Diqqat va xotira psixik jarayon sifatida



Yüklə 10,47 Kb.
səhifə1/2
tarix13.12.2023
ölçüsü10,47 Kb.
#140540
  1   2
Diqqat va xotira psixik jarayon sifatida-fayllar.org


Diqqat va xotira psixik jarayon sifatida

Diqqat va xotira – psixik jarayon sifatida


Reja:

Kirish.

  1. Diqqat va xotira haqida tushuncha.

  2. Diqqat va xotira turlari jarayonlari.


Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.




Kirish.
Inson his qilgan barcha narsa va hodisalar izsiz yo`qolmaydi. Ular ma’lum miqdorda xotirada saqlab qolinadi, mustahkamlanib va kerak bo`lganda qayta esga tushiriladi. Odamda tasavvurlarning mavjudligi bizning idrokimiz miya po`stlog`ida qandaydir izlar qoldirilishidan, ular ma’lum vaqt davomida miyada saqlanib turishidan dalolat beradi. O`tmish tajribamizda nimaiki hodisa yuz bergan bo`lsa, shuni esda olib qolish, esda saqlash va keyinchalik esga tushirishi yoki tanish xotira deb aytiladi. Agar odamlar o`zlarining o`tishish tajribalarini esda saqlay olmasa va qayta tiklash qobiliyatiga ega bo`lmasa bilimlarni egallashning har qanday imkoniyatidan mahrum etilgan va ularning aqli darajasida qolavergan bo`lar edi. Shu sababdan ham har bir odamning vazifasi o`z xotirasini boyitishdan iboratdir. Esda olib qolish jarayonida odamda bir narsa yoki hodisa bilan boshqa narsa yoki hodisa o`rtasida o`zaro aloqa bog`lanadi. Masalan, biz yangi topishgan kishining ismini esda qoldirishda bu isimni hamma mazkur kishi bilan uning tashqi qiyofasi va boshqa xususiyatlari bilan bog`laymiz. Ma’lum bir tarixiy faktni o`zlashtirishda uni boshqa tarixiy hodisalar bilan bog`laymiz, uning ma’lum bir davrga taalluqli ekanini aniqlaymiz. Shunday qilib esda qoldirish - biron bir yangi narsani ilgaridan odam ongida mavjud bo`lgan boshqa narsa bilan bog`lashdan iborat.


  1. Diqqat va xotira haqida tushuncha.

Diqqat - kishi faoliyati barcha turlari, eng avvalo mehnat va o`quv faoliyati samaradorligini muhim va zarur shartidir. Mehnat qanchalik murakkab va mas’uliyatli bo`lsa, u diqqatga shunchalik katta talablar qo`yadi.


Ziyraklik kishiga uning kundalik hayotida, turmushida, boshqa odamlar bilan munosabatga kirishishida zarurdir. O`quvchilarning diqqat e’tibori o`quv tarbiya jarayonini muvaffaqiyatli tashkil etishning asosiy shartlaridan biridir. Ta’lim olishda diqqatning rolini ta’kidlarkan, buyuk rus pedagogi K.D.Ushinskiy «diqqat aynan shunday bir eshikka, tashqi olamdan kishi qalbiga kirib keladigan jamiki narsalarning barchasi shu eshik orqali kiradi» - deb yozgan edi. Diqqat individning hissiy, aqliy eki harakatlantiruvchi faolligi darajasininig oshirilishini taqoza etadigan tarzda ongning yo`naltirilganligi va bir narsaga qaratilganligidir. Soddaroq qilib aytadigan bo`lsak, diqqat - deb ongimizning bir nuqtaga to`plab, ma’lum narsa va hodisalarga aktiv yo`naltirilganiga aytiladi. Biz faoliyatimiz jarayonida idrok va tasavvur qiladigan har bir narsa, har bir hodisa, qilgan ishimiz, uy va fikrlarimiz diqqatining ob’ekti bo`ladi. Diqqat paytida ongning bir nuqtaga to`planishi, ong idrokning torayishidan iboratdir. Ongning eng yuqori nuqtasi diqqatning markazi deb ataladi. Ana shu nuqtaga tushgan barcha narsalar, ya’ni idrok qilinayotgan predmetlar, tasavvurlar fikrlar to`la yorkin holda aks ettiriladi. Diqqat sezgi, idrok, xotira, xayol, tafakkur va harakat jarayonlarida namayon bo`lishi mumkin. Diqqat aqliy jarayonlarning sifatini ta’minlaydigan ichki aktivlikdir. Diqqat har qanday faoliyatning muhim shartidir.
Xotirani tajriba asosida psixologiya asosida tadqiq etish, X1X asrning 80-yillariga to`g`ri keladi. 1885 yilda nemis psixologi Ebbingous xotirlab qolish jarayonlari haqida kitobini yaratadi.
XX asrning 30-yillarida Rossiya psixologlari L.S.Vigodskiy, A.N.Leont’ev, A.N.Zankov, T.I.Zinchinko kabilar xotiraning turli jihatlarini o`rganadilar.
Diqqatning biror narsaga qaratishi ob’ektga bog`liq holda diqqatning namoyon bo`lishini quyidagi shakllarini; sensor, aqliy, harakatlantiruvchi shakllarni ajratib ko`rsatadilar. Hozirgi vaqtda sensor (ko`rish va eshitish) diqqati ko`proq o`rganilgandir. Diqqatning fiziologik asoslarini tushunib etishga buyuk rus fiziologlari I.P.Pavlov va A.A.Uxtomskiylarning ilmiy ishlari katta ahamiyatga ega. Nerv sistemasining alohida reaktsiyalari orientir reflekslar haqida I.P.Pavlov ilgari surgan tasavvurida ixtiyorsiz diqqatning g`ayri ixtiyoriy tabiati haqida taxmin bor edi. Hozirgi zamon mas’uliyatlariga qaraganda orientir reflekslar juda ham murakkabdir. Ular organizmni anchagina qismlarining faolligi bilan bog`langan. Diqqatning fiziologik mexanizmlarini tushunib etishda dominanta (nasldan - naslga o`tuvchi asosiy belgi) printsipi alohida ahamiyatga ega. A.A.Uxtomskiyning fikriga ko`ra, miyada hamisha qo`zg`alishning ustun va hukmronlik qiluvchi markazi mavjud bo`ladi. Diqqat miya faolligini muayyan darajasida yuz berishi mumkin. Demak, diqqatning fiziologik asosini bosh miya pusti qismidagi “optimal qo`zg`alish nuqtasi” tashkil qiladi. Miya po`stining optimal qo`zg`algan joyi o`z o`rnini almashtirib turishi, diqqatni bir narsadan ikkinchi narsaga kuchishini va shuning bilan birga, ongimizning ma’lum narsa, ma’lum faoliyat turiga qarata yo`naltirilishi va to`planishini shartlaydi. Shunday qilib, diqqat bir qator miya tuzilmalari faoliyati bilan bog`liqdir. Lekin diqqatning har xil shakllari va turlarini tartibga solishda ularning roli turlichadir.
Sechenov I.N. xotirani hayvon va inson tuzilishini eng muhim mo`’jizasi deb bejiz aytmagan. Tashqi va ichki kuzgatuvchilarlarning ta’siri tufayli miyada qo`zg`alishlar vujudga keladi. Ularning izlar yo`qolib ketmaydi. Natijada nerv qo`zg`alishlar oson va tez boradi. Qo`zg`olishlar takrorlanib turilsa nerv bog`lanishlar saqlanadi. Aks holda nerv bog`lanishlar uziladi. Materiallar unitiladi. Yarim sharlar po`stlog`ida bog`lanishlarning tez hosil bo`lishi, puxta bog`lanish miyaning ta’siriga reaktsiya qilish hamda ilgari yuz bergan qo`zg`alishlar “uzlarini saqlab qolish qobiliyatiga bog`liqdir. 4. Xotira quyidagi psixik jarayonlardan iborat: esda olib qolishi, esda saqlab qolishi, tanish, esga tushirishdan xotira jarayoni esda olib qolishdan boshlanadi. Buning fiziologik asosi katta yarim sharlardagi vujudga kelgan vaziyatli nerv bog`liqlikdir. Biz ko`p narsalarni ixtiyorsiz holda esda olib qolamiz.



  1. Yüklə 10,47 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin