Duduqlanish sabablari, alomatlari, tashxislash, davolash, oldini olish, asoratlari



Yüklə 59,46 Kb.
səhifə10/10
tarix09.01.2022
ölçüsü59,46 Kb.
#113746
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
DUDUQLANISH

OLDINI OLISH

Duduqlanishni oldini olish usullari ikki guruhga bo’linadi. Ulardan biri bolaning sog’lig’ini saqlash va mustahkamlash, ikkinchisi — bolaning nutq taraqqiyotini tashkil etishdir. To’laqonli ovqatlanish, doimo parvarish qilish, kun tartibiga va gigiena qoidalariga rioya qilish bolaning aqli va nutqi rivojlanishining, sog’lig’ini saqlash va mustahkamlashning muhim tarkibiy qismidir. Asab tizimining normal ishlashi va uni ortiqcha yuklamaslikning oldini olish tetiklik va uyquning to’g’ri almashinuvi bilan ta’minlanadi.

Bolalarning ruhiy holatini haddan ortiq ma’lumot yukidan («kattalar» teleko’rsatuvlarini ko’rish, yotishdan oldin o’ta kuchli emotsiyali hikoyalar o’qish), qo’rqishiga sabab bo’lishi mumkin bo’lgan vaziyatlardan himoya qilish kerak.

Bolaning nutqi to’liq rivojlanishi uch yo’nalishni o’z ichiga olishi kerak.



  • Birinchisi, dunyoqarash, tushunchalar va atrof-muhit haqidagi qarashlar, hodisalar va narsalar (o’yinlar, yurishlar, kitoblarni o’qish)ni kengaytirish.

  • Ikkinchisi — bolaning nutqida tutilishni oldini olish va kuzatilganda choralar ko’rish, ravon va sekin gapirishni, fikr va istaklarni mantiqiy va izchil tushuntirishga o’rgatish kerak.

  • Uchinchisi — ovozning to’g’ri talaffuz qilinishi, ritmi va tempini shakllantirish. Biroq, bolani yangi axborot bilan me’yorida, asta-sekin tanishtirish kerak.

Duduqlanishini tuzatib, uning qaytalanishini oldini olish uchun qulay psixologik muhitni ta’minlovchi shart-sharoit yaratish kerak.
Yüklə 59,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin