Isno’ashariya manbalari. Bu firqaning ta’limotini asoslab beruvchi ko’plab kitoblar mavjud. Misol tariqasida Ja’far ibn Hasan al-Halabiyning «Sharo’i’ al-islom», Muhammad ibn Hasan an-Najdiyning «Javohir al-kalom», Muhammad ibn Yusufning «Tazkirat al-fuqaho’» va boshqalarni keltirish mumkin.
Isno’ashariya imomlari quyidagilar: Ali ibn Abi Tolib (al-Murtazo);
al-Hasan ibn Ali (al-Mujtabo);
al-Husayn ibn Ali (ash-Shahid);
Ali Zayn al-obidin ibn al-Husayn (as-Sajjod);
Muhammad ibn Ali (al-Boqir);
Ja’far ibn Muhammad (as-Sodiq);
Muso al-Kozim ibn Ja’far as-Sodiq (al-Kozim);
Ali ibn Muso (ar-Rizo);
Muhammad al-Javod ibn Ali (at-Taqiy);
Ali al-Hodi ibn Muhammad al-Javod (an-Naqiy);
al-Hasan al-Askariy ibn Ali al-Hodi (az-Zakiy);
Muhammad al-Mahdiy ibn al-Hasan al-Askariy (al-Hujjat al-Qo’im al-Muntazir).
Bu firqaning markazlashgan joyi Erondir. Undan tashqari Ozarbayjon, Suriya, Livan, Falastin, Hindiston va Pokistonda «Isno’ashariya» oqimi vakillarini uchratish mumkin.