Dilshodi Barno hayoti ijod yo‘li Dilshodi Barno ijodining o‘rganilishi



Yüklə 4,06 Mb.
tarix15.12.2023
ölçüsü4,06 Mb.
#140920
хўжамурадова мадинабону 2


Dilshodi Barno hayoti ijod yo‘li
Dilshodi Barno ijodining o‘rganilishi
Dilshodi Barno g‘azallari
Dilshodi Barno hayoti va ijodi
"Munojot” - Allohga iltijo tarzida yaratilgan nasriy asar
bo'lib, "Hamd” , "Na’t” va “Munojot” deb atalgan uch qismnio‘z ichiga oladi. “Hamd”da Allohning buyukligi, abadiyligi
haqida so‘z borsa, “Na’f ’da Payg'ambarimiz rasuli akram ta’riflari
ketiriladi. Asarning “Munojot” qismi bevosita shoirning
Allohdan najot so'rab qilgan iltijolariga bag'ishlangan.
Asarning
har bir jumlasi Allohga murojaat, ya’ni “ilohi” so'zi bilan
boshlanadi. Navoiy o'zini behad gunohkor, yaratganni pok va
akram (karamli), o'zini cheksiz isyonkor va Xoliqni rahmli va
mehribon deb atar ekan, ichki qofiya, tazod, ishtiqoq san’atlarining
betakror namunalari Shoir his-tuyg'ulari bilan uyg'unlik
kasb etganligini ko'ramiz:
Ilohi, akram ul-akramin - sen va men - gunohkor.
Ilohi, arham ar-rohimin - sen va men - tiyraro“zgor.
Ilohi, agarchi jurmu isyondin o‘zga ishim yo'q, ammo sendin
o'zga ham kishim yo'q...
“Munojot” asari mohiyatan Haq vasliga tashna, orif lik
maqomiga erishgan oshiqning hissiyotlarini o'zida aks ettirib,
janriy jihatdan nazm va nasr xususiyatlarini namoyon qiladi.
Asarning o'ziga xos musiqiy ohangi, saj’ usulidan mahorat bilan
foydalanilganligi uning badiiy jihatdan qiymatini oshirgan, deb
aytish mumkin. Mazkur asar o'zining g'oyaviy va badiiy xususiyatlari
bilan mumtoz adabiyotimizdagi shoh asarlari sifatida
o'z o'rniga egadir.
Alisher Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat” (to'liq nomi
“Nasoyim ul-muhabbat min shamoyil ul-futuwat” - “Mardlik
xushbo'yliklarini taratuvchi muhabbat shabadalari”) asari
1495-96-yillarda yaratilgan bo'lib, Abdurahmon Jomiyning
“Nafahot ul-uns min hazarot ul-quds” (“Muqaddas dargohdan
esgan do'stlik tarovati”) asarining ijodiy tarjimasidir.
Asarning tanqidiy matni muallif yashagan davrda ko'chirilgan
nusxa asosida 1996-yil Turkiya (Anqara)da Kamol Eraslon
tomonidan yaratilgan.

Asarning tanqidiy matni muallif yashagan davrda ko'chirilgan nusxa asosida 1996-yil Turkiya (Anqara)da Kamol Eraslon tomonidan yaratilgan. 2011-yil navoiyshunos olim H.Islomov ham mazkur asarning ilmiy-tanqidiy matnini yaratib, chop qildirdi. Asarda milodiy VHI asrning boshidan XV asrning oxiriga qadar Osiyo, Afrika va Yevropa qit’alarida yashab o'tgan avliyolarning tarjimai holi, ibratli hikoyatlar hamda o'git va hikmatlaridan namunalar keltirilgan. Asar muqaddima, asosiy qism va xotimadan iborat.


Yoki shariatda zakot molning qirqdan bir
qismini faqirlarga berish bilan amalga oshirilsa, valiylar qo'lidagi
narsaning ortig'i bilan ehson qilishni zakot deb bilishlari
haqida ibratli fikrlar keltiriladi (shayx Abu Bakr Shibliyning
bir faqihga bergan javobi misolida).
Bundan tashqari, luqma halolligiga erishish uchun har bir
valiy zot o'z kasbi koriga ega bo'lgan. Masalan, Shayx Abu Said
Xarroz, Xoja Abdulloh Ansoriylar etikdo'zlik, shayx Muhammad
Sakkok pichoqchilik, shayx Abu Hafz Haddod temirchilik bilan
mashg'ul bo'lganlar.
“Nasoyim ul-muhabbat” bir tildan ikkinchi tilga aynan o'girilgan
asar emas, balki ijodiy yondashuvga tayanilgan erkin
tarjima namunasi hisoblanadi. Bunga bir necha sabab bor:
birinchidan, “Nafahot ul-uns” murakkab ilmiy-nazariy asar
bo'lib, undagi arabcha va forscha ta’birlar va hikmatlar asosan
ramz va ishora tilida aytilganligi sababli tasavvuf istilohlaridan
bexabar kimsaning bu so'zlar mohiyatini anglashi qiyin kechadi.
Jomiy tazkirasining muqaddimasida
valiylik nazariyasiga ilmiy yondashilganligi sababli, Navoiy
turkiyzabon o'quvchilar dunyoqarashini hisobga olgan holda mustaqil
ravishda nisbatan sodda va tushunarli muqaddima yozgan;
ikkinchidan, Jomiy o'z asarini yozishda asosan Imom Yofi’iy,
Sullamiy hamda Ansoriyning tazkiralariga tayangan. Navoiy
esa asosiy manba - Jomiyning tazkirasidan tashqari, Farididdin
Attorning “Tazkirat ul-avliyo” asaridagi 19 nafar mashhur avliyo,
Shayx Farididdin Shakar ganj dan so'ng Hindistonda yashab
o'tgan 31 shayx, shuningdek 100 dan ortiq turk mashoyixlari
haqidagi ma’lumotlarni qo'shimcha tarzda keltirgan.

E’tiboringiz uchun rahmat!


Yüklə 4,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin