Brusellyoz (qora oqsoq) — tayanch-harakat apparati, nerv va jinsiy sistemaning zararlanishi bilan kechadigan umumiy yuqumli kasallikdir. Etiologiyasi. Brusellyoz qo‘zg‘atuvchisi — brusellalar mayda, ya’ni 0,3—2,5 mkm kattalikdagi harakatsiz bakteriyalar bo‘lib, tayoqchasimon shaklda, spora hosil qilmaydi, grammanfiy, odat- dagi oziq muhitlarida o‘sadi, anilin bo‘yoqlari bilan yaxshi bo‘ya- ladi. Brusellalar tashqi muhitga juda chidamli: past harorat, hatto muzlatishga bardosh beradi. Sutda, sutli mahsulotlar va go‘shtda 7— 10 kunlar davomida, suvda va nam tuproqda — 2 oygacha o‘z hayot faoliyatini saqlab qoladi. Brusellalar yuqori haroratga chidamsiz: 60°C gacha qizdirilganda 30 minutdan keyin, qaynatilganda esa shu zahotiyoq o‘ladi. Quyosh nuri va barcha dezinfeksiyalovchi moddalar (3% li lizol eritmasi, 5% li xlorli ohak eritmasi va b.)ga sezgir. Hozirgi vaqtda odam uchun patogen hisoblangan brusellalarning 3 turi ma’lum: 1) Brucella melitensis— mayda shoxli hayvonlar (echkilar, qo‘ylar); 2) Brucella abortus — yirik shoxli hayvonlar; 3) Brucella suis— cho‘chqalarda kasallikni qo‘zg‘atadi. Epidemiologiyasi. Odamlar uchun infeksiya manbai kasal hayvonlar hisoblanadi. Shoxli hayvonlarda brusellyoz embrion zararlanishi va bola tashlashlar bilan kechadi. Hayvonlar qo‘zg‘a- tuvchilarni najasi, siydigi, suti, embrion oldi suyuqligi va plasentasi bilan ajratadi. Brusellyoz bilan kasallangan kishilar infeksiya yuqtirmaydilar va kasallik manbai sifatida hech qanday ahamiyatga ega emaslar. Kasallik odam xom sut ichganda, kasal hayvonlar brinzasi (sho‘rtang pishloq) va go‘shtini iste’mol qilganda kelib chiqadi. Zararlangan teri va shilliq pardalar orqali ham kasallik yuqishi mumkin: brusellalar teridagi kesilishlar yoki yorilishlar, lab va burun shilliq qavatidagi shilinishlar orqali ham yuqadi. Sut sog‘uv- chilar, chorvadorlar va veterinar xodimlar ham aloqa yo‘li bilan kasallikni yuqtiradilar. Agar kasal hayvonlarni parvarishlaydigan kishilar rezina qo‘lqoplar va etiklar, kleyonka fartuklar, maxsus niqoblar va kombinezonlar bilan ishlamasalar, brusellyoz bilan kasallanishlari muqarrar. Aerogen (havo orqali) yuqish yo‘li ham ma’lum — ya’ni brusellyoz mikroblari yuqori nafas yo‘llariga jun, tuproq zarrachalari orqali tushishi ham mumkin. Brusellyoz bilan kasallanish odamlar o‘rtasida yuqori emas. Kasallanish asosan hayvonlarning qo‘zilash davrida ko‘p uchraydi.