E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə213/236
tarix26.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#135417
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   236
yuqumli-kasalliklar

Nazorat savollari

  1. Odam organizmiga parazitning ta’siri nimaga asoslangan?

  2. Difillobotrioz tashxisi nima bilan tasdiqlanadi?

  3. Difillobotrioz bilan invaziyalanganlarni degelmintizatsiya qilish haqida gapirib bering.

Gimenolepidoz (hymenolepidosis)
Qo‘zg‘atuvchisi — Hymenolepis nana (pakana sepen) uzunligi

  1. 5—5 sm. Tasmasimon tana (strobila), bo‘yin va boshchadan tuzilgan. Uning strobilasida 200 ga yaqin bo‘g‘imlari mavjud, boshchasida 4 ta so‘rg‘ichi va toj shaklida 20—30 ta ilmog‘i bor, ular yordamida sepen ichak devoriga yopishib oladi. Yetilgan oxiridagi bo‘g‘imlari tuxumlar bilan to‘lgan bo‘ladi, tuxumlar bo‘g‘imlar yorilganda ko‘p miqdorda ichakdan najasga tushadi. Tuxumlar oval shaklida bo‘lib, qobig‘i yupqa bo‘ladi. Uning ichida 6 ta ilmoqli onkosfera uchraydi.

Gimenolepidoz — peroral gelmintoz. Oxirgi hamda oraliq xo‘ja- yini va yagona invaziya manbai odam hisoblanadi. Pakana sepen odamning ingichka ichagida parazitlik qiladi. Tuxumlari najas bilan ajraladi. Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilinmaganda tuxumlari eshik tutqichlari, tuvaklar va hokazolarga tushadi. Ular bilan qo‘llar ifloslanishi mumkin. Ifloslangan qo‘llar va pashshalar orqali ovqatga o‘tadi. Organizmga tuxumlar og‘iz orqali tushadi. Bu yerda onko­sferalar qobig‘idan ajralib, vorsinkalarga kiradi, u yerda lichinkalar (sistiserkoidlar)ga aylanadi. 4—6 sutkadan keyin sistiserkoidlar vorsinkalarni parchalab, ichak bo‘shlig‘iga tushadi va ichak devoriga yopishib oladi. Bir hafta davomida yetilgan katta sepenlarga aylanadi, ular esa odam ichagida 2 oygacha yashaydi. Tuxumlar ichak bo‘sh- lig‘iga sepen bo‘g‘imlaridan bevosita ham tushishi mumkin. Shuning uchun ko‘p hollarda tuxumlar atrof-muhitga chiqmasdan ichak ichida «o‘zidan o‘zi zararlanadi» (autoinvaziya). Gimenolepidoz bilan asosan 3—14 yoshdagi bolalar kasallanadi.
Gimenolepidoz patogenezida ingichka ichak devorining yetilgan katta gelmintlar va ularning lichinkalari ta’sirida mexanik zararlanishi muhim ahamiyatga ega. Sestodalar yopishgan joylarda mushak qavatigacha yetib boradigan yaralar rivojlanishiga sabab bo‘ladigan nekrozlar kuzatiladi. Invaziya patogenezida gelmintdagi almashinuv mahsulotlarining odam organizmiga sensibillovchi ta’siri ham ahamiyatga ega. Invaziya qo‘shimcha kasalliklarning kechishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Invaziya klinikasi har xil og‘irlikda va polimorf belgilar bilan xarakterlanadi. Manifest invaziyalarda kasallikning asosiy simp­tomlari — ichak va nerv sistemasi zararlanishi hamda organizm sensibilizatsiyasi ko‘rinishlari bilan bog‘liq. Ko‘pincha bemor qorindagi og‘riq, ko‘ngil aynishi, ishtaha pasayishi, so‘lak oqishi va ba’zi hollarda esa ich ketishidan shikoyat qiladi. Umumiy holsizlik, ta’sirlanuvchanlik, darmonsizlik, bosh og‘rig‘i va bosh aylanishi kuzatiladi. Ba’zida toshmalar, teri qichishi, Kvinke angionevrotik shishi va vazomotor rinitlar shaklida allergik reaksiyalar aniqlanadi. Astmatik bronxit va astma xuruji kuzatiladi. Ayrim bemorlarda vaqti- vaqti bilan subfebrilitet, ba’zan qisqa muddatli, ammo haroratning yuqori bo‘lishi qayd etiladi. Invaziya uzoq davom etsa, bemor keyinchalik ozib ketib, anemiya rivojlanadi.
Oqibati ko‘p hollarda yaxshi. Ammo ba’zi bemorlarda qayta-qayta autoinvaziyalar tufayli u yomonlashishi mumkin.
Tashxis najasdagi gelmintlarga qarab qo‘yiladi. Tashqi muhitda tuxumlarning tez parchalanishini e’tiborga olgan holda yangi ajralgan fekaliyalarni imkon boricha bir necha soat oralig‘ida mikros- kopiya qilish zarur. Laboratoriya tashxisining samarasini oshirish uchun tekshirish vaqtida kechqurun (0,5 — 1 g) ich suruvchi preparatlar bilan kam miqdorda fenasal tayinlanadi. Fekaliya tahlil uchun ertalab olinadi. Fenasal sepen strobilasini parchalaydi, natijada tuxumlar ichak bo‘shlig‘iga tushadi va najas bilan ajralib chiqadi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin