O’tilgan mavzu bo’yicha savollar:
O’rta Osiyo xalqlari diniy tajribasi tarixi qaysi davrdan boshlanadi?
Islomlashuv jarayonida milliy madaniy qadriyatlar ahamiyati qanday?
O’rta Osiyolik qanday olimlarni bilasiz?
Islom ta’limotini rivojlantirishda o’rta osiyolik ulamolarning roli qanday?
Yevropa madaniyati kirib kelishi bilan diniy hayotda qanday o’zgarishlar yuz berdi?
Diniy ekstremizmga qarshi kurashda nimalarning ahamiyati bor?
Adabiyotlar:
Karomatov ?. ?ur’on va o’zbek adabiyoti. T.: FAN, 1993.
Xayrullaev M.M. Uy?onish davri va Shar? mutafakkirlari. T.: FAN, 1971.
Bosworth C.E. The New Islamic Dynasties. A chronological and genealogical manual. Edinburgh: University Press, 1996.
Bibliography of Islamic Central Asia. Compiled and edited by Yuri Bregel. Parts I-III. Bloomington: Indiana University, 1995.
DeWeese D. Islamisation and Native Religion in the Golden Horde. Baba Tukles and the Conversion to Islam in Historical and Epical Tradition. Pennsylvania: Pennsylvania State University Press, 1994.
Kavakc?, Yusuf Ziya. XI ve XII. As?rlarda Karahanl?lar Devrinde Mavara’ al-Nahr Islam Hukukcular?. Ankara, 1976.
Kurt H. Orta Asya’n?n Islamlashma Sureci (Buhara ornegi). Ankara. 1998 (Fecr Yay?nlar?, 58).
Madelung W. The Spread of Maturidism and the Turks // Actas IV Congresso de Estudos Arabes e Islamicos. Coimbra-Lisboa 1 a 8 de Setembro de 1968. Leiden: E.J.Brill. 1971, B. 109-168.
Madelung W. The Early Murji’a in Khurasan and Transoxania and the Spread of Hanafism // Der Islam, LIX (1982), B. 32-39.
Paul J. Doctrine and Organisation: The Khwajagan / Naqshbandiya in the First Generation after Baha’uddin // ANOR. No. 1. Halle-Berlin, 1998.
Subtelny, Maria Eva and Khalidov, Anas B. The Curriculum of Islamic Higher Learning in Timurid Iran in Light of the Sunni Revival under Shah-Rukh // Journal of the American Oriental Society, 115 (1995), B. 210-236.
Babadjanov B.M. Politicheskaya deyatelьnostь shayxov Nakshbandiya v Maverannaxre (1 pol. XVI v.). Dissertatsiya na soiskanie uchenoy stepeni kandidata istoricheskix nauk. T., 1996.
Bolьshakov O.G. Gorod v kontse VIII-nachale XIII v. // Belenitskiy A.M., Bentovich I.B, Bolьshakov O.G. Srednevekovыy gorod Sredney Azii. Leningrad, 1973, B. 132-352.
Ibragimov N. Ibn Battuta i yego puteshestviya po Sredney Azii. M., 1988.
Islam na territorii bыvshey Rossiyskoy imperii. Entsiklopedicheskiy slovarь. Pod redaktsiey S.M.Prozorova. Vыpuski 1-3. M., 1998-2001.
Kamaliddinov SH.S. «Kitab al-ansab» Abu Sa’d Abdalkarima ibn Muxammada as-Sam’ani kak istochnik po istorii i istorii kulьturы Sredney Azii. Tashkent: FAN, 1993.
Kochnev B.D. Musulьmanskiy chekan Sredney Azii // Islam na territorii bыvshey Rossiyskoy imperii. Vыpusk 3 (2001), B. 69-71.
Radtke, Bernd. Teologi i mistiki v Xurasane i Transoksanii // Sufizm v Tsentralьnoy Azii (zarubejnыe issledovaniya). Sbornik statey pamyati Frittsa Mayera (1912-1998). Sostavitelь i otvetstvennыy redaktor A.A.Xismatulin. Sankt-Peterburg, 2001, B. 40-76.
NOAN`ANAVIY DINIY TIZIMLAR
Oxirgi yuz yilliklar ichida, ya’ni XIX-XX asrlarda oldingilari bilan qorishgan yangi dinlar paydo bo’ldi.
Ulardan bir qanchasi Yaponiyada paydo bo’lgan. Ushbu dinlardan biri bu – «Tenri»dir. Tenri yaponcha «samoviy aql» deganidir. Unga ikki mln. kishi e’tiqod qiladi, u sintoizm asosida XIX asrning 30-yillarida vujudga kelgan. Hozirgi paytgacha ayrim tadqiqotchilar uni sintoistik sektaning tarafdorlari deb hisoblaydilar. U 1912 yilda buddizm muhitida sinkretik diniy tashkilot ingliz-yapon aralashuvini bildiruvchi PL (inglizcha Perfect Liberty – «mutlaq ozodlik» so’zining qisqartma shakli) kyodan (yaponcha «diniy tashkilot» ma’nosini bildiradi; uning uch mln.ga yaqin tarafdorlar mavjud), shuningdek sekay kyusey (yaponcha «jahon missionerligi»; bir mln.ga yaqin tarafdorlari mavjud) va seytyo-no ie (yaponcha «o’sish uyi»; tarafdorlari to’rt mln.ga yaqin) va XIX asrning 20-yillarida ko’plab Omoto sintoistik sektalari va boshqa dinlarning ta’limotlaridan qabul qilgan va unga mos ravishda qoidalar ishlab chiqqan.
Koreyada ham sinkretik din va sektalar paydo bo’ldi. Ularning ichida qadimiyrog’i – chxondogyo bo’lib, 1860 yilda tashkil topgan va ikki yarim mln. tarafdorlari mavjud.
«Yangi dinlar» Vьetnamda ham bor. Bu kaoday (Kaoday ruhi nomi bilan atalgan bo’lib, vьetnam tilida «oliy qasr» ma’nosini bildiradi) dini bo’lib, 1919 tashkil topgan. U buddizm va xristianlikning qorishuvi va konfutsiychilik va daosizmning ta’siri ostida paydo bo’lib, uning tarafdorlari 2 mln. ga yetadi. Xaoxao (bunday deb nomlanishi, asoschisi tug’ilgan qishloq nomi bilan bog’liq) yo’nalishi 1939 yilda tashkil topgan bo’lib, uning asosiy maqsadi buddizmdagi txeravadin yo’nalishini isloh qilishga mo’ljallangan (1,5 mln. ga yaqin tarafdori mavjud).
Shuni eslatib o’tish joizki, sinkretik sektalar Gonkongda paydo bo’lib, ya’ni konfutsiychilik, daosizm, buddizm, xristianlik va islom dini asosida shakllandi.
Yangi dinlar faqat Osiyo davlatlarida emas, balki Amerika va Yevropa davlatlarida ham paydo bo’ldi. Shunday qilib XX asrning o’rtalarida AQShda saentologiya cherkovi tashkil topdi. Hozirgi vaqtda bu yo’nalishga dunyoning yuzdan ortiq mamlakatida 8 mln. ga yaqin kishi e’tiqod qiladi. Uning asosiy karashlari kishilarga izoterik ilmlar berish va shu orqali odamning ruhiy sog’lomlashtirish ishlarida namoyon bo’ladi.
«Yangi dinlar» hozirgi vaqtda «Yangi asr» (New Age – yangi era) deb ham ataladi. Ushbu diniy ta’limot AQSH va Yevropaning ko’pgina mamlakatlarida har xil e’tiqod va odamlarning turli qarashlari okkulьtizmda xudo va inson o’rtasidagi chegara bilmaslikdir.
Ba’zan yangi dinlar sinkretik kulьt sifatida turli dinlarning uchrashgan joylarida paydo bo’ladi. Masalan, Yavadagi agama-djavu islom, hinduizm, buddizm ta’siri ostida mahalliy diniy ta’limot sifatida shakllandi. Katolitsizm elementlari hindiy kulьt (peyotizm, sheykerizm va h.k.) va Amerika negrlarining afro-xristian kulьtlari (Santeriya, Vudu, Umbanda va h.k.) bilan aralashib, yangi ta’limotlar vujudga keldi.
Yangi dinlarga e’tiqod qiluvchilarning umumiy soni 112 mln. kishidan ortiq. Ko’pincha «Yangi din» termini bir qator marginal protestantik denominatsiyalarni (mormonlar, munistlar va hatto iegovistlar ham), metabuddist sektalarni (Nitiren syosyu, Rey yu kay, Rissyo kosey kay ), hinduiy bo’lmagan sektalarni (Transtsendental meditatsiya, Ananda marg, Braxma Kumaris, Ilohiy kuchning topshirig’i, Xalqaro krishnait jamiyati va h.k.) anglatadi.
Dostları ilə paylaş: |