangiliklarni bilib borishimiz lozim; ana shundagina bu sohada buyuk oz’garishlar yasay olamiz.

Mustaqil O’zbekiston Respublikasining har tomonlama rivojlanishi va amalgam oshirilayotgan islohat muoffaqiyati yosh avlodning bilimi tarbiyasi va madaniyatining qay darajadan shakinlanganligigi bog’liq.O’quvchilarni har tomonlama yetuk ma`naviy barkamol bo’lib kamol topishlari badiiy adabiyot, shu jumladan,sinfdan tashqari o’qish darslarining ahamiyati beqiyos.

Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari o’qish darslarida Shukur Sa’dullani she’riy asarlarni o’rganish o’quvchilarning axloqiy sifatlarni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega



Yüklə 290,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin