ochishni nazarda tutadi.
Bilim bilishni amalga oshiruvchi asosiy omil bo’lib, dunyoni bilishning negizini tashkil etadi va u tufayli ilm, fan, texnika- texnologiyalar rivojlanishi ta’minlanadi. Demak, bilimni ob’ektiv mavjudod haqidagi yoki muayyan sohaga oid ma’lumotlar majmui, deb ham ifodalash mumkin.
Bilimlar- bu odamlarning ijtimoiy-siyosiy amaliyot jarayonida to’plangan umumlashgan tajribasidir.
Ilmiy bilimlar, ob’ektiv olamni ancha to’g’ri (batafsil) ifodalaydi.
Ular doimiy emas, ular o’zgarib, rivojlanib, takomillashib boradi va natijada doimiy iste’moldagi bilimga aylanadi, ya’ni ular tadrijiy (evolyutsion) tarzda rivojlanib turadi. Bilimlar asosida tinglovchilarning
kuzatuvchanlik, sinchkovlik, tafakkur, xotira singari bilish
qobiliyatlari rivojlanadi, ularda e’tiqod hosil bo’ladi, ilmiy dunyoqarashni shakllantiruvchi g’oyalar tizimi tarkib topadi.
Dostları ilə paylaş: