Didaktika-ta`lim nazariyasi sifatida


O’qish. O’qish jarayonining asosiy g’oyalari



Yüklə 63,56 Kb.
səhifə12/15
tarix11.11.2023
ölçüsü63,56 Kb.
#132203
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Didaktika-ta`lim nazariyasi sifatida

O’qish. O’qish jarayonining asosiy g’oyalari:


  • o’qish-bevosita bajariladigan jarayon bo’lib, uning yordamida odamlar butun hayotlari davomida yangi axborotlar oladi;

  • bolalarni o’qishga o’rgatishning o’zi kamlik qiladi, ularni chuqur o’ylanib o’qishga o’rgatish kerak va bular natijasida o’quvchi- tinglovchilarda yangi fikr paydo bo’lib, ularning ilmiy ijodga kirib kelishi ta’minlanadi;

  • o’qish oddiy o’rganish fani emas, balki fikrlash va dunyoni bilish qurolidir;

  • o’qish va o’qiganda javoban ta’sirlanish tanqidiy tahlilning asosiy yo’lidir;

  • har xil fanlarni o’rganish, odatda ta’lim oluvchidan juda ko’p mustaqil o’qishni talab qiladi, shuning uchun o’qish jarayonini tushunish aniq fan bo’yicha o’qilganni o’zlashtirishni va tahlil qilishni yaxshilash mumkin;

  • o’qish va yozish orasida chambarchas aloqa bor. Bu aloqani tushunish o’qitish jarayonini boyitadi va rag’batlantiradi.

O’rgatish-ijtimoiy xulq-atvorni oddiy shaklga aylantirish maqsadida ta’lim oluvchilar bilan rejali va tizimli tarzda tashkil etiladigan turli harakatlar, tashkiliy va amaliy ishlarga undovchi

faoliyatdir. O’rgatish ta’lim oluvchilarni tarbiyalash va rivojlantirishning barcha bosqichlarida samarali vosita sanaladi.
O’rganish - anglash, mashq qilish va egallangan tajribalar asosida xulq- atvor va faoliyatning yangi shakllarini egallash jarayoni, oldin egallanganlari o’zgaradi.
O’rganish-axborotdan foydalanish va turli harakatlarni ko’rsatilgan tartibda mustaqil bajarish ko’nikmalarini egallash.
O’qitish - qo’yilgan maqsadga erishishga yo’naltirilgan pedagog bilan o’quvchilarning tartiblangan o’zaro harakati.
Maqsad (o’quv, ta’limiy) - o’qitish nimaga qaratilganligi, uning kuchlari kelgusida nimaga safarbar etilishi.
Maqsad-qo’yilgan muammo (maqsad) yechimiga intilishi yo’nalishi va bu boradagi harakatlar natijasi.
Maqsadlar ta’limni boshqaruv faoliyatiga qarab, aynan bir oddiy ta’limiy masala yechimiga qaralishidan tortib uzluksiz ta’lim tizimidagi turli faoliyatlargacha belgilanib berilaveradi.

Yüklə 63,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin